7. Aholini ro‘yxatga olishning tarixini tushuntiring. Qadimdan aholini hisobga olishning xilma-xil usullari mavjud boʻlgan. Yunoniston, Bobil (Mesopotamiya), Misr, Rim, Xitoy va Yaponiyada aholi hisobga olinganligi tarixiy manbalardan maʼlum. Ular asosan fiskal (soliq olish) va harbiy maqsadlarni koʻzlagan holda oʻtkazilib, odatda faqat erkaklarni, yaʼni harbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq toʻlash imkoniyati bor shaxslarni qamrab olgan. Qadimgi Rimda oʻtkazilgan hamda podsho Serviy Tulliy (miloddan avvalgi 6-asr) nomi bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolar hisobi (senzi) maʼlum. Mil. av. 510 yildan 30 yilgacha boʻlgan davrda senzlar har 5 yilda oʻtkazilib turgan. Aflotun o'zining ideal davlat haqidagi ta'limotida erkin aholi sifatida fuqarolar soni 5040 tani majburiy shart sifatida ilgari surgan. U erkaklar 30 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan farzand ko'rishni talab qiladigan nikoh normalarini o'rnatishni taklif qildi. Aristotel oz sonli erkin aholini ideal davlat deb hisoblagan. Kichiklik ijtimoiy totuvlikka olib keladi. Aholining ko'pligi g'azab va jinoyatni keltirib chiqaradi. Yevropa mamlakatlarida feodalizm davrida davlat hokimiyati aholi sonining koʻpayishiga turli chora-tadbirlar bilan yordam berdi. Hokimiyat o'zining siyosiy moliyaviy va harbiy qudratini mustahkamlashga harakat qildi, bu esa bevosita odamlar soniga bog'liq edi. Demografiyaning asosiy g'oyasi shundan iborat ediki, jamiyatning boyligi va davlatning kuchi aholi soni bilan belgilanadi. 17—19-asr boshlarida demografiya fan sifatida shakllana boshladi. Unda xolislikka, muayyan naqshlarni aniqlashga e’tibor qaratildi. Ilmiy o'rganish uchun birinchi ob'ekt o'lim edi. Oldingi avlodning yo'q bo'lib ketish tartibini tushunish hayotning davomiyligini aniqlash imkonini berdi. Yangi maqsad va vazifalar paydo bo'la boshladi: 1. Aholi dinamikasini aniqlash; 2. Uning tug'ilish va o'limga bog'liqligini aniqlash; 3. Jamiyatni jinsi va yoshiga qarab turli guruhlarga ajratish.
8. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to’g’risida” gi qonuni qachon qabul qilingan va mohiyatini tushuntiring? Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari: aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish; shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash; aholini ro‘yxatga olishlar oralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.