Birinchi yordam berish. Sovuq olgan odamga shoshilinch ravishda yordam ko’rsatish kerak. Bemorni tezda issiq xonaga olib kirish, badanining sovuq urgan joyini isitish, qon aylanishini asli holiga keltirish zarur; buning uchun sovuq urgan joyni qo’l bilan uqalash, qo’lga sterillangan ko’lqop kiyib ohista massaj qilish kerak (qora yoki iflos qo’llar bilan massaj qilish mumkin emas, terida shish va pufakchalar bo’lganda ham massaj qilmaslik kerak). Yaxshisi paxtani, spirtga ho’llab artish kerak, keyin quruq paxta bilan artiladi. Sovuq olgan oyoq yoki qo’l vannada isitilsa (suvning harorati 18dan 37gradusgacha) yana ham yaxshi bo’ladi. Sovuq olgan joyni sovunlab yuvib, kirdan tozalash kerak. Shundan keyin shikastlangan sohani quritish, sterillangan bog’lam qo’yish va issiq qilib o’rab qo’yish zarur. Sovuq urgan sohaga yog’ va mazlar surtish mumkin emas, chunki bunda birlamchi xirurgik obrabotka qilish ancha qiyin bo’lib qoladi. Bemorga issiq choy, kofe, sut ichirish, to’ydirib ovqatlantirish kerak, aroq va vino ichirish hamda meditsina muassasasiga tezroq olib borish lozim.
Sovuq oldirish ancha yengil bo’lganda bemor ambulatoriya sharoitida davolanadi, hamda yuqorida aytib o’tilgan tadbirlar bilan birga isituvchi aseptik bog’lam qo’yiladi, fizioterapiya (ul'trabinafsha nurlar, sollyuks bilan isitish) va davolash gimnastikasi qo’llaniladi. Sovuq oldirishda qoqsholga qarshi zardob yuborish shart.
Sovuq olishining umumiy davosi zo’r berib bekamu-ko’st ovqatlanish, infeksiyaga qarshi kurash, ko’plab vitamin iste'mol qilish, yurak-tomir tizimining funksiyasini yaxshilashdan iborat.
Mashg’lot mavzusi.
Suyak sinishi, turlari, 1- tibbiy yordam.
Reja:
1.Suyak sinishi haqida tushuncha, tasnifi
2.Suyak sinishi belgilari haqida tushuncha.
3.Suyak sinishida 1- yordam.
4.Suyak sinishi asoratlarida tibbiy yordam.
Kerakli jihozlar: Tarqatma materiallar, dori vositalari, bintlar, shinalar, jgut va qaychi, turli hil moslamalar.
Shikastlanishlarda suyak sinishi juda ko’p uchraydi. Patologik sinish suyakda patologik protsesslar (sil, osteomielit, o’smalar) sodir bo’lganda kasallikning ma'lum bosqichida vujudga keladi. Shikastlanishlarda teri qoplamining butunligiga qarab suyak sinishi yopiq (teri shikastlanmagan holda) va ochiq bo’ladi. Suyakning singan qismlari bir-biridan ajralgan bo’lsa, to’la sinish deb ataladi. Suyaklar singanda suyak parchalar: bir-biridan ajralmasa darz ketish deb ataladi.
Yosh bolalarda suyak usti pardasi tagidan sinish va epifizning diafizdan ajralishi (epifizeoliz) ko’p uchraydi.
Sinish tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Suyaklarning sinishi juda xilma-xil bo’lib, tashqi ta'sir kuchniing yo’nalishiga bog’liq bo’ladi Suyaklarning ko’ndalang, qiyshiq, spiralsimon, uzunasiga sinishi, parchalanib sinishi va ezilib sinishi (kompression sinish) farq qilinadi. Bularning hammasi singan suyak uchlarining surilishi bilan kechadi, bu sinishga sabab bo’lgan mexanik kuchning yo’nalishiga, suyak yopishgan muskullarning qisqarib tortishishiga bog’liq bo’ladi. Suyak siniqlarining siljishi har xil bo’ladi: burchak hosil qilib siljish uzunasiga siljish, yoniga siljish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |