№1 Amaliy mashg’lot mavzusi



Download 204,5 Kb.
bet13/29
Sana24.01.2023
Hajmi204,5 Kb.
#901735
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
ҲАЁТ ФАОЛИЯТИ ХАВФСИЗЛИГИ Amaliy

Davolash. Kuyishni davolash bir qancha umumiy va mahalliy chora tadbirlardan iborat.
Umumiy choralar bemorning ahvoliga qarab shokka, zaharlanishga, suvsizlanishga, sepsisga va kamqonlikka qarshi kurashishdan iborat bo’ladi. Bemor ko’p miqdorda issiq shirin choy, mors va boshqalarni (bir sutkada 4 - 5 litrgacha) ichishi lozim. Shuningdek, suyuqlik teri ostiga, muskullar orasiga yoki klizma xolida yuboriladi. Yuqori kalloriyali, oqsil va vitaminga boy ovqat yeyish katta ahamiyatga ega.
Kuyishni mahalliy davolash uning darajasiga bog’liq bo’ladi. Birinchi darajali kuyishda kuygan sohaga sterillangan vazelin surtish kifoya qiladi. Ikkinchi darajali kuyishda toza bog’lam xonasida morfin in'eksiya qilingandan keyin kuygan sohani birlamchi obrabotka qilish shart. Og’riqni kamaytirish uchun kuygan sohaga 1% li novokain eritmasiga ho’llangan sterillangan salfetka yopiladi. Tozalash asosan kuygan sohani va uning atrofini fiziologik eritma hamda 5% yoki 0,5% li nashatir spirt eritmasi bilan ohista yuvishdan, iflos qilib turgan narsalarni va pufakchalarning qolgan qismlarini olib tashlashdan iborat bo’ladi. Obrabotka qilingandan keyin har xil bog’lamlar qo’yiladi: quruq aseptik, penitsillin yoki novokain eritmasi bilan ho’l, ko’pincha esa mazli bog’lamlar (vazelin yog’i, sintomitsin emul'siyasi, Vishnevskiy mazi) va boshqalardan foydalaniladi. Kuyishni hech qanday bog’lamsiz ochiq davolash maqsadga muvofiqdir.
III- IV darajali kuyishda o’lgan to’qimalarni olib tashlash (nekro-ektomiya) va terini ko’chirib o’tkazish tavsiya etiladi.
Kuyishni mahalliy davolashda bir necha maqsad ko’zda tutiladi. Bunda infeksiyaning oldini olish yoki uni susaytirishga, plazma yo’qotishning oldini olish yoki kamaytirishga, og’riq sezgilarini tugatishga, kuyishdan zararlangan to’qimalarning parchalanish mahsulotlari qonga so’rilishini kamaytirishga va nihoyat, kuygan badanni epiteliy bilan tezroq qoplanishiga intilish kerak.
Elektrotravmalar. Elektr simlarni ikkala qutbini ushlaganda tokdan shikastlanish ro’yobga keladi, bu boshqa kuyishlardan farq qiladi. Elektr tokining ta'sir qilishi uning kuchiga, kuchlanishi va ta'sir davomligiga bog’liq bo’ladi. Terining qarshiligi qancha kam bo’lsa, tok ta'siri shunchalik chuqur va xavfli bo’ladi. Odam badani orqali yuqori kuchlanishdagi tok o’tganda umumiy va mahalliy shikastlanishlar sodir bo’ladi. Tokni kirish va chiqish joyida termik, kimyoviy va mexanik shikastlanishlar namoyon bo’ladi. Mushak ko’chadi, tunel paydo bo’lib, qon talashadi. Elektr tokdan shikastlangan sohada sarg’ish- qo’ng’ir yoki kulrang kuyish jarohatlari ro’yobga keladi. Ular odatda katta bo’lmasdan 2-3 mm, o’rtasi past va atrofi do’mboqcha kabi (tok nishonlari) ko’tarilib turadi. Bunda qizarish va og’riq bo’lmaydi.
Umumiy o’zgarishlar asosan nerv tizimi faoliyatining buzilishidan iborat bo’ladi, bu esa bemor organizmi uchun eng xavfli hisoblanadi. Umumiy belgilar tokning ta'sir qilish davriga bog’liq. Yengil hollarda qo’rquv, darmonsizlik, hushdan ketish, ko’ngil aynash bo’ladi. Og’ir hollarda shok belgisi, chala o’lim holatiga sabab bo’ladi.
Shikastlanganda nafas olishning to’xtashi, yurak fibrillyatsiyasi yuzaga keladi, tana harorati pasayib, falajlik ro’y beradi.
Elektrotravmada o’lim tez yoki bir necha kundan keyin yuz beradi.

Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish