Urilgandagi jarohat to’qimalarga o’tmas, lekin og’ir narsa bilan urilganda (bolg’a, tosh bilan, og’ir yuk tushib ketganda) paydo bo’ladi. Jarohatning cheti majaqlangan, ezilgan, notekis bo’lib, kattagina joydagi yumshoq to’qimalar shikastlanadi. Deyarli uncha qon oqmaydi, lekin ezilgan yumshoq to’qimalar nobud bo’lishi va infeksiya rivojlanishi uchun qulay muhit tug’iladi.
Agar jarohatlar yulinish (qo’l yoki oyoq uzilib ketganda) va lat yeyishdan hosil bo’lsa, ular qattiq og’riydi va ko’pincha shokka sabab bo’ladi.
O’q tekkandagi jarohat o’q (miltiq, to’pponcha o’qi) tegishidan vujudga kelgan jarohatdir. Mina, bomba, snaryad parchalari tegishidan vujudga kelgan jarohatlar va sochma o’qdan jarohatlanish turlari ham bor. Sochma o’qdan jarohatlanishda jarohat ko’p va aksari yuza bo’ladi. Umuman o’q tekkandagi jarohat ancha xavfli hisoblanadi, chunki o’q, o’q parchasi bilan birga kirgan iflos kiyim parchalaridan, har xil xas-cho’p, tuproqdan organizmga infeksiya kirishi mumkin, bundan tashqari, o’q tekkanda yirik tomirlar, nervlar, bo’g’imlarga, ichki organlarga og’ir shikast yetishi mumkin. Agar jarohatning kirish va chiqish teshiklari mavjud bo’lsa (o’qning kirish teshigi chiqish teshigidan kichik bo’ladi), o’q (snaryad) teshigidan vujudga kelgan jarohat teshib o’tilgan jarohat deb ataladi.
Agar o’q yoki snaryad parchasi tanada qolsa, unda faqat bitta teshik-kirish teshigi hosil bo’ladi. Bunday jarohat berk yoki yopiq jarohat deb ataladi. O’q uchib borayotganda zich to’qimalar qarshiligiga (suyakka) duch kelganda berk jarohatlar vujudga kelishi mumkin. Agar o’q yoki snaryad parchasi gavdaning yuza to’qimalariga tegib o’tsa, u o’q yalab o’tgan jarohat deb ataladi. Bunday jarohatlar, odatda, yengil bo’ladi. Bulardan tashqari, yiringlagan, majaqlangan, tishlangan jarohatlar ham bo’ladi.
Jarohatning belgisi. har qanday jarohatda og’riq, bo’shliq hosil bo’ladi va qon oqadi.
Jarohatlanishning asosiy xavfi ko’p qon ketishi xamda yaraga yiringlatuvchi va anaerob mikroblar tushishidan iborat bo’ladi. Agar yara katta va chuqur bo’lsa, og’riq kuchli bo’lishi va qon ko’p ketishi natijasida shok ro’y berishi mumkin.
Bolalarda shikastlanish tufayli suyak sinishlari ko’p uchiraydi. Suyak to’qimasining bir muncha elastikligi, suyak uti pardasining etarliycha pishiqligi va o’sish zonasi borligi sababli bolalarda suyak sinishining o’ziga hos xususiyatlari bor. Bolalarda suyak uti pardasining otidan sinish uchraydi, bunda suyak uti pardasi shikastlanmagani holda suyak sinadi (“ko’k novda” tipida). Bunda suyak siniqlari siljimasligi mumkin. Epifizar o’sish zonasi borligi uning ertilishi-epifizeoliz uchun sharoit yaratadi, shuga ko’ra suyak siniqlari kattalardagi ko’ndalang suyak sinishi tipi bo’yicha siljiydi. Bolalarda suyak sinishini davolash ham o’ziga hos bo’ladi. Skletdan tortib qo’yish katta yoshdagi bolalarda qo’llaniladi. Yosh balalarda esa teridan tortib qo’yish bilan cheklaniladi. Badan terisi bichilishini oldini olish, bolaning ichi kelgadan va qovug’i bo’shagandan so’ng vaqtida ostini yuvib turish zarur.
Shok - fransuzcha choc - zarba degan ma'noni bildiradi.
Shok deganda hayotiy sistemalar funksiyasining to’satdan progressiv pasayib ketishi tushunilib, uning kelib chiqishiga mikrotsirkulyatsiya bilan to’qimalarning kislorodga to’yinishining nomunosibligi sabab bo’ladi. Asosan, xaddan tashqari kuchli taassurotlar natijasida nerv, indokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda modda-lar almashinuvining buzilishi bilan xarakatlanadigan havfli holat.
Shokning turlari:
1.Travmatik shok:
a) Mexanik ta'sir natijasida, ya'ni inson jarohatlanganda, shikastlanganda, jarroxlik
muolajalarida va to’qimalarning ezilishi natijasida vujudga keladi.
b) Kuyish shoki, ya'ni bunda inson termik va kimyoviy kuyishidir.
v) Elektr ta'siridan bo’ladigan shok.
g) Sovuqdan bo’ladigan shok.
2.Gemorragik va gipovolemik shok: ya'ni inson kuchli suvsizlanishi va ko’p qon ketishi natijasida yuzaga keladi.
3.Kordiogen shok: miokard infarkti, aritmiya, o’tkir yurak yetishmovchiligi natijasida vujudga keladi.
4.Toksik infeksion shok: ya'ni grammusbat va grammanfiy infeksiyalar.
5.Anafilaktik shok.
Travmatik shok demak, ko’pincha bosh, ko’krak, qorin, chanoq, oyoq, qo’llar va og’ir shikastlanishlarda va tananing ko’p qismi kuyganda travmatik shok holati deb aytiladigan shok deb kuzatiladi.
Travmatik shok ikki fazadan iborat: erektil va torpid.
Erektil faza shok reaksiyasining boshlanishida paydo bo’ladi. Bu paytda bemorning yuzi oqargan, kuz qorachig’i kattalashgan, qon bosimi normada yoki oshgan, bemor bezovtalanadi, o’zining og’ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanishi kuchayib, o’rnidan sapchib turib ketadi va uni tutib qolish qiyin bo’ladi. Agar erektil faza qanchalik kuchli bo’lsa, torpid faza shunchalik og’ir bo’ladi. Torpid fazada bemorning ahvoli og’irlashadi. Nafas olishi tezlashadi, ko’ngli ayniydi. Modda almashinuvi keskin buziladi.
Belgilarining og’irligiga qarab shok 4 bosqichga bo’linadi.
1.Engil bo’lib, shokka qarshi qilingan xarakat samarasini beradi.
2.O’rtacha og’irlikda teri satxi oqargan, nafas olish yuzaki va buzilgan a'zolar faoliyatini o’z holiga keltirishi uchun shokka qarshi qunt bilan davolash o’tkazish lozim.
3.Og’ir formasi. Teri satxi oqargan yoki ko’kargan, bemor o’ta sust harorati pasaygan. Tananing hamma funksional belgilari juda notekis, reanimatsion tadbirlarini talab qiladi.
4.Agonal oldi va agonal holatlar. Nafas olish juda sust, pereferik tomirlar urishi qon bosimi aniqlanmaydi. Bu holatni tiklash og’irroq.
Shikastlanishning xususiyati va joyiga qarab organizmda mahalliy va umumiy o’zgarishlar kuzatiladi.
Mahalliyda shikastlovchi agent ta'siriga uning kuchi, davriga bog’liq bo’lib, bunda organizmning reaktivligi katta ahamiyatga ega.
Umumiyda esa asbob sistema, qon aylanishining, nafas olishning, jigar, buyrak sistemalarining, indokrik modda almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Travmatik shok shikastlangandan bir necha minut keyin 24 soat ba'zan undan ortiqroq vaqt davomida ro’y berib, bemorning ahvoli juda og’ir bo’ladi. Shokning oldini olish uchun zudlik bilan meditsina yordami chaqirilishi vrach kelguncha bemorga birinchi yordam ko’rsatilishi shikastlanishga sabab bo’lgan omillar: yonayotgan kiyim-boshni o’chirish va qulab tushgan joy ostida qolib ketgan kishilarni qutqarib olish va boshqalarni bartaraf etish qon oqimini to’xtatish qo’l-oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay quyish. Demak, shikastlangach, kishiga tegishli yordam ko’rsatgach uni zudlik bilan kasalxonaga olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |