9. Doimiy va mavjud aholi o’rtasidagi qanday bog’liqlik mavjud?
Doimiy aholi – bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hudda bo’lish, bo’lmasligidan qat’iy nazar istiqomat qiluvchilar soni. Mavjud aholi – mazkur hududda doimiy istiqomat qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazar hisob o’tkazilayotgan vaqtda hududda mavjud bo’lgan aholi.
Bog’liqligi:
10. Yuridik aholi deganda nimani tushunasiz?
Aholi uch kategoriyaga ajratiladi: doimiy yashovchi aholi. mavjud aholi va yuridik aholi. Yuridik aholi - ushbu aholi maskanida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan kishilar yigindisidir. Yuridik aholini ifodalovchi asosiy mezon uning shu hududda yashashini ifodalofchi, ma’muriy qayd etilgan hujjatdir. Aholini ro'yxatga olish jarayonida doimiy va mavjud aholi kategoriyalari hisobga olinadi. Shuningdek, aholi ro'yxati davomida har bir aholi yashash joylaridagi doimiy aholi, vaqtincha ketganlar va vaqtincha kelganlar hisobga olinadi. Doimiy yashovchi va vaqtincha ketganlar yig‘indisi doimiy aholini, doimiy yashovchi aholi va vaqtincha kelganlar yig‘indisi mavjud aholini ifodalaydi.
11. Aholi soni va tarkibi qanday aniqlanadi?
Aholi soni - ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning miqdoriy ifodasidir. Demografiyada aholi soni, eng umumiy va asosiy ko’rsatkich bo’lib, aniq bir davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma’lum bir chisloga (1-yanvar.1 iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi.Aholi jinsiy tarkibini o’rganishda aniq ko’rsatkich har 1000ta erkaklarga nisbatan ayollar soni, yoki har 1000 ta ayollarga nisbatan erkaklar soni ifodasidir. Ushbu ko’rsatkich orqali ma’lum hudud jami aholisining va aholi yosh guruhlari (0-9,10-19,20-29...) jinsiy tarkibi o’rganiladi.Aholi yosh tarkibi uch asosiy omil ta’sirida shakllanadi; 1)Yangi tug’ilganlardagi jinsiy nisbat: 2) O’limdagi jinsiy farq. 3) Aholi migratsiyasidagi jinsiy farq. Aholining yosh tarkibi-ijtimoiy-iktisodiy va demografik jarayonlarni o’rganish maqsadida aholining yosh guruhlarga bo’tshnishidir. Aholi yosh guruhlari va demografik jarayonlar o’zaro uzviy bog’liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida yoshlar (0-9, 101-19,20 - 29 yoshida) salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ilish kabi demografik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Ayni paytda tug’ilish yuqori bo’lgan hududlarda bolalar, yoshlar salmog’i yuqori bo’ladi. Tug’ilish darajasi past bo’lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog’i yuqori va o’lim hollari ko’proq sodir bo’ladi. Aholi yosh tarkibini o’rganganda aholining alohida har bir yoshlarga (0,1,2,3,4,5 . . .100 va undan yuqori) besh yillik yosh guruhlariga (10-14 , 15-19...) va uch yirik-yirik guruhlariga (0-14, 15-59, 60 va undan yuqori) ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |