137. Korxonalarning moliyaviy resurslarini hosil qilish va foydalanishni statistikada o‘rganish.
138. XVFning “Davlat moliyasi statistikasi - 2001” (GFS-2001) da davlat byudjeti defitsiti/profitsiti qanday aniqlash tavsiya etiladi?
139. XVFning “Davlat moliyasi statistikasi - 2001” (GFS-2001) da sof operatsion saldoni qanday aniqlash tavsiya etiladi?
140. Foizlar necha xil bo’ladi?
2 xil:
Oddiy foizlar - doimiy baza asosida hisoblanadigan va hisoblanishi bilanoq to’lanadigan foizlar.
Murakkab foizlar. Moliyaviy xisoblashlarda eng kub tarkalgan foizlardan biri bu murakkab foizlardir. Ularning mazmuni shundan iboratki, daromad xisoblana boshlanganda birinchi daromad (boshlang’ich P summadan) xisoblansa, ikkinchi daromad boshlangich summadan emas, balki boshlang’ich summa va birinchi daromadning yig’indi summasidan hisoblanadi va h.k.
141. Sug’urta va sug’urta bozorini deganda nimani tushunasiz?
Sug’urta moliyaviy faoliyatning bir turi bo’lib, uning maqsadi korxonalar, tashkilotlar va xususiy shaxslarga sug’urta riski sodir bo’lgan taqdirda zararlarini o’rnini ular tomonidan to’langan pul mablag’lari hisobidan tashkil qilingan sug’urta fondidan qoplash hisoblanadi.
Sug’urta riski - kishilarning ongli faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda (halokat, yo’l fojiasi, avariya, suv toshqini, er qimirlashi, qurg’oqchilik, o’lim, krizis hamda boshqa tabiiy va sotsial falokatlar) ro’y berishi ehtimoliga va tasodifiga ega bo’lgan voqealardir.
Sug’urtaning ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
1) shikastlangan mol-mulkdan kelgan zararni qoplash bo’yicha moddiy manfaatlar;
2) shaxsiy hayot, sog’liq, mehnat qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan xatarlar;
3) mas’uliyat xatarlari, ya’ni sug’urtachining qoplanmagan qarzlari, mahsulotni muddatida etkazib bermaslik, uchinchi tomonga zarar etkazilish va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan potentsial yo’qotishlari.
Ob’ekti bo’yicha sug’urta quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: mulkiy, shaxsiy va ma’suliyat sug’urtasiga. O’z navbatida sug’urta tarmoqlari tarmoqchalarga va yana alohida turlarga bo’linadi. Mulkiy sug’urtalashda korxonalar, tashkilotlarni mulkchilik shakllari bo’yicha (davlat, kooperativ, aktsionerlik, yakka holdagi va boshqalar) ajratiladi, shu jumladan turlari bo’yicha -binolarni, qurilmalarni, xom-ashyolarni, materiallarni, yoqilg’ini, transport vositalarni, uy-xo’jaligi mulklarini va boshqalarni sug’urtalash. Shaxsiy sug’urtalash tarmog’ida - hayotni sug’urtalash quyidagi turlarga bo’linadi: sog’liqni, mehnat qobiliyatini, pensiyalarni (yoshi bo’yicha, invalidlik, baxtsiz hodisalardan va boshqalar) sug’urtalash va boshqalarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |