Mashg’lot mavzusi.
Ochiq shikastlanishlar va jarohst infeksiyalari.
Reja:
1.Ochiq shikastlanishlar haqida tushuncha, tasnifi.
2.Jarohat infeksiyalari haqida umumiy tushuncha.
3.Chipqon belgilari, 1- yordam.
4.Flegmona, karbunkulda 1- yordam.
Kerakli jihozlar :Bint, spirt, paxta, jarrohik qnsqichlari, paxta tamponlari, salfetkalar tayyorlash, tarqatma materiallar.
Teri yoki shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida jaroxatlanish ochiq shikastlanish deyiladi.
Bunday ta'sir natijasida ancha ichkarida joylashgan to’qimalar ham zararlanishi mumkin.
Shikastlanish oqibati (prognoz) quyidagilarga bog’liq:
1)qon ketishi miqdoriga;
2)travmatik shikastlanishning yengil-og’irligiga;
3)mahalliy infeksiya bor-yo’g’ligiga;
4)hayotiy a'zolarga shikast yetishiga.
Ochiq shikastlanishlarning klinikasi mahalliy va umumiy simptomlardan iboratdir:
a)mahalliy-og’riq, teri butunligining buzilishi, jaroxat, uning ochilib turishi, qon ketishi;
b)umumiy o’tkir anemiya, shok, infeksiya, og’riq zararlangan zonaning nerv bilan qanchalik ta'minlanganligiga va ta'sir etgan jismning o’tkir yoki o’tmasligiga, jaroxatning yuza va chuqurligiga, uning yirikligiga bog’liq.
Jaroxat tasnifi. Shikastlanishlar (jaroxatlar) kelib chixish xususiyatlariga, to’qimalarning zararlanishi xarakteriga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: kesilgan, sanchilgan, chopilgan, urib olingan, ezilgan, yirtilgan, lat yegan, tirnalgan, tishlangan, o’q tekkan, teshib o’tilgan aralash.
Klinik belgilariga ko’ra jaroxatlar turli xil bo’lishi mumkin. Jaroxatlar yangi yoki kechikkan bo’ladi.
Yangi jaroxat deb 24 soat ichida bemorga birinchi jarroxlik muolajasi o’tkazilishiga aytiladi, agar bemor jaroxat olgandan keyin 24 soat vaqt o’tkazib, vrachga uchrasa, u kechikkan jaroxat deyiladi.
Jaroxat birlamchi va ikkilamchi bitishi mumkin, agar yiringlab bitsa ikkilamchi, yiringlamasa birlamchi bo’ladi.
Birinchi yordam. Shikastlangan bemorga birinchi yordam ko’pincha tibbiyotga aloqasi bo’lmagan kishilar tomonidan ko’rsatiladi, chunki vrach o’rta tibbiyot xodimi shikastlangan bemor yonidan birga bo’lmasligi tabiiy holdir. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1)jaroxatni yuvilmaganqo’l bilan ushlash butunlay man etiladi;
2)bog’lam qo’yilgach, uni mahkamlash uchun iloji bo’lsa elastik bintlar qo’yish foydalidir;
3)qonni to’xtatish uchun qo’l yoki oyoqni ko’tarib qo’yish va bog’lam qo’yish darkor.
Agar shunda ham qon to’xtamasa, jgut qo’yiladi. Jgut dom ham to’g’ri qo’yilavermaydi, u venada qon dimlanib qolishiga olib keladi. Jgut qo’yilgandan so’ng albatta vaqtini yozib qo’yish kerak;
4)qoqsholga qarshi emdori qilish (PSS, PSA) ni esdan chiqarmasligi kerak;
5)bemor uzoqqa jo’natilayotgan bo’lsa, og’riq qoldiruvchi dorilar qo’llaniladi.
Chipqon (Furunkul). Soch xaltachasi va yog’ bezining tevarakdagi kletchatkaga o’tadigan yiringli yalig’lanishidir. Shaxsiy gigienada rioya qilmaslik va qashinish chipqon paydo bo’lishiga imkon beradi. Qo’zg’atuvchisi – stsfilokokdir.
Belgosi. Chipqon teridan salgina ko’tarilib terining qizg’ish rangli og’riqli zichlashuvi (infiltratdan boshlanadi). Bo’rtmacha uchida qorqmtir yoki sarg’ish nuqta bo’ladi. Keyinroq nuqtaning o’rnida oq rangli nekroz qismi – chipqonning o’zagi hosil bo’ladi. Chipqon o’zagi ko’chib tushgandan so’ng granulyasion to’qima bilan to’lgan bo’shliq hosil bo’ladi.
Davosi. Infiltrasiya davrida yakka chipqonlarda Vishnevskiy usulida novokain blokadasi qo’llanishi mumkin. Yallig’lanish zonasi atrofidagi terini parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Terini 70 % li spirt yoki 5 % li kaliy permanganate eritmasi, 0,5 – 1 % li brilliant yashili eritmasi bilan artiladi. Ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish, UVCH-terapiya yaxshi natija beradi. Yuzdagi chipqonni qisish (siqish) mumkin evas. Bu infeksiyani avj olish xavfni tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |