Statistika
Yakuniy nazorat javoblari (Savollar)
1. «Aholi statistikasi» fanini nimani o’rganadi?
Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi. Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi. Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi. Har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo’linadi. Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. Birinchi bosqichda – statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda – jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari.
2. «Aholi statistikasi» fanining obyekti deganda nimani tushunasiz? (1-savol bn bir xil)

Do'stlaringiz bilan baham: |