Hayvonot dunyosining biosfera va inson hayotida tutgan o’rni. Hayvonotlar(fauna) biomassasi bo’yicha yerdagi tirik organizmlarning bor-yug’i 2% ini tashkil etishiga qaramay, ularning biosfera va inson hayotida tutgan o’rni beqiyosdir. Bu ularda modda va energiya almashinish jarayonining o’ta tez kechishi, ularning yukori harakatchanligi va turlar-ining favqulodda ko’pligi bilan izohlanadi. So’nggi ma’lumotlarga kura, sayyoramizda ularning 1,5-2 mln ga yakin turi mavjud. Qariyib barcha ekotizimlarda hayvonlar turlari soni buyicha o’simliklardan ustunlik qiladilar.
Hayvonlar biosferadagi biologik(kichik) modda aylanishida ishtiroq etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadilar. Har bir hayvon turi o’simliklar tomonidan fotosintez jarayonida sintez qilingan organik mod-dalarning bir qismini yoki muayyan bir hilini parchalashga moslashgan bo’ladi. Organik moddalarning qolgan qismini parchalashda navbatdagi boshqa turlar bosqichma-boskich ishtiroq etadilar. SHu tariqa tirik organizmlarning o’zaro «oziqlanish zanjiri» vujudga keladi. Mana shu barqaror funktsiya va evolyutsion rivojlanishni ta’minlashda hayvonlar asosiy o’rinlardan birini egallaydilar.
O’zbekiston faunasi rang-barang bo’lib, unda 650 dan ziyod umurtqali va salkam 32,5 ming turdagi umurtqasiz hayvonlar uchraydi. Jumladan, umurtqalilardan 99 turi sut emizuvchilar, 410 turi qushlar, 79 turi baliklar, 57 turi sudraluvchilar va 3 turi amfibiyalardir.
Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi ma’lumotlariga ko’ra, 1600 yillardan to hozirgacha turli ta’sirlar tufayli sayyoramizdagi qushlarning 94 turi (1,9%) va sut emizuvchilarning 63 turi (1,5%) qirilib ketgan. SHu jumladan, qushlarning 8 turi (1,6%) va sut emizuvchilarning 47 turi (1,%) bevosita atropogen ta’sir okibatida yo’qotilgan.
-
Hayvonlarga tasir etuvshi omillar
|
-
Tabiiy
|
|
Sun`iy(antropogen)
|
Tabiiy holda kasallanish
|
|
Kommunikatsiya inshootlari tufayli
|
|
Botqoqlarni quritish
|
Vulqonlarning otilishi
|
|
Gidrotexnik inshootlar ta`sirida
|
|
Zaxarli ximikatlardan noto`g`ri foydalanish
|
|
Suv va muz bosishi
|
|
Har xil portlatishlar tufayli
|
|
Suv va havoning ifloslanishi
|
Shamol; sel; dovul va jala
|
|
Yangi erlarni o`zlashtirish
|
|
O`simliklarni zaxarli gazlar bilan ifloslanishi
|
Haroratnihg sovib yoki isib ketishi
|
|
Tabiatdan rekreatsion foydalanish tufayli
|
|
Atrof-muhitning har xil chiqindilar va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi
|
Surilmalar va zilzila tufayli tog`larning qulashi
|
|
Noto`g`ri ov qilish
|
|
Urbanizatsiya ta`siri
|
Boshqa tabiiy omillar
|
|
Boshqa antropogen omillar
|
|
Har xil qurilmalar ta`siri
|
Respublikamizda hayvonot dunyosini muhofazalashning xuquqiy jixatlari «Tabiatni muhofazalash tug’risida»gi (1992), «Alohida muhofazalanadigan tabiiy hududlar tug’risida»gi (1993), «Hayvonot dunyosini muxofaza qilish va un-dan foydalanish tug’risida»gi (1997) qonunlarda va Respublika jinoyat kodeksining 4-qismida asoslab berilgan. O’z ish faoliyati yoki layoqati tufayli tabiatga zarar keltirgan shaxslar tashkiliy, iqtisodiy va xatto jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Yo’qolish arafasida turgan hayvonot turlarini o’rganish va muhofalashda TMXI ning o’rni juda kattadir. U 1948 yildan boshlab bu sohada katta ishlarni amalga oshirdi. Natijada, halqaro “Qizil kitob” 1963 yildan boshlab nashr etila boshlandi. Respublikamizda hayvonlarga bag’ishlangagn “Qizil kitob” 1983 chop etildi. Unda muhofazaga muhtoj 63 turdagi hayvonotlar ro’yxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |