O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIYOT TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Sut bezini xavfsiz o‘smalari. Cut bezi va bachadon bo’yni saratoni erta aniqlashning skrining dasturlari. Bachadon bo‘yini va tanasining saraton oldin va fon kasalliklari.
Metodik qo’llanma
KEYS-TEXNOLOGIYASI.
Toshkent - 2013
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIYOT TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»
UzR SSVning Fan va uquv yurtlarning Bosh Boshqarmasininig boshligi
________________ Ataxanov SH.E.
« _____» _______________2013 y.
|
«KELISHTIRILGAN»
UzR SSVning Tibbiyot ta’limni rivojlantirish markazni direktori
_________________ Alimova M.X.
«____»__________________ 2013 y.
|
Sut bezini xavfsiz o‘smalari. Cut bezi va bachadon bo’yni saratoni erta aniqlashning skrining dasturlari. Bachadon bo‘yini va tanasining saraton oldin va fon kasalliklari.
Metodik qo’llanma
KEYS-TEXNOLOGIYASI.
Toshkent – 2013
Keys-texnologiyasi «Oliy uquv yurtlarda ta’lim texnologiyalarni loyixalashtirish, kiritish va qo’llash» (UzR Oliy va o’rta maxsus ta’limning vazirligi, ToshDIU, 2010) seminar qo’llanmalari asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
Turbanova
Umida Valievna
|
TTA umumiy amaliet shifokor tayyorlovchi akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti
|
Retsenzentlar:
Qurbonov J.J.- tibbiyot fanlari doktori, ToshPTI akusherlik kafedrasi mudiri, professor
Kattaxodjaeva M.X. - tibbiyot fanlari doktori, TTA akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori
Metodik kullanma TTA Ilmiy Kengashda Protokol № ___
«___» ___________________ 2013 y. tasdiklandi.
Ilmiy sekretar Nurillaeva N.M.
Metodik qo'llanma tibbiyot OUYUlar davolash, tibbiyot-pedagogika, pediatriya fakultetlarida o’qidigan talabalar uchun tuzilgan. Malaka oshirish institutlarda/fakultetlarda o’qituvchi va kursantlar ishlatishi mumkin.
Sut bezini xavfsiz o‘smalari. Cut bezi va bachadon bo’yni saratoni erta aniqlashning skrining dasturlari. Bachadon bo‘yini va tanasining saraton oldin va fon kasalliklari. Tashxislash. Olib borish taktikasi.
1. Amaliy mashgulotda o’qitish texnologiyalarining modeli
Mashg’ulot vaqti-290 min.
|
Shug‘ullanuvchilar soni -8-12 kishi
|
O’tkazish joyi
|
Poliklinika
|
Amaliy mashg‘ulot strukturasi
|
1. Kirish qismi
2.Nazariy qism 3.Amaliy qism
-bemorlar kuratsiyasi
-amaliy kunikmalar algoritmi
4.Analitik qism
- situatsion masala-keys
- testlar
|
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Sut bezini xavfsiz o‘smalari rivojlanishining xavf omillarini aniqlashda va ularni tashxislashda bilimlarni oshirishi.Kasallikni og‘irlik va kechish darajasini baxolash, differensial tashxislash, olib borish va davolash tatikasini birlamchi bo‘g‘imda aniqlashni rivojlantirish
|
Pedagogik maqsadlar:
- Sut bezini yaxshi sifatli o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va rak oldi kasalliklarini rivojlanishining xavf omillarini aniqlashni chuqurrok o‘rganish
- aniq tashxisni qo‘yishda to‘g‘ri xarakatlar algoritmini o‘rganish
- kasallikni og‘irlik va kechish darajasini baxolash, differensial tashxislash, olib borish bo‘yicha olgan bilimlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish
- sut bezini xavfsiz o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va saraton oldi kasalliklarini olib borish taktikasini aniqlashda ko‘nikmalar xosil qilish
- SHVP va QVP sharoitida - sut bezini yaxshi sifatli o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va saraton oldi kasalliklarini davolashda mustaqil qaror qabul qilishni rivojlantirish
- sut bezini xavfsiz o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va saraton oldi kasalliklarini xirurgik davolashdan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish
|
O‘quv faoliyati natijalari
Talaba bilishi lozim:
- Sut bezini xavfsiz o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va saraton oldi kasalliklari rivojlanishini profilaktikasi
- Sut bezini xavfsiz o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va saraton oldi kasalliklari diagnostikasini ketma-ketligini belgilash
- differensial diagnostika kriteriylari
- dispaserizatsiya prinsiplari kursatish
- davolash prinsiplari, samaradorligini baxolash mezonlari, prognozlash va extimol asoratlarni bilish
- xirurgik davolashdan keyingi reabilitatsiya usullari
-yondosh mutaxassislarni jalb etish mezonlari
Talaba egallashi lozim:
- Ko‘zguda kurik - Bimanual tekshirish.
- Papanikolau buyicha surtma olish
-Poliklinika sharoitida bachadon buyni fon kasalliklarni davolash
- Ambulator davolashni samarasini aniqlash
-Xar bir bemorga individual yondashib, ularga STT (ZOJ) buyicha maslaxatlar berish
- Ambulator kartalarni tuzish.
-Quyidagi toifadagi kasallarga poststatsionar davolashni o‘tkazish.
-Sut bezini xavfsiz o‘smalari, bachadon bo‘yni va endometriyning fon va saraton oldi kasalliklarini xirurgik davolashdan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish
|
O‘rgatish usullari
|
Diskussiya, suxbat, videoko‘rik, o‘rgatuvchi o‘yinlar «Bum», keys texnologiyasi - masala
|
O‘qish faoliyatini rivojlantirish shakli
|
Individual ishlash, guruxlarda ishlash, jamoada.
|
O‘qitish vositalari
|
O‘quv qo‘llanmalari , o‘kuv materiallari, ambulator kartalar, laborator-klinik analizlar, slaydli prezentatsiyalar, tarqatma materiallar,amaliy ko‘nikmalarni bajarishning standart qadamlari, mulyajlar, Isbotlangan tibbiyot internet saytlarda ishlash, marker, skotch, flipchart
|
Qayta aloqani o‘rganishning usullarini baxolash Monitoring. Baxolash.
|
Kuzatuv, blits so‘rok, testlash, prezentatsiya va baxolash
|
2. Motivatsiya
Fertil eshdagi aellarning sogligini saklash, ularda uchraydigan onkologik kasalliklarni vaqtida aniklash, oldini olish, davolash buyicha UASHning bilim darajasi yuqori bulishi lozim
3. Fanlararo bogliklik
Ushbu mavzuni muxokama kilishda talabalar anatomiya, fizialogiya umumiy xirurgiya, onkologiya buyicha quyi kurslarda olgan bilimlariga tayanadilar.
4. Mashgulot mazmuni
4.1. Nazariy kism
“Fon jarayonlari“ termini bilan o‘z vaqtida tashxislanishi va davosi o‘sma kasalliklarining oldini olish tadbirlarida muhim bo‘g‘in hisoblanuvchi, keltirib chiqaradigan sababi va morfologik ko‘rinishi bilan turlicha bo‘lgan hastaliklar birlashtiriladi. Ektotserviks ( bachadon bo‘ynining qin qismi ) qin shilliq qavatining davomi bo‘lgan, bazal membranada yotuvchi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan.servikal kanalni esa, bir qavatli silindrik epiteliy qoplab turadi. Tashqi bo‘g‘iz sohasida yassi epiteliysini silindrik epiteliyga o‘tish joyi – transformatsiya zonasi bo‘lib, ayniqsa shu qismda hujayralarning atipik transformatsiyasi ko‘proq sodir bo‘ladi.
Boshqa a’zolarga tarqalish kamayishga moyil emasligi tufayli, bachadon bo‘yni va tanasi fon hamda saraton oldi kasalliklari dolzarbligicha qolmoqda. Reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan ginekologik kasalliklarning 10 % dan 15 % gacha bo‘lgan qismini bachadon bo‘ynining xavfsiz ( o‘sma bo‘lmagan ) jarayonlari tashkil etadi.
Bachadon bo‘ynida morfologik o‘zgarishlar kasallik klinik belgilari yuzaga chiqishidan ancha ertaroq sodir bo‘lishi bizga ma’lum, buning natijasida esa, 75 % bemorlarda bachadon bo‘yni o‘smasi kasallikning 2 - va boshqa kechki bosqichlarida tashxislanadi.
Bachadon bo‘yni fon hamda saraton oldi kasalliklarining tasnifi (Boxman YA.V. bo‘yicha):
Klinik – morfologik tasnifga ko‘ra, bachadon bo‘yni xastaliklari fon, saraton oldi va o‘sma kasalliklariga ajratiladi.
I Fon jarayonlari
-
bachadon bo‘yni eroziyasi
- tug‘ma
- chin
- psevdoeroziya
-
leykoplakiya
- oddiy
- bachadon bo‘ynini eroziyasi bilan birga uchraydigan kuchli leykoplakiya
- shakli o‘zgargan bachadon bo‘yninidagi kuchli leykoplakiya
-
bachadon bo‘yni ektropioni
-
eritroplakiya
-
bachadon bo‘yni polipi
II Saraton oldi holatlari
-
displaziya (servikal intraepitelial neoplaziya – CIN)
-
hujayralar atipiyasi bilan kechadigan leykoplakiya
III Bachadon bo‘yni saratoni (preinvaziv, mikroinvaziv, invaziv)
CIN - Cervikal Intraepithelial Neoplasia -servikal intraepitelial neoplaziya, displaziya so‘zining sinonimi hisoblanadi.
Bachadon bo‘yni fon hamda saraton oldi kasalliklari kelib chiqishida xavf omillar:
-
Ekzogen omillar
- shikast
- virus, xlamidiya, mikoplazma chaqirgan yallig‘lanish jarayonlari
- kontratsepsiya va davo maqsadida qo‘llaniladigan kimyoviy va fizik omillar
II. Endogen omillar
-
yoshga bog‘liq gormonal o‘zgarishlar
-
ichki sekretsiya bezlari kasalliklari
-
immunologik holatning susayishi
III. Ijtimoiy omillar
- jinsiy hayotni erta boshlash
- 18 yoshgacha erta 1- homiladorlik
- jinsiy hamkorlarni tez-tez almashtirish
- erta boshlangan jinsiy hayot va past ijtimoiy darajada tug‘ruqlar soni ko‘pligi
Bachadon bo‘ynida uchraydigan kasalliklarni tashxislashda ginekologik, kolposkopik,sitologik va gistologik tekshiruvlar qo‘llaniladi.
Bachadon bo‘yni tug‘ma eroziyasi silindrik epiteliyning tashqi bo‘g‘iz chegarasidan siljishi bilan xarakterlanadi.
Tashxislash: bachadon bo‘ynini ko‘zguda ko‘rganda yorqin qizil rangli, yuzasi silliq,sservikal kanaldan ajraladigan patologik ajralmalar belgilarisiz. Kolposkopiyada yallig‘lanish simptomlari ( giperemiya, shish va h.k. ) aniqlanmaydi.
Davolash: malignizatsiyaga moyilligi yo‘q,ssilindrik epiteliy ektotserviksdan endotserviksga distoniyasi to‘xtaydi va bu odatda davolamaganda ham orqaga qaytadi.
Bachadon bo‘yni chin eroziyasi ektotserviks ko‘p qavatli yassi epiteliysining shikastlanishi va buning oqibatidagi deskvamatsiyasi ( ko‘chishi ) bilan kechadigan orttirilgan jarayon, yallig‘langan jarohatli yuza.
Tashxislash: ko‘zguda ko‘rik, kolposkopiya.
CHin eroziya odatda orqa labda joylashadi, yorqin qizil rangli, noaniq shaklli bo‘lib,servikal kanaldan shilliq – yiringli ajralmalar keladi. 1-2 hafta kuzatilib, keyin psevdoeroziyaga o‘tadi. Kolposkopiya va mikroskopik tekshiruvda yallig‘lanish belgilari aniqlanadi.
Mikroskopiya va servikal kanaldan bakteriologik ekma olish yallig‘lanish reaksiyasi qo‘zg‘atuvchisi xususiyatini bilish va keyinchalik to‘g‘ri davoni tanlash maqsadida o‘tkaziladi.
Psevdoeroziya chin eroziya negizida patologik jarayonning rivojlanishidan kelib chiqadi. Ektotserviksning emirilgan yuzasiga endotserviks ssilindrik epiteliysi o‘sib keladi.ssilindrik epiteliy bachadon bo‘yniniga chuqur o‘sib kirib, tarmoqlangan yo‘llar va sekret ishlab chiqaruvchi ko‘plab kistalar hosil qiladi.
Mazkur hastalik klinik ko‘rinishi uchun ( oqchil, og‘riq, hayz faoliyati buzilishi va h. k. larga) shikoyat bildirish xos emas, odatda bu eroziya hamda psevdoeroziya bilan birga keladigan boshqa (kolpit, salpingoofarit, endometrit kabi ) yondosh kasalliklarga bog‘liq bo‘lib, ushbu kasallik asosan yaqqol ifodalanmagan belgilarsiz kechadi.
Tashxislash: ko‘zguda ko‘rik, kolposkopiya. Psevdoeroziyalarga turli o‘lcham, noto‘g‘ri shakl, notekis yuza, qizil rang, kista va patologik ajralmalar xos bo‘ladi. Kasallik uzoq kechganda, davodan etarlicha samara bo‘lmaganda, retsidivlarda, rak oldi jarayonlariga xos o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi kengaytirilgan kolposkopiyani qo‘llash shart. 5 % li yod eritmasi bilan yuvgandan so‘ng eroziya och pushti, endi boshlanayotgan o‘choqlar – sariq, atipik jarayonli sohalar – oq tusli ko‘rinadi. SHubhali deb hisoblangan sohalarda mo‘ljalli biopsiya bajariladi.
Davolash kasallik rivojlanishiga olib kelgan yondosh hastaliklar (kolpit, endometrit, salpinogoofarit, ektropion, endokrin buzilishlar ) ni davolash bilan birga olib boriladi. Qo‘zg‘atuvchi xususiyati sezgirligini aniqlash uchun bakterial ekma, IFA, PSR sinamalari yordamida aniqlanadi va qo‘zg‘atuvchi turiga qarab davo o‘tkaziladi.
Davo usuli – infeksiya turini hisobga olgan holda antibakterial terapiya va surtmali tampon yoki qin shamchalarini qo‘llash bilan mahalliy davo.
Davolashning boshqa usuli atrof to‘qimalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan kuydiruvchi vositalar(vagotil, solkovagin)ni qo‘llash bilan bog‘liq. SHuningdek, yaqqol displaziya va malignizatsiyani inkor etish uchun kengaytirilgan kolposkopiyadan so‘ng elektrokoagulyasiya (diatermokoagulyasiya), kriokoagulyasiya, lazerovaporezatsiya qo‘llaniladi. Sanab o‘tilgan davo usullari qo‘llanilgach, ayol dispanser nazoratida bo‘ladi.
Leykoplakiya (grek.”oq dog‘” ) ma’lum soha qon tomirlari atrofida limfogistiotsitar infiltrat shakllanishi bilan ko‘p qavatli yassi epiteliyning turli darajadagi muguzlanishi kechadigan o‘choqli jarayonni ifodalaydi.
Klinik manzarasi noaniq, odatda belgisiz kechadi va ko‘pincha profilaktik ko‘rikda aniqlanadi.
Tashxislash: ko‘zguda ko‘rik, oddiy va kengaytirilgan kolьposkopiya, hujayra atipiyasini aniqlash maqsadidassitologik tekshiruv. Ko‘rikda leykoplakiya yaqqol ifodalangan klinik shaklda, faqat kolposkopik aniqlanadigan yoki oddiy ko‘z bilan qaraganda ektotserviksda bo‘rtib turgan pilakchalardek ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Kolposkopik yodnegativ soha silliq yoki g‘adir-budir yuzali oqish yaltiroq pardadek ko‘rinadi ( manfiy SHiller sinamasi ). Biopsiyada servikal kanal shilliq qavatini diagnostik qirish bilan bir vaqtda keng o‘choq kesib olinadi.
Davolash leykoplakiya turi, o‘lchami, shuningdek patsiet yoshi va reproduktiv faoliyatiga bog‘liq ravishda individual. Endotserviks holatini hisobga olib, kriodestruksiya, lazer vaporizatsiya, konizatsiya yoki ekssiziya amaliyoti bajariladi. YAqqol atipiyada bachadon bo‘yni amputatsiyasi.
Ektropion ( bachadon bo‘yni kanali shilliq qavati teskari bo‘lib qolishi) bachadon bo‘yni ko‘rigida ilgarigi shikastlar o‘rnida chandiqlar, bo‘yinchaning (turli darajadagi) deformatsiyasi, teskari o‘girilib qolgan shilliq qavatning g‘adir-budir yoki silliq yuzasi, ko‘pincha bachadon bo‘yni kanali shilliq qavati burmalari sifatida aniqlanadi.
Kengaytirilgan kolьposkopiyani qo‘llash tavsiya etiladi, bunda biopsiyaga ko‘rsatma bo‘lgan patologik jarayonlar ( psevdoeroziya, leykoplakiya va h. k.) aniqlanadi.
Davolash: bachadon bo‘yni tuzilishini korreksiyalash shart. Sezilarli chandiqli o‘zgarishlar va bachadon bo‘ynining yaqqol deformatsiyasida barcha patologik jarayonlar(endotservitsit, psevdoeroziya va h. k.)ni davolab bo‘lgach, rekonstruktiv-plastik amaliyot (Emet amaliyoti) bajariladi.
Eritroplakiya ( grek. qizil dog‘ ). Makroskopik to‘q qizil rangli, yumaloq yoki noaniq shaklli, o‘zgarmagan shilliq qavat sathidan engil ko‘tarilib turadigan hosila. Eritroplakiya asosan yakka uchraydi va kichik o‘lchamda bo‘ladi.
Eritroplakiyaning qizil rangi yupqalashgan epitelial qavatdan tomir to‘rining yorishib ko‘rinishidandir.
Tekshiruv usullariga kolьposkopiya,ssitologik tekshiruv va biopsiya kiritilishi mumkin.
Davolash: eritroplakiya xirurgik yo‘l (ekssiziya) bilan yoki uning to‘liq destruksiyasini chaqiruvchi boshqa usullar (diatermokoagulyasiya, krioterapiya, lazer nurlari bilan vaporizatsiya) qo‘llanilib davolanadi.
Bachadon bo‘yni kanali shilliq qavati polipi keng tarqalgan kasalliklar jumlasiga kiradi. U bachadon bo‘yni xavfsiz patologik jarayonlari ichida dastlabki o‘rinlardan birida turadi.
Poliplar tashqi bo‘g‘iz sohasida, endotserviks o‘rta yoki yuqori qismida rivojlanadi. Eng ko‘p 40 yoshdan oshgan ayollarda uchraydi. Poliplargagina xos klinik belgilar mavjud emas.
Tashxislash: sservikal kanal shilliq qavati poliplarini aniqlash muammo tug‘dirmaydi. Ular bachadon bo‘yni ko‘rigida, kolьposkopiya vasservikoskopiyada topiladi.
Davolash polipni olib tashlagandan keyinsservikal kanal va endometriyni qirishdan iborat. Poliplar oyoqchasi asosini aylantirish va so‘ng koagulyasiya qilish bilan olib tashlanadi. Ginekologik kasallilarni va endokrin buzilishlarni o‘z vaqtida davolash, bachadon bo‘yni poliplarining profilaktikasida muhim.
Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari
Bu guruhga ko‘pincha displaziya fonida, ba’zan o‘zgarmagan bachadon bo‘ynida ham uchraydigan kasalliklar kiradi. Bu holat asosini etilmagan metaplaziya fonida ko‘p qavatli yassi epiteliyning bazal va parabazal hujayralarining proliferatsiya jarayoni va struktur qayta qurilishi tashkil etadi. Proliferatsiya jadalligi, atipiya borligi va epiteliy qoplami zararlanishi chuqurligiga bog‘liq holda 3 daraja tafovut qilinadi: engil, o‘rta va og‘ir. Og‘ir displaziyada epitelial karsinoma rivojlanishi xavfi mavjud.
Tashxislash kolьposkop yordamida ko‘rik, epitelial hujayralarnissitologik tekshirish, mo‘ljalli biopsiya bilan kengaytirilgan kolьposkopiya,sservikal kanal shilliq qavatini qirishdan iborat. Eng to‘g‘ri tashxis bioptatni gistologik tekshiruv natijasida qo‘yiladi.
Davolash yondosh kasalliklar(psevdoeroziya, leykoplakiya va h. k.)ni xususiyatlariga, displaziya shakli, o‘zgarishning darajasiga, patsient yoshi va reproduktiv faoliyati qarab amalga oshiriladi.
Og‘ir displaziyada radikal davo o‘tkaziladi: lazeroterapiya, kriodestruksiya, xirurgik konizatsiya, bachadon bo‘ynini konussimon yoki ponasimon kesish yoki bachadon ekstirpatsiyasi amaliyoti bajariladi.
Endometriyning fon va rak oldi kasalliklari
Giperplastik jarayonlar gipofiz-gipotalamus-tuxumdonlar tizimidagi buzilish keltirib chiqargan murakkab neyroendokrin sindrom sifatida ko‘riladi. Endometriy – gormonal ta’sir intensivligi va davomiyligiga qaram nishon a’zodir.
Xavf omillari:
-
Jinsiy hayotning yo‘qligi
-
bachadon miomasi
-
kech menopauza
-
sitologiyaning estrogen tipi
-
SKYA
-
tuxumdonning feminizatsiyalovchi o‘smalari (follikuloma, tekoma)
-
endokrin bepushtlik
-
4000 g dan ortiq vaznli homila bilan tug‘ruq
-
semizlik (endometriyda yog‘dan estrol estriolga aylanadi va estrogen retseptorni
-
qandli diabet
-
genetik moyillik
Endometriyning fon va rak oldi holatlari (Boxman YA.V.1989)
1. endometriy giperplaziyasi
-
bezli diffuz
-
bezli o‘choqli
-
bezli kistoz
2. polipoz
-
bezli
-
bezli – fibroz
-
bezli - kistoz
-
angiomatoz
-
fibromatoz
3. adenomatoz (atipik giperplaziya)
Endometriyning rak oldi kasalliklari
-
Atipik giperplaziya
-
Klimakterik davrda va menopauzada retsidivlanuvchi poliplar
-
2 – 3 oylik gormonal davoga buysunmaydigan giperplaziya
Klinik manzarasi asosan hayz tutilishidan keyingi disfunksional(anovulyator) bachadon ichi qon ketishi. Qon ketishlari odatda davomli, sezilarli yoki ko‘p, profuz, ba’zan hayzlararo qonli ajralmalar ko‘rinishida bo‘ladi
Tashxislash maqsadida bachadon tanasi shilliq qavatini diagnostik qirish va materialni gistologik tekshirish keng qo‘llaniladi. Endometriyni qirish kutilayotgan hayz arafasida yoki qonli ajralmalar kelishi boshlanishi bilan bajarilishi zarur. Davoni nazorat qilish, shuningdek ayolni skrining tekshirish (dispanserizatsiya) tartibida aspiratsiya yo‘li bilan olingan bachadon ichi saqlanmasinissitologik usul tekshiruvi qo‘llaniladi. Aspiratsiya hayzssiklining 2-yarmida aseptika qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Giperplastik jarayonlarni ayniqsa profilaktik ko‘riklarda (dispanserizatsiya) topishga, exosignallar xususiyatiga qarab endometriy giperplaziyasini aniqlash imkonini beradigan UTT qo‘l keladi.
Gisteroskopiyaning diagnostik ahamiyati yuqori. Usul giperplaziyani qalinlashgan, nim pushti yoki qizil rangli endometriy yuzasi notekis burmali ko‘rinishda aniqlash imkonini beradi.
Endometriyda giperplastik jarayonlarni davolashda ko‘pgina omillar hisobga olinadi, ya’ni bemorni yoshi, giperplaziya sababi va ushbu patologiyani xususiyati, klinik ko‘rinishlari, u yoki bu davolash usullariga qarshi ko‘rsatkichlar, davo preparatlarini ko‘tara olishi, yondosh ekstragenital va ginekologik kasalliklar.
Davolash. Reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriya giperplaziyasini gormonal davolash estrogen-gestagen preparatlarni qo‘llab olib boriladi (regividon, regulon, marvelon, novinet va boshqalar) yoki gestagenlar (norkolut, dyufaston, 17-OPK va boshqalar). Gormonal davo davomiyligi giperplastik jarayonni xususiyatini hisobga olib belgilanadi. Bez-kistoz giperplaziyasida estrogen-gestagen preparatlar siklik rejimda (siklni 5-kunidan, 25- kunigacha) 3-4 oy davomida, retsidivlovchi giperplaziyada 6-8 oy ( shu rejimda).
Pre i perimenopauzal yoshdagi ayollarga gestagenlardan norkolut hayzssiklining 5-10mg 5-kundan 25-kunigacha yoki 16-kundan 25-kunigacha. 17-OPK - 250 mg hayzssiklining 14- yoki 21-yoki haftada 2 marta.
Hayzssiklni susaytirish uchun Sustanon - 250; Omiadren-250;
Retsidivlanuvchi bez-kistoz giperplaziyalarda jarrohlik usullari afzalroq, endometriy rak oldi holatida (adenomatoz, adenomatoz poliplar), ayniqsa endometriyning adenomioz va bachadon miomasi, tuxumdonlardagi patologik jarayonlarda.
Keyingi yillarda endometriyadagi giperplastik jarayonlarni oldini olish va davolash uchun gisterorezektoskop yordamida ablyasiya usuli muvaqqiyatli qo‘llanilmoqda.
Endometriy poliplari endometriy o‘choqli giperplaziyasini ifodalaydi. Ko‘pincha ular endometriyning giperplaziyalangan bazal qavatidan kelib chiqadi. Endometriy poliplarining quyidagi shakllarini tafovutlash qabul qilingan:1) bezli, bazal qavatdan kelib chiqqan; stromalar va bezlardan tashkil topgan, ichi kengaygan bo‘lishi mumkin (bez-kistoz polip); 2) bez-fibrozli poliplar, biriktiruvchi to‘qimali stromalardan va cheklangan sonli bezlardan; 3) fibrozli poliplar - biriktiruvchi to‘qimali hosilalardan, ko‘p hollarda kollagenli; bezlar juda kam yoki yuq. Reproduktiv yoshdagi ayollarda poliplar bezli tuzilishga ega. Bezlarning intensiv proliferatsiyasida adenomatoz xususiyatnioladi. Bezlarning intensiv proliferatsiyasida poliplar adenomatoz xususiyatga ega bo‘lishadi.
Endometriy poliplarini klinik ko‘rinishi ayollarning yoshiga, tuxumdonlarning gormonal va reproduktiv funksiyasiga, yondosh kasalliklarning borligiga (bachadon miomasi, adenomioz, bachadon ortiqlari yallig‘lanish kasalliklari) bog‘liq.
Poliplarning juda ko‘p uchraydigan simptomi hayzssiklining buzilishi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda poliplarda endometriyning normal faoliyati fonida hayzssikli saqlangan holda, hayzlararo va hayz oldidan kam pushti ajralmalar kuzatiladi, shuningdek hayz qoni miqdori oshadi.
Tashxislash. Endometriy polipiga gumon qilinganda tashxislash maqsadida UTT, gisteroskopiya, gisterografiya, 32R radioizotop tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Davolash. Gisteroskop nazoratida keyinchalik bachadon tanasi shilliq qavatini qirish bajariladi. Poliplarni olib tashlagandan keyin bemorlarni olib borish taktikasi endometriy tuzilishi, xususiyati va ayolda modda almashinuvi buzilishi kasalliklari hisobga olib belgilanadi.
Amaliy ko‘nikmalar:
-
Ko‘zguda ko‘rik
-
Bimanual ko‘rik
-
Papanikolau bo‘yicha surtma olish
Sut bezining xavfsiz kasalliklari
Sut bezi ayol reproduktiv tizimining bir qismi bo‘lib, to‘qimasi tuxumdonlar, platsentar gormonlar va boshqa endokrin bezlar gormonlari uchun nishon to‘qima hisoblanadi. Sut bezining homiladorlikdan tashqari hastaliklari “mastopatiya” termini bilan ataladi, yana “disgormonal displaziya” deyish ham mumkin. Sut yo‘llari va kistalarda giperplastik jarayonlar bilan kechadigan mastopatiyasi bor 45 yoshdan katta ayollarda o‘sma rivojlanishi 2.6 marta, atipik o‘zgarishlar bo‘lganda 6 marta ko‘proq uchraydi.
Fibroz-kistoz mastopatii (FKM) tasnifi
I. Diffuz
-
bez komponenti ustunligi bilan
-
fibroz komponenti ustunligi bilan
-
kistoz komponenti ustunligi bilan
-
aralash shakli
II. Tugunli
Etiologiya va patogenezi xozirda gormonlar tomonidan keltirib chiqariladi degan fikrlar bo‘lishiga qaramay, noaniqdir. Asosiy rol progesteron tanqislik holatlari, tuxumdonlar faoliyati buzilishi, mutloq va nisbiy giperesterogenemiyaga tegishli.
Klinika shikoyatlar sut bezlaridagi og‘riq, shish yoki to‘qimalari zichlashishiga. Og‘riq qo‘lga yoki kurakka uzatilishi mumkin.
Tashxislash mastopatiya anamnez, klinik manzara, sut bezlarini paypaslash va maxsus tekshiruvlarni o‘tkazish bilan tasdiqlanadi. Anamnezida abortlar, homilani ko‘tarolmaslik, bachadondan disfunksional qon ketishlar, bepushtlik kuzatiladi.
Paypaslashni hayz qiklining 1-fazasida, yotgan yoki turgan holda barcha kvadrantlarni tekshirib o‘tkazish lozim.
Maxsus tekshiruvlardan:UTT, rentgenologik, morfologik usullar keng qo‘llaniladi.Tekshiruvlar siklning 6-7 kunlarida amalga oshiriladi. SHuningdek,sitologik tekshiruv bilan punksion biopsiya ham ishlatiladi.
FKM bilan og‘rigan ayol sut bezi o‘sma rivojlanishi xavf guruhiga kirishini unutmaslik kerak. SHuning uchun ham ginekologik ko‘rik sut bezi ko‘rigi va palьpatsiyasini o‘z ichiga olishi shart.YAkuniy tashxislash, maxsus tekshiruv usullarini qo‘llashni buyurish – onkologlarning zimmasidagi vazifa.
Davolash: sut bezining xavfli kasalliklari inkor etilgach, onkologlar konservativ davoni buyurishadi. Davo gestagenlar (hayzning 16 kunidan to 25-kunigacha norkolut, dyufaston, utrojestan), mahalliy qo‘llash uchun gelь «Projestojel» 1% 1kunda 2 mah., androgenlar (45-50 yoshdan keyin), antiestrogenlar (tamoksifen, toremifen), antigonadotropinlar (danazol, danoval) antiprolaktin preparatlar (dostineks, bromkriptin), vitamin E, A, V(1,2), choy, kofe, shokolad cheklangan ovqatlanish rejimi tavsiya etish bilan olib boriladi.
4.2. Analitik qism
Vaziyatli masala №1
Bemor G. 48 yosh. Ko‘zguda ko‘rikda ektotserviks sohasida asosida ko‘p qizil nuqtali oq pilakchalar aniqlandi.
Savol:
1. Taxminiy tashxis
2. UASH taktikasi
3. Maxsus tekshiruv usullari
Javob:
1. Tashxis: bachadon bo‘yni leykoplakiyasi.
2. UASH taktikasi: ixtisoslashgan maussasaga yo‘llash.
3. Oddiy va kengaytirilgan kolposkopiya,ssitologik tekshiruv. Zarur bo‘lgandasservikal kanalni qirish bilan birga mo‘ljalli biopsiya.
Vaziyatli masala №2
27 yoshli bemorda chap sut bezi yuqorigi kvadrantlarida o‘lchami 2 sm gacha keladigan, teri bilan bitishmagan, predmenstrual davrda og‘riqli bo‘ladigan 2ta zichlashish o‘chog‘i aniqlandi.
Savol:
-
Taxminiy tashxis
-
UASH taktikasi
-
Tekshiruv usullari
Javob:
-
Mastopatiya
-
YAkuniy tashxislash va qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun onkologlarga yo‘naltirish
-
Sut bezlari UTT, mammografiya o‘tkazish.
Ilova № 1. « BUM» uyini
Talabalar tartib bo’yicha sanaydilar.
3 ga ko’paytirilgan son chiqqan talaba «BUM» so’zini aytadi. Keyin sanash davom etadi. YAnglish javob bergan talaba pedagog bergan savolga javob beradi.
Savollar:
1. Bachadon bo’yni fon va saraton oldi kasalliklari klassifikatsiyasi:
Klinik-morfologik tasnifiga ko‘ra bachadon bo‘ynining kasalliklari fon, saraton oldi va saraton kasalliklariga bo‘linadi.
2. Psevdoeroziya nima?
Javob:ssilindrik epiteliy bilan koplangan kup qavatli yassi epiteliy defekti.
3. Leykoplakiyaga tushuncha bering?
Leykoplakiya – bu jinsiy a’zolar pastki qismining teri va shillik kavatlari shikastlanishi bulib, kup kavatli yassi epiteliyning yo’g’onlashishi va turli darajadagi muguzlanishi bilan xarakterlanadi.
4. Eritroplakiyaga tushuncha bering?
Eritroplakiya – bu qoplovchi epiteliyning yupqalanishi bo’lib, buning natijasida qon tomirlarining yuza joylashib kolishi va qizil rangda bo’lishi xarakterli.
5. Endometriy giperplastik jaraenining klassifikatsiyasi?
Javob: 1) Endometriyning bezli giperplaziyasi; 2) Bezli-kistoz giperplaziya; 3) Endometriyning atipik giperplaziyasi; 4) endometriy polipi.
6. Sut bezi patologiyasi rivojlanishida xavf omillar
-
Mastopatiya xaqida tushuncha.
Ilova №2 «Stol urtasidagi ruchka» uyini
Barcha talabalar 2 guruxga bulinadi. Xar bir gurux aloxida stol atrofida utiradi va toza kogoz varagi oladi.
Xar bir guruxdan bir talaba vazifa solingan konvert oladi: 1) Endometriy giperplastik protsesslarini davolash usullari; 2) Bachadon buyni eroziyasini davolash usullari.
Tayorgarlik uchun 10 minut vaqt beriladi.
Xar bir talaba uz javobini kogozga ezib qo’shnisiga uzatadi va uz ruchkasini stol o’rtasiga kuyadi.
Vazifa bajarilgach, xar bir guruxning namoendasi uzi tanlagan savolga javobni o’qib eshittiradi. Keyin barcha talabalar javob variantlarini muxokama qilib, to’gri javobni daftariga yozadi.
Ilova № 3
Kasallik Davolash usuli:
1. endometriy atipik A. nur va gormonoterapiya
giperplaziyasi B. naylar bilan bachadon
ekstirpatsiya
2. endometriy raki 3.dar V. gormonoterapiya
3. endometriy raki 1 dar G. simptomaticheskoe
javob - 1V, 2A, 3B.
Endometriy giperplaziyasi Davolash
1. reproduktiv yoshda A. sintetik progestinlar
2. klimakterik B. gestagen va androgenlar
3. postmenopauzal V. gestagenlar
G. Gestagen va estrogenlar
javob - 1A, 2V, 3B.
57 yoshli ayolda 5 yillik postmenopauzal davrda jinsiy a’zolardan konli ajralmalar keldi. Bemor gipertonik kasallik bilan kiynaladi. Kin kurigida – bachadon normal razmerda.
Taxminiy tashxis
1. adenomioz
2. disfunksional bachadondan kon ketish
3. bachadon buyni raki
4. endometriy raki
5. bachadon miomasi
javob - 4.
Bemor 27 yosh chap sut bezi yukori 4dan bir kismida 2 sm ulchamdagi kattik tugun teriga yopishmagan xolda aniklandi. Predmenstrual davrda kattiklashadi va ogrik buladi.
Taxminiy tashxisingiz
a) Pedjet raki
b) fibroadenoma.
v) lipoma
g) tugunli mastopatiya
+ d) galaktotsele - tugunli disgormonal sut bezi giperplaziyasi
KEYS-TEXNOLOGIYA
O’quv mavzusi bo’yicha: «Bachadon bo’yni va endometriy fon va rak oldi kasalliklari»
KEYS - muammoni yechadi, umumiy amaliyot shifokorining bachadon bo’yni va endometriy fon va rak oldi kasalliklarini olib borish taktikasi
Pedagogik annotatsiya
Ukuv mashguloti: «Akusherlik va ginekologiya»
Mavzu: «Bachadon bo‘yini va endometriy fon va saraton oldin kasalliklari»
Berilgan keysning maksadi: Talabalarni bachadon bo‘yni va tanasi fon hamda rak oldi kasalliklari xastaliklarini tashxislashga, qiyosiy tashxislashga hamda shifoxonadan keyingi reabilitatsiya davrida ularni poliklinika sharoitida davolashga o‘rgatish.
Rejalashtirilgan ukuv natjalari - keys bilan ishlagan natijalar boyicha studentlar
-
Bachadon bo’yni va endometriy fon va saraton oldi xolatlariyuzaga kelishdagi xavf omillarini baxolash va analiz qilish
-
Dagnoz qo’yishda togri algaritm xarakatlarni tanlay bilish
-
Bachadon buyni fon xolatlarini mustaqil davolash
-
Boshqa mutaxassislarga maslaxatga yo’llanma berish
-
Statsionarda davolangandan so‘ng reabilitatsion choralarni qo’llash
Muvofakiyat bilan keysni echish uchun student bilishi kerak:
-
Xavfli kasalliklarni tarqalgan doirasini, jinsiy yo’llar orqali oqmalar bilan kuzatiladigan
-
Jinsiy yo’llardan keladigan oqmalar sabachi bo’ladigan kasalliklarni differensial diagnostika qilish
-
KVP va SRB darajasida diagnostik usullarni sanab chiqib, o’tkaziladigan tekshiruvlar rejasini tuzishi va asoslab berishi
-
Tor mutaxassislar kurigi maslaxatini va statsionarga yotqizish asoslab barishi
-
Keyingi nazoratlarning qanday darajada bulishini aniqlash (medikamentoz va medikamentozsiz davolash)
Berilgan keys birlamchi zvenoda real xolatni ko’rsatadi
Keysning bilm joyi:
-
Kasallik tarixidan kuchirma/vaziyatli masala
-
Boxman YA. V., Rыbin E.P. organlarning polineoplaziyasi repraduktiv sistemasi .- SPb.: OOO Neva-Lyuks.2001.
-
Ginekologik : diagnostika va davolanish Noveyshiy spravochnik –M.Eksmo -2005. S.97-120
-
Matkaning boynini shamollashi vlagaliщani va vulьvani (Klinik leksiyalar) Pod red. prof. V.N.Prilepskoy.- 2-e izd.- M.: MED press, 2000.- 432 s.
-
Klinik taklinomalar praktik vrachlar uchun Denisov I.N., Kulakov V.I., SHevchenko YU.L., Xaitov R.M. «Geotar-med», 2002. S. 748-783.
-
Manuxin I.B. va bosh. Tashk jinsiy azolarning kasallikligi ayollarda Rukovodstvo dlya vrachey / I.B. Manuxin i dr.- M.: MIA, 2002.- 303 s.
-
www.medi.ru, www.medlinks.ru, www.obgyn.net.
Tipologik belgilar buyicha keysning xarakteristikasi
Berilgan keys kabinetlik, syujetlik kategoriyasiga kiradi. Keys kup xajili va strukturlashtirilgan. Bu keys-savol. Mulyajlarda amaliy kunikmalarni namoyish etilishi mumkin.
Didaktik maksadlar buyicha keys treningli va xaytda uchraydigan xolatrada KVP sharoitida fikiralshga jalb etadi.
Keys kuyidagi mutaxassisliklarda kullanisha mumkin: akusherlik va ginekologiya, ter kasalliklarida , onkologiyada.
I KEYS
«Bachadon bo‘yini va tanasining fon va saraton oldin kasalliklari»
Boshqa a’zolarga tarqalish kamayishga moyil emasligi tufayli, bachadon bo‘yni va tanasi fon hamda saraton oldi kasalliklari dolzarbligicha qolmoqda. Reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan ginekologik kasalliklarning 10 % dan 15 % gacha bo‘lgan qismini bachadon bo‘ynining xavfsiz ( o‘sma bo‘lmagan ) jarayonlari tashkil etadi.
Bachadon bo‘ynida morfologik o‘zgarishlar kasallik klinik belgilari yuzaga chiqishidan ancha ertaroq sodir bo‘lishi bizga ma’lum, buning natijasida esa, 75 % bemorlarda bachadon bo‘yni o‘smasi kasallikning 2 - va boshqa kechki bosqichlarida tashxislanadi.
Keys maksadi talabalarni bachadon bo‘yni va endometriy fon va rak oldi kasalliklarini tashxislash, qiyosiy tashxislashga, davolash hamda shifoxonadan keyingi reabilitatsiya davrida ularni poliklinika sharoitida davolashga o‘rgatish.
Keys xal kilish natijasida talaba kuyidagi natijalarga erishishi kerak:
-
ayollarda kuzatilgan fon va rak oldi xolatlari kuzatilgan rni tugri baxolash va taxlil kilish rivojdantirish
-
tashxis kuyish uchun tugri algoritm tuzish maxoratini oshirish
-
kerakli tekshiruvlar amaliyotini egallash
-
shu masalani yechishda mustakil fikirlashni urganish (davolash yoki statsionarga yuborish)
-
davodan keyingi poststatsionar reabilitatsiyani utkazish.
KEYS-MASALA
UASHga 1. 07. 2010y 24 yoshli ayol jinsiy yullaridan 4 oy davomidagi yiringli okmalarga va 2 oy mobaynida jinsiy alokadan keyingi qonli ajralmalarga, umumiy xolsizlikka shikoyat kilib murojat qildi.
Anamnezida: Xayz 14 yoshidan, regulyar, og’riksiz. Oxirgi xayzi - 22.06.2010 ogrikli. Jinsiy xayoti 19 yoshdan. Xomiladorlklar 2, ulardan 1 - tugruk, 1- artifitsial abort. SHifokorlarga murojat qilmagan, davolanmagan, tarbiyachi bo’lib ishlaydi.
Ob’ektiv: umumiy xoli qoniqarli. KB 110/70, Ps 80zarb 1 dakikada.
Palьpatsiyada korni yumshok, ogrkiz, korin pardasining ta’sirlanish belgilari yuk.
Kuzguda kurik: bachadon bo’yni tashki bug’zi atrofi shilliq kavatida giperemik o’choq aniqlandi, o’lchamlari 1,5 x 1,5sm, tashqi yuzasi dondor, yiringi ajralmalar bilan qoplangan.
Bimanual kurik: bachadon bo’yni silindrik shakilda, tashqi bug’zi yopiq. Bachadon tanasi va ortiqlari patologik o’zgarishlarsiz.
QVP sharoitida o’tkazilgan tekshiruvlar ko’rsatdi:
-
UQA: Hb-92 g/l, leykotsitlar - 6.7*109/l, SOE -25 mm/ch
-
Uch nuqtadan surtma analizi: Uretra: epiteliy 1-2, leykotsitlar 10-12
Servikal kanal: epiteliy 3-4, leykotsitlar 25-26
Qin orqa gumbazi: epiteliy2-4, leykotsitlar ko’p miqdorda.
gn, trich abs, Gr± kokki
SRBda o’tkazilgan tekshiruvlar ko’rsatdi:
Servikal kanaldan bak.ekmasidan: St. aureus: Ta’sirchan:ssefazolin,sseftriakson, ampitsilin
JYOYUKni IFA tekshiruvida-xlamidii 1,33 ureaplazma- 0,32 VPG-0,95ssMV-1,23
| -
Kolposkopiya - ektopiya, atsetook epiteliysi.
Papanikalau bo’yicha surtma taxlili –servikal epitelial neoplaziya I (CIN I).
Savollar:
-
Kaysi patologik xolatlar bilan takkoslama tashxis utkazish kerak deb uylaysiz?
-
Ushbu xolatda QVP sharoitda qanday tekshirish lozim?
-
Tashxis va uni asoslash.
-
Ushbu patologiya bilan mijoz gospitalizatsiyaga muxtojmi, muxtoj bulsa, qaysi profildagi statsionar bo’lish kerak?
II. Talabalar uchun metodologik kursatmalar
KEYS-MASALA
UASHga 1. 07. 2010y 24 yoshli ayol jinsiy yo’llaridan 4 oy davomidagi yiringli oqmalarga va 2 oy mobaynida jinsiy aloqadan keyingi qonli ajralmalarga, umumiy xolsizlikka shikoyat kilib murojat qildi.
Anamnezida: Xayz 14 yoshidan, regulyar, ogriksiz. Oxirgi xayzi - 22.06.2010 ogrikli. Jinsiy xayoti 19 yoshdan. Xomiladorlklar 2, ulardan 1 – tug’ruk, 1- artifitsial abort. SHifokorlarga murojat qilmagan, davolanmagan, tarbiyachi bo’lib ishlaydi.
Ob’ektiv: umumiy xoli konikarli. QB 110/70, Ps 80zarb 1 daqiqada.
Palpatsiyada qorni yumshoq, og’riqsiz, qorin pardasining ta’sirlanish belgilari yo’q.
Kuzguda kurik: bachadon bo’yni tashki bo’g’zi atrofi shilliq qavatida giperemik uchoq aniqlandi, o’lchamlari 1,5 x 1,5sm, tashqi yuzasi donador, yiringi ajralmalar bilan qoplangan.
Bimanual kurik: bachadon buyni silindrik shaklda, tashqi bo’gzi yopiq. Bachadon tanasi va ortiqlari patologik o’zgarishlarsiz.
QVP sharoitida o’tkazilgan tekshiruvlar ko’rsatdi:
-
UQA: Hb-92 g/l, leykotsitlar - 6.7*109/l, SOE -25 mm/ch
-
Uch nuqtadan surtma analizi: Uretra: epiteliy 1-2, leykotsitlar 10-12
Servikal kanal: epiteliy 3-4, leykotsitlar 25-26
Qin orqa gumbazi: epiteliy2-4, leykotsitlar ko’p miqdorda.
gn, trich abs, Gr± kokki
SRBda o’tkazilgan tekshiruvlar ko’rsatdi:
Servikal kanaldan bak.ekmasidan:
St. aureus: Ta’sirchan:sefazolin,seftriakson,sefatoksin, merkatsin, levamitsitin, ampitsilin
JYOYUKni IFA tekshiruvida-xlamidii 1,33 ureaplazma- 0,32 VPG-0,95ssMV-1,23
| -
Kolьposkopiya - ektopiya, atsetook epiteliysi.
Papanikalau buyicha surtma taxlili - sservikal epitelial neoplaziya I (CIN I).
Savollar:
-
Kaysi patologik xolatlar bilan takkoslama tashxis utkazish kerak deb uylaysiz?
-
Ushbu xolatda KVP sharoitda kanday tekshirish lozim?
-
Tashis va uning asoslash.
-
Ushbu patologiya bilan mijoz gospitalizatsiyaga muxtojmi, muxtoj bulsa, kaysi profildagi statsionar?
2.1 Mammo:
QVP va SHVP sharoitida qindan ajralmalar kelayotgan ayollarni olib borish va kerak bo’lganda statsionarga yotkazishni xal qilish.
2.2. Muammo osti muammosi
1. Tashqi qo’rinishini analizi
2. Qindan kelayotgan ajralmalar anamnezini analiz qilish
3. Ko’rik analizi
4. Kerakli tekshiruvlarni tanlash
5. Olingan natijalarni taxlil qilish va taqqoslama diagnoz o’tkazish
6. QVP va SHVP sharoitida xulosaga kelish
7. Reabelitatsiya kerakmi, kerak bo’lsa uni moxiyati.
2.3. Xal qilish algoritmi
-
Tashqi ko’rinishini analizi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ter va shillik kavatlar ko’rigi
- yuz (kuz, til)
2. Anamnez analizi:
- o’tkazilgan kasalliklari
- oilaviy-sotsial anamnezi
- akusher-ginekologik anamnezi
- ajralmalar davomiyligi va uning tarifi
3. Ko’rik analizi
- Ps, KB
- yurak va upka auskultatsiyasi
- korin palpatsiyasi
- ko’zguda ko’rik
- per/ vag. Ko’rigi
4. Kerakli tekshiruvlar
- UQA
- Uch nuqtadan surtma
- JYOYUKni IFA tekshiruvida
-servikal kanaldan bak.ekmasidan ak.
- Papanikalau buyicha surtma olish
5. Olingan natijalarni taxlil qilishva taqqoslama diagnoz o’tkaziladi:
- akusherlik patologiya
- xirurgik
- terapevtik
6. QVP va SHVP sharoitida xulosaga kelish
- davolash
- kerak xollarda statsionarga yotqizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |