167. Tashqi savdoni o‘rganishda indeks metodidan foydalanish.
Tashqi savdo statistikasida indekslar tovar aylanishi di namikasini, eksport va importning fizik hajmini, bahoning o'zgarishini, tashqi savdo strukturasini va ayrim olingan omillarning tovar aylanishiga ta’sirini o'iganish uchun foy dalaniladi.
Bunda ham quyidagi bazisli va zanjirsimon indekslar 367
2005-yilda 0 ‘zbekiston eksporti va
importida
qo‘llaniladi: o'rtacha baho indeksi, fizik hajm indeksi va savdo sharti indekslari va h.k. Har bir indeks o'zini tashkil etuvchi elementlariga ega: indekslashtirilayotgan (solishtirila- yotgan) belgi va uning vazni. Tashqi savdoning fizik hajmi indeksini hisoblash uchun tovar hajmi indekslashtirilayotgan kattalik, uning vazni sifatida bahosi xizmat qiladi; baho indeksini hisoblashda esa baho mdekslashtinlayotgarrlcattalik, uning vazni sifatida tovarning hajmi xizmat qiladi.
o'rtacha baho Indeksi
(Paashe formulasi)
Fizik hajm
Indeksi
(Lasneyres formulasi)
Jp—epiqi/epoqi
Jq=epoqi/epoqo
Bunda, Г] va ro —joriy va bazis davrdagi baho darajasi;
qj va qo —joriy va bazis davrda sotigan tovarlarning fizik
hajmi.
Tashqi savdoning o'zgarishini tahlil qilishda foy-
dalaniladigan yana bir ko'rsatkich, bu «savdo sharti» indeksi hisoblanib, uni aniqlash uchun eksportning o'rtacha bahosi indeksi bilan importning o'rtacha bahosi indeksi solishtiri- ladi.
Jssh- J^eks/Jtim p
Agar bu ko'rsatkich birdan kichik bo'lsa, u holda joriy davrda savdo qilish uchun sharoit yomonlashganligini ifodalaydi.
Umuman eksport va importni statistik o'rganish maqsadida ham o'zgarmas, ham joriy baholar tizimidan foy
168. Tashqi savdoda tovarlar eksportini qaysi bahoda amalga oshiradi?
Eksport:
—bojxona rejimi bo'yicha chetga chiqarilgan tovarlar;
— bojxona hududida qayta ishlashdan so‘ng chiqarilgan
tovarlar;
—reeksport rejimi bo'yicha chetga chiqarilgan tovarlar; — poshlinasiz savdo magaZinlaridan chetga chiqarilgan
0 ‘zbekiston va chet mamlakatlari tovarlari;
— bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo'yish
uchun chetga chiqarilgan tovarlar.
Bojxona statistikasida hisobga olinadigan tovarlarga mam
lakat moddiy boyliklarini orttiradigan yoki kamaytiradigan tovarlarning barchasi kritiladi (muomaladagi valutalardan tash qari).
Bojxona statistikasi quyidagi tovarlarni hisobga olmaydi:
a) qiymati va og'irligi kabi ko'rsatkichlari statistik ku zatish talablariga javob bermaydigan tovarlar.
Masalan, 1997-yildan boshlab qiymati 1000 AQSH dollari- dan yuqori yoki og'irligi 50 kg.dan ortiq mollami hisobga oladi:
b) muomalada bo'lgan valuta boyliklari (shu jumladan, monetar oltin). Bularni banklar o'zaro hisob-kitob ishlari amalga oshirish uchun ishlatadilar.
d) chet el mamlakatlari diplomatik va konsullik vako- latxonalari tomonidan foydalaniladigan tovarlar, davlat organlariga xalqaro tashkilotlarga, davlat boshliqlariga berilgan sovg'alar va h.k.
Mamlakatdagi chet el vakolatxonalari, o'z mamlakat- larining bir qismi hisoblanadi, shuning uchun mamlakatlar bilan ularning vakolatxonalari orasidagi tovarlarning harakati ichki harakatdek hisoblanadi.
e) tijorat operatsiyalari predmeti hisoblanmaydigan tovar lar, (masalan, o‘z ehtiyojini qondirish uchun chet eldan keltirilgan tovarlar, aloqa belgilari, to‘y-hasham jihozlari va h.k.).
Jismoniy shaxslar tomonidan chet eldan tijorat maqsadida keltirilgan tovarlarni alohida statistik hisobi olib boriladi. Ular mamlakat importining 20—25% tashkil etadi.
Bojxona statistikasi chiqarilayotgan va kiritilayotgan tovarlarni ham naturada, ham pulda hisobga oladi. Bu esa, o'z navbatida, eksport va impoitning umumiy hajmi va strukturasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tashqi savdo aylanmasining pulda ifodalanishi mam lakatning iqtisodiy ahvolini va uning xalqaro aloqalarini ifodalovchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Mamlakatning ma’lum davrdagi eksporti va importining nisbati bo'yicha mamlakatning savdo balansi aniqlanadi. Eksport importdan ko'p bo'lsa, tashqi savdo balansida aktiv kam bo'lsa, aksin- cha, passiv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |