Mashg’lot mavzusi.
Desmurgiya va bog’lam qo’yish qoidalari, transport immobilizasiyasi.
Reja:
Desmurgiya haqida umumiy tushuncha.
Bog’lam turlari, bint turlari, yumshoq bog’lamlar.
Bog’lam qo’yishni o’rganish.
Tranaport immobilizasiyasi haqida tushuncha.
Kerakl jihozlar: Bint turlaridan enli va ensiz bintlar, Kramer shinasi, Deterixs shinasi, nosilka, qaychi, paxta. Talabalar amaliyot xonasida bog’lam va shina qo’yishni o’rganishlari ko’zda tutilgan. Tarqatma materiallardan foydalaniladi.
Desmurgiya haqida bog’lamlar turlari haqida.
Desmurgiya (grekcha desmes – bog’lam, yergon - ish demakdir) – bog’lamlar qo’yish haqidagi ta'limot.
Bog’lam deganda yaralar va teri satqining patalogik o’zgarishlarini tashqi muhitdan saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi tushuniladi. Bog’lamlar shikastlangan organlarning immoblizatsiyasi uchun hamda qon to’xtatish maqsadida qo’yiladi. Bog’lamlar ikki xil bo’lib, yumshoq bog’lamlar va qattiq bog’lamlarga bo’linadi.
Tanaga qo’yilgan bog’lam ikki qismdan iborat bo’ladi: birinchisi yarani davolovchi va ikkinchisi bog’lamni tutib turuvchi qismlar. Ularni birinchisi bintli bog’lam bo’lsa, ikkinchisi to’rli bint, trikotajli bint, elastik bint. Yumshoq bog’lamlar quyidagilarga bo’linadi: yelimli, leykoplastirli, kosinkali, kalloidli va bintli bog’lamlar.
Qattiq bog’lamlar gipsli, kraxmalli va dekstrinli bog’lamlarga bo’linadi.
Yumshoq bintli bog’lamlar qo’llanilishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Oddiy yumshoq (himoya qiluvchi, davolovchi) bog’lam.
2. Qon to’xtatuvchi (siqib turuvchi) bog’lam.
3. Immoblizatsiya qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) bog’lam.
Yumshoq bintli bog’lam qo’yishning qoidalari:
1. Bemorga bog’lam qo’yilayotganda hamshira uchun bemor qulay holatda bo’lishi kerak (o’tirishi yoki yotishi).
2. Bemor harakat qilmasligi kerak.
3. Tananing bog’lam qo’yilayotgan qismi tinch turishi, mushaklar tortilmasligi kerak.
4. Bog’lam qo’yilgach tana bog’langandan keyin harakat qilishga xalaqit bermasligi kerak.
5. Bog’lam qo’yilayotgan bemor hamshiraga yuzma-yuz turishi va ahvolini tibbiyot xodimi kuzatib turishi lozim.
6. O’rayotgan vaqtda bint ochiq bo’lishi va keyingi o’ram oldingi o’ramning 1/3 yoki 2/3 qismini yopib borishi kerak.
Yumshoq bog’lamlarning turlari:
Yelimli bog’lam. U kichikroq shikastlarda va operatsion jarohat sohasida qo’llaniladi. Bunda jarohatlangan a'zodagi yara atrofi ustara bilan qiriladi.
Leykoplastirli bog’lam. Uning yordamida jarohatga qo’yiladigan bog’lov materialini bir necha yopishqoq plastir (leykoplastir) bilan terining sog’lom joyiga mahkamlanadi.
Kleolli bog’lam. Bunda jarohat bog’lam bilan berkitiladi. Bog’lam atrofidagi teriga kleol surtiladi va oz-moz quritib qo’yiladi. Bog’lamni va kleol surtilgan teri sohalarini doka bilan berkitiladi, salfetka chetlarini teriga mahkam bosiladi.
Kalloidli bog’lam. Buning oldingi bog’lamdan farqi shundaki, bunda dokani terga kleol bilan emas, balki kallodiy (spirt va efir aralashgan nitrokletchatka eritmasi) bilan yopishtiriladi. Bunday bog’lam 7-8 kungacha tushib ketmaydi.
Kosinkali bog’lam. Bu bog’lam uchburchak shaklidagi bog’lov materiali bo’lib, asosan bo’z, oq surp yoki dokadan tayyorlanadi. Bunday bog’lamning eng uzun tomoni kosinkaning asosi, uning ro’parasidagi burchagi-tepasi, qolgan ikkita burchagi uchlari deyiladi. Kosinka ko’pincha qo’l yoki umrov suyagi shikastlanganda yelkani, boshni, sut bezini, chanoq suyagini (plavka tipida) va oyoq panjalarini bog’lash uchun ishlatilishi mumkin.
Elastik to’rsimon-g’ovak bintlar. Fabrikada №0 dan №6 gacha bo’lgan 7 nomerda ishlab chiqiladi. Bu bintlarni tananing har qanday joyiga qo’yish mumkin.
Boshga , qo’lga, oyoqqa, iyakka, burunga bog’lam qo’yishni o’rganadilar.
Transport immobilizatsiyasi bu xarakatsiz holatga keltirish bo’lib, singanda shinalardan foydalanishni o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |