Flegmona. Briktiruvchi to’qima bo’shliqlari: teri osti, muskullararo, qorin pardasi orqasi va boshqa kletchatkalarning o’tkir yallig’lanishi bo’lib abstsessdan yiringli bo’shliq piogen pardasiz va tarqalishga moyil bo’ladi. Flegmonani streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi, ko’k yiringlatuvchi tayoqcha, gonokokklar keltirib chiqaradi. Yiringlanishning tarqalishing tarqalishi mikroorganizmning virulentligiga, organizmning himoya kuchlarining pasayishiga, joylashgan sohaning anatomik xususiyatiga bog’liq.
Belgisi. Yuqori harorat, et uvishishi, ishtaha yo’qolishi, bosh og’rig’I kuzatiladi. Flegmona yuza joylashganda shu joyda qizarish, shish, og’riq bo’ladi . Keyinchalik o’sha sohada bilqillash qayd qilinadi, to’qimalar bo’ylab tarqalishi mumkin.
Davosi. Kasallikning birinchi bosqichidamahalliy blokadalar qilinadi.To’qimalarning yiringli irishida yiringli bo’shliqni etarli darajada kattalikda kesiladi, shundagina yiring ravon chiqadi.Yiringli bo’shliqlar ozalanadi va gipertonik eritma shimdirilgan doka bilan yumshoq tamponlanadi. Zarurat bolganda , yiring yaxshi oqib chiqishi uchun qo’shimcha kesmalar qilinadi. Antibiotiklar va tegishli davo muolajalari o’tkaziladi.
Karbunkul. Soch haltachalari va yog’ bezlarining atrofdagi to’qimalarni qamrab olgan o’tkir yiringli-nekrotik yallig’lanishi tushuniladi. To’qimalarning katta qisimlari nekrozga uchraydi. Karbunkullar aksari keksalarda ozib ketgan, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaydegan kishilarda kuzatiladi. Karbunkul bo’yinning orqa yuzasida, yelkada, dubada, son soxasida bo’ladi.
Belgisi. Kasallik bitta yiringli yaradan boshlanib, asta-sekin yon-veridagi soch haltachalarini va yog’ bezlarini egallaydi. Kasallik avj olgan davrda ko’kimtir tusli qizg’ish-ko’kimtir va ko’p yiringli nuqtalari bo’lgan chegaralangan yallig’liy tuzulma paydo bo’ladi. Qattiq og’riq, yuqori harorat, umumiy lohastlik bilan o’tadi.
Yuz va bo’yindagi chipqon va karbinkullar xavfli bo’lib, yiringli prosesi yuz va bo’yinda joylashgan venoz sistemasi bo’ylab miyaga va uning pardalariga tarqalishi mumkin. Ko’p holarda o’limga sabab bo’ladi.
Davosi. Kompleks olib boriladi. Antibiotiklar sutkasiga 4-6 marta 250 ming TB dan penisillin va sutkasiga 2-marta 250 ming TB dan muskul orasiga yuboriladi. Mahalliy fizioterapevtik davo qilinadi, bular yordam bermaganda jarroxlik yo’li bilan yordam beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |