Ushbu uslubiy ko’rsatma bakalavriatning barcha yo’nalishlari uchun «Ekologiya» fanidan amaliy mashg’ulotlarini o’tishga mo’ljallab tuzilgan.
Tuzuvchilar: dots.A.Hamdamov
ass. D.Igamberdiyeva
Taqrizchi: dots. M.Abdullaev
Namangan muhandislik-pedagogika instituti «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» kafedrasining 2015 yil «___» _______dagi majlisida qayta ko’rib chiqilgan (bayonnoma №___) va chop etish uchun tavsiya qilingan.
Mazkur uslubiy ko’rsatma Namangan muhandislik-pedagogika instituti Texnologiya fakulteti ilmiy-metodik kengashining 2015 yil «___» _________dagi majlisida ko’rib chiqilgan (bayonnoma №___) va chop etish uchun tavsiya qilingan.
Namangan muhandislik-pedagogika instituti ilmiy-metodik kengashining 2015 yil «___» ________dagi majlisida ko’rib chiqilgan (bayonnoma №______) va chop etishga ruxsat etilgan.
1-amaliy mashg’ulot
Atmosfera havosida zaxarli moddalarning tarqalish va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorini hisoblash. Atmosfera havosining yer ustki qatlamini sanoat korxonalaridan tashlanadigan zararli moddalar bilan xavfli ifloslanish darajasi zararli moddalarning yer ustki kontsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Smaks (mg/m3)
Smaks eng noqulay ob-havo sharoitiga to’g’ri keladigan va tashlash joyidan ma’lum masofada o’rnatiladi.
Zararli moddaning Smaks kattaligi ruxsat etilgan kontsentratsiyasidan (REK mg/m3) oshmasligi kerak, ya’ni quyidagi shart bajarilishi lozim Smaks £ REK.
Bir vaqtning o’zida atmosferada bir necha moddalarning birgalikda ta’sir xususiyatiga ega bo’lgan zararli moddalar kontsentratsiyasini yig’indisi birdan oshmasligi kerak:
Bu yerda: S1, S2, . . . . Sn - atmosfera havosidagi zararli moddalarning bir joydagi kontsentratsiyasi, mg/m3.
REK1, REK2, REKp – zararli moddalarning tegishli ruxsat etilgan kontsentratsiyalari, mg/m3.
Dumaloq og’izli birgina manbadan chiqayotgan qizigan gaz-havo aralashmasi chiqindisining Smaks kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(1)
Dumaloq og’izli birgina manbadan chiqayotgan sovuq gaz -havo aralashmasi chiqindisining Smax kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2)
Bu yerda A – Atmosfera havosidagi zararli moddalarning vertikal va gorizontal yoyilishini aniqlovchi, atmosferaning harorat intratifi-katsiyasiga bog’liq koeffitsient. o’rta Osiyoning subtropik zonasi uchun – 240, Qozog’iston va o’rta Osiyoning qolgan rayonlari, quyi Povolje, Kavkaz, Moldaviya, Sibir, Uzoq SHarq uchun – 200, shimol, shimoliy-g’arb, o’rta Povolje, Ural, Ukraina uchun 160, MDHning Yevropa territoriyasining markaziy qismi uchun – 120.
M- atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdori, g/s. Bu kattalik loyihaning texnologik qismini hisoblab aniqlanadi yoki tegishli korxona normativlariga mos ravishda qabul qilinadi.
F- zararli moddalarni atmosfera havosida cho’kish tezligini e’tiborga oluvchi O’lchovsiz koeffitsient. Gazsimon zararli moddalar va mayda dispers aerozol aralashmalar uchun ; chang va qurum uchun, agar tozalashning o’rtacha ekspluatatsion koeffitsienti 90% va undan katta bo’lsa , 70-90%da , 75% kam bo’lsa ga teng bo’ladi.
Agar tashlama suv bug’i bilan birga chiqib uning kondensatsiyalanishi sodir bo’lsa shuningdek, chang zarralarini koagulyatsiyalanishga uchrashi mumkin bo’lsa deb qabul qilinadi. m va n manba og’zidan tashlanayotgan gaz-havo aralashmasi chiqindisini sharoitini hisobga oluvchi O’lchovsiz koeffitsient.
Koeffitsient quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(3)
f- quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(4)
Agar f³100 bo’lsa, tashlanmalar sovuq, agar f<100 bo’lsa tashlamalar qizdirilgan bo’lib, va hisoblash uchun taalluqli (2) va (1) formulalar qo’llaniladi.
D – tashlama manbasining diametri, m.
Agar truba og’zi to’g’ri tO’rtburchak shaklida bo’lsa n koeffitsienti Vm ga bog’liq holda quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Agar Vm £ 0,3 bo’lsa n q 3 (7)
Agar 0,3 < Vm £ 2 bo’lsa
(8)
Agar Vm > 2 bo’lsa n q 1 (9)
Vm qizigan tashlamalar uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(10)
Vm sovuq tashlamalar uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(11)
N ta tashlama manbalari bo’lsa Sm kattaligi qizigan tashlamalarniki kabi aniqlanadi:
(12)
Kvadrat yoki tO’rtburchakli truba og’zining samarali diametri De quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(5)
Bu yerda l - truba og’zining uzunligi (m), kvadrat og’izli manba uchun lqV
V - manba og’zining eni (m).
W – gaz-havo aralashmasining manbadan chiqayotgan o’rtacha tezligi (m/s).
N – tashlama manbasini yer ustidagi balandligi (m);
DT – gaz-havo aralashmasi harorati Tg va atmosfera havosi harorati Tx o’rtasidagi farq;
V1 – gaz-havo aralashmasining hajmi, quyidagi formula bilan aniqlanadi: (m3/s):
(6)
(13)
Bu yerda M – atmosferaga barcha tashlamalardan tashlanayotgan zararli moddalarning yig’indi miqdori (g/s).
V – barcha manbalardan tashlanayotgan gaz-havo aralashmalarini yig’indi hajmi (m3/s)
(14)
Atmosferaga bitta manbadan tashlanayotgan zararli moddalarni ruxsat etilgan tashlamasi (RET) agar ularni yer ustki qatlamidagi kontsentratsiyasi REKdan oshmaganda qizigan tashlamalar uchun
(15)
sovuq tashlamalar uchun
(16)
Bu yerda Sf - zararli moddani atmosferadagi fon kontsentratsiyasi orqali aniqlanadi. (mg/m3)
Qolgan kattaliklar xuddi yuqorida keltirilgan formulalar bilan hisoblanadi.
Zararli moddalarni yer ustidagi eng yuqori kontsentratsiyasini ko’rsatkichi, REK oshishiga olib kelmaydigan bitta tashlama manbasini (trubani) balandligi quyidagi formula bo’yicha xisoblanishi mumkin.
Sovuq tashlamalar uchun
(17)
Qizdirilgan tashlamalar uchun
(18)
100>