Hujjat kuchini yo’qotgan 12. 06. 2001



Download 67,88 Kb.
Sana01.03.2017
Hajmi67,88 Kb.
#3578
Hujjat kuchini yo’qotgan 12.06.2001

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O’ZBEKISTON PAXTANI QAYTA ISHLASH VA PAXTA MAHSULOTLARINI SOTISH DAVLAT-AKTSIONERLIK UYuSHMASI («O’ZDAVPAXTASANOATSOTISH») FAOLIYaTINI TASHKIL ETISH MASALALARI TO’FRISIDA

http://www.lex.uz/image/favicon.gif LexUZ sharhi

Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyundagi 252-sonli «Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori bilan o’z kuchini yo’qotgan.

«O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aktsionerlik uyushmasi («O’zdavpaxtasanoatsotish») ni tashkil etish to’g’risidagi Farmonni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati majmui O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi «O’zpaxtasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasi va «O’zboshengilta’minotsotish» boshqarmasi ishtirokida bir oy muddat ichida «O’zpaxtasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasini va «O’zboshengilta’minotsotish» boshqarmasini tugatish hamda O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aktsionerlik uyushmasi («O’zdavpaxtasanoatsotish») ni ta’sis etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.

2. Belgilab qo’yilsinki, «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi:

paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsuloti yetkazib beruvchi hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari hamda paxta mahsulotining asosiy iste’molchilar bo’lgan boshqa manfaatdor yuridik shaxslar, jumladan xorijiy shaxslar ishtirokida tuziladi;

o’z faoliyatini ishtirokchilarning pay va kirish badallari hamda ular bergan vakolatlar va vazifalar asosida tashkil etadi;

ishlab chiqarish — xo’jalik va moliyaviy faoliyat masalalarini to’la xo’jalik hisobi qoidalari asosida mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sug’urta, zaxira va boshqa jamg’armalarni tuzadi;

uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning xo’jalik faoliyatini boshqaradi hamda davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

fan va texnika yutuqlarini, jumladan xorijiy ilg’or tajribani joriy etish, uskunalarni yangilash va jahon namunalari darajasidagi eng yangi texnologiyalarni o’zlashtirish asosida eng muhim vazifa sifatida yagona ilmiy-texnikaviy siyosat amalga oshirilishini, texnologiya va tola ishlab chiqarish takomillashtirilishini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining ruxsatnomasi bo’yicha davlat ehtiyoji va eksportga paxta tolasi yetkazib berilishi uchun javob beradi;

uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun moddiy-texnika resurslari jamg’armasining egasi bo’ladi;

o’z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

3. «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi qaramog’idan beriladigan «Paxtasanoat» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Markaziy loyihalash konstruktorlik byurosi, Markaziy nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi va tugatilgan «O’zpaxtasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasining Toshkentdagi kadrlar tayyorlash kursi negizida Respublika paxta tozalash sanoati ilmiy markazi tashkil etilsin.

4. «O’zpaxtasanoatsotish» uyushmasiga:

uyushmaning paxta va kanopni qayta ishlovchi korxonalari orqali respublikada yetishtiriladigan paxta va kanopni xarid qilish;

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan miqdor asosida respublikadagi va undan tashqaridagi iste’molchilarga paxta tolasi yetkazib berish uchun shartnomalar tuzish;

mahsulotni o’z muddatida va belgilangan hajmda joylarga, shuningdek eksport bitimlari asosida tashib berish to’g’risida yuk jo’natuvchi korxonalarning buyurtmalarini bajarish yuzasidan transport tashkilotlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish (bunda tashib beriladigan mahsulot hajmi mahsulot yetkazib beruvchilarning respublika bozoriga va Hamdo’stlik mamlakatlariga mahsulot yetkazib berishga oid shartnomalardagi majburiyatlariga muvofiq belgilanadi);

qancha paxta mahsuloti va kanop tolasi ishlab chiqarilganligi, yetkazib berilganligi va qancha qolganligi to’g’risida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va xo’jaliklardan belgilangan statistika hisoboti olib turish;

paxta va kanopni qabul qilib olish, quritish, tozalash, tashish, saqlash va qayta ishlash, tozalangan paxta mahsulotini sotish masalalariga, davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasi yetkazib berishga oid hisob-kitoblarga doir uslubiy, yo’riqnoma va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash (bu hujjatlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublika hududidagi barcha korxonalar va tashkilotlarning ijro etishi uchun majburiydir);

belgilangan tartibda, jumladan xorijiy sarmoya yordamida qo’shma korxonalar tashkil etish, paxtani qayta ishlash va undan tayyorlangan mahsulotlarni jahon bozorida sotishni ta’minlovchi xalqaro kompaniyalarga a’zo bo’lish, kooperatsiya tartibda ular bilan uyushma bo’linmalari uskunalari texnika parkini yangilash;

tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrida xalqaro paxta birjasini tashkil etish va uning faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtirish huquqi berilsin.

5. «O’zdavpaxtasanoatsotish» davlat-aktsionerlik uyushmasi boshqaruvining yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, mehnatga haq to’lash jamg’armalarini va tizimini, xodimlari moddiy rag’batlantirish shartlarini belgilaydi. Uyushma boshqaruv apparatining tuzilmasi 1-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.

«O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasiga boshqaruv apparatining eng ko’p miqdorini 200 kishidan (xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bu hisobga kirmaydi) iborat qilib belgilash, raisning 3 nafar o’rinbosarga, jumladan bir nafar birinchi o’rinbosarga ega bo’lishga ruxsat etilsin. Uyushma boshqaruvining raisi va uning o’rinbosarlari uyushma Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Uyushma boshqaruvining raisi o’z maqomiga, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko’rsatish sharoitlariga ko’ra respublika vaziriga, raisning birinchi o’rinbosari — vazirning birinchi o’rinbosariga, rais o’rinbosarlari — vazir o’rinbosarlariga tenglashtirilsin.

6. «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi bir oy muddat ichida o’zining Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. Paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari ta’sis etilgunga qadar «O’zpaxtasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasining qayta tashkil etilgan viloyat ishlab chiqarish birlashmasi va «O’zboshengilta’minotsotish» boshqarmasining ta’minot-sotish boshqarmalari rahbarlari zimmasiga ilgari yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish ularning zimmasida saqlab qolinsin.

8. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi hamda paxta tozalash sanoatining qayta tashkil qilingan viloyat birlashmalari va boshqarmalari, korxonalari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi va «O’zboshengilta’minotsotish» boshqarmasi tizimidan o’tkaziladigan boshqa bo’linmalar rahbarlari bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalarini tashkil etishga oid tadbirlarni amalga oshirsin.

9. Paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlarini yetkazib beruvchi hududiy davlat-aktsionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo’yilsinki:

hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil topib, paxta tozalash va kanop zavodlari, davlat nomidan ish ko’ruvchi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’zbekiston Davlat mulki jamg’armasi, shuningdek respublikaning paxta va kanop ekuvchi manfaatdor xo’jaliklari va to’qimachilik korxonalari uning ishtirokchilari hisoblanadi;

ta’sis paytida hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalarining ustav jamg’armasi birlashmalarning davlat tasarrufidan chiqarilgan viloyat paxta omborlari, mexanika ustaxonalari, transport-ekspeditsiya bazalari va boshqa yordamchi korxonalarining mulkidan tashkil topadi;

hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari aktsiyalarining nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlanadi va belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg’armasiga o’tkaziladi.

10. Paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari zimmasiga:

paxta xarid qilish uchun paxtakor xo’jaliklar bilan o’z vaqtida shartnomalar tuzish, paxta uchun o’zaro hisob-kitoblar qilish, urug’lik chigit tayyorlash va xo’jaliklarni urug’lik bilan ta’minlash;

paxtaga dastlabki ishlov beradigan texnika va texnologiyani takomillashtirish, amaldagi andozalarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, xom ashyo me’yoridan ortiq chiqitga chiqishiga yo’l qo’ymaslik hamda xom ashyo va tayyor mahsulotning saqlanishiga oid tadbirlar o’tkazish;

«O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi bergan topshiriqlarga ko’ra iste’molchilarni paxta zavodlariga biriktirib qo’yish hamda belgilangan turda va muddatda topshiriqlarni bajarish;

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tartibga muvofiq mustaqil ravishda sotish uchun xo’jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi hajmini belgilash vazifalari yuklatilsin.



Oldingi tahrirga qarang.

(11-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 30 iyundagi 272-sonli qarori bilan o’z kuchini yo’qotgan)

12. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg’armasi:

Oldingi tahrirga qarang.

(12-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 17 dekabrdagi 525-sonli qarori bilan o’z kuchini yo’qotgan)

«O’zdavpaxtasanoatsotish» davlat-aktsionerlik uyushmasi boshqaruviga paxta xarid qiluvchi, uni qayta ishlovchi va paxta mahsulotlari yetkazib beruvchi davlat-aktsionerlik birlashmalari faoliyatini davlatga qarashli aktsiyalarga muvofiq boshqarish huquqlari berishni;

hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalarining boshqaruvlariga aktsionerlik jamiyatlariga aylantirilgan paxtani qayta ishlovchi va lub korxonalarining faoliyatiga davlatga qarashli aktsiyalar ulushiga muvofiq rahbarlik qilishga doir huquqlar berishni joriy etsin.

13. «O’zistiqbolstat» davlat qo’mitasi «O’zdavpaxtvsanoatsotish» uyushmasi bilan birgalikda 20 kun muddat ichida paxta tolasi yetkazib berish bo’yicha respublikalararo va eksport uchun tola yetkazib berishni o’z ichiga olgan statistika hisobotining yagona shaklini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

14. «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasining boshqaruv apparati Toshkent shahrining SHota Rustaveli ko’chasidagi 8-a-ma’muriy binoda, ya’ni hozirgi vaqtda «O’zboshengilta’minotsotish» boshqarmasi va «O’zpaxtasanoatsotish» respublika ishlab chiqarish birlashmasi egallab turgan xonalarda joylashtirilsin.

15. O’zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1990 yil 11 iyundagi 227-son, 1990 yil 13 iyuldagi 259-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 4 sentyabrdagi 184-son farmoyishi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining Birinchi o’rinbosari o’rtoq I.H. Jo’rabekov zimmasiga yuklatilsin.

Qarorning qanday bajarilayotganligi 1992 yil dekabr oyida ko’rib chiqilsin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992 yil 10 noyabr,

517-son


Vazirlar Mahkamasining 
1992 yil 10 noyabrdagi 517-son qaroriga 
1-ILOVA

O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish («O’zdavpaxtasanoatsotish») davlat-aktsionerlik uyushmasi boshqaruv apparatining 
TUZILMASI

1. Rahbariyat

2. Tayyorlash boshqarmasi

3. Mahsulot yetkazib berish boshqarmasi

4. Iqtisodiy tahlil va tijorat boshqarmasi

5. Moliya boshqarmasi

6. Hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi

7. Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi

8. Standartlash va sifat bo’limi

9. Moddiy-texnika ta’minoti bo’limi

10. Mehnatni muhofaza qilish va yong’in xavfsizligi bo’limi

11. Kapital qurilish bo’limi

12. Uyushma bazasini rivojlantirish bo’limi

13. Xalq iste’mol mollari va yordamchi xo’jalik bo’limi

14. Birinchi va ikkinchi bo’lim

15. Kadrlar bo’limi

16. Hakamlik sudi bo’lgan yuridik bo’lim

17. Rahbariyat huzuridagi kotibiyat

18. Ishlar boshqarmasi

Vazirlar Mahkamasining 


1992 yil 10 noyabrdagi 517-son qaroriga 
2-ILOVA

Paxta xarid qilish, uni qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish hududiy davlat-aktsionerlik birlashmalari tarkibiga kiruvchi korxonalar
RO’YXATI

1. Qoraqalpog’iston davlat-aktsionerlik birlashmasi

Mang’it paxta zavodi

Xo’jayli paxta zavodi

CHimboy paxta zavodi

Beruniy paxta zavodi

Qo’ng’irot paxta zavodi

To’rtko’l paxta zavodi

Viloyat mexanika ustaxonalari

Taxiatosh moddiy-texnika ta’minoti firmasi

2. Andijon davlat-aktsionerlik birlashmasi

Andijondagi 1-paxta zavodi

Andijondagi Z-paxta zavodi

Qo’rg’ontepa paxta zavodi

Qo’qonqishloq paxta zavodi

Asakadagi 1-paxta zavodi

Asakadagi 2-paxta zavodi

SHahrixon paxta zavodi

Boytoq paxta zavodi

So’fiqishloq paxta zavodi

Bo’z paxta zavodi

CHinobod paxta zavodi

Xo’jaobod paxta zavodi

Boytoq viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Kuyganyor moddiy-texnika ta’minoti firmasi

Xarabek paxtani saqlash bazasi

Oqoltin paxta zavodi

3. Buxoro davlat-aktsionerlik birlashmasi

Kogon paxta zavodi

Buxoro paxta zavodi

Qorako’l paxta zavodi

Fijduvon paxta zavodi

Peshku paxta zavodi

SHofirkon paxta zavodi

Buxoro viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Buxoro paxtani saqlash bazasi

4. Jizzax davlat-aktsionerlik birlashmasi

Jizzax paxta zavodi

Paxtakor paxta zavodi

Erjar paxta zavodi

Do’stlik paxta zavodi

Uchtepa paxta zavodi

Akmal Ikromov paxta zavodi

Ulyanov paxta zavodi

Oktyabr paxta zavodi

Jizzax viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Jizzax paxtani saqlash bazasi

5. Qashqadaryo davlat-aktsionerlik birlashmasi

SHahrisabz paxta zavodi

Qarshi paxta zavodi

Yakkabog’ paxta zavodi

Guzor paxta zavodi

Kosondagi 1 paxta zavodi

Kosondagi 2-paxta zavodi

CHiroqchi paxta zavodi

Ulyanov paxta zavodi

Beshkent paxta zavodi

Nishon paxta zavodi

Jeynov paxta zavodi

Qarshi viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Nishon paxtani saqlash bazasi

Yakkabog’ paxtani saqlash bazasi

Qamashi paxtani saqlash bazasi

6. Navoiy davlat-aktsionerlik birlashmasi

Navoiy paxta zavodi

Xatirchi paxta zavodi

Qiziltepa paxta zavodi

7. Namangan davlat-aktsionerlik birlashmasi

Namangandagi 3-paxta zavodi

Norin paxta zavodi

Uchqo’rg’on paxta zavodi

CHust paxta zavodi

Ko’gay paxta zavodi

Gulbaxt paxta zavodi

Pop paxta zavodi

CHortoq paxta zavodi

Toshbuloq paxta zavodi

Kosonsoy paxta zavodi

Uychi noto’qima materiallar fabrikasi

CHortoq viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Namangan moddiy-texnika ta’minoti firmasi

CHust paxtani saqlash bazasi

8. Samarqand davlat-aktsionerlik birlashmasi

Kattaqo’rg’on paxta zavodi

Zirabuloq paxta zavodi

Jomboy paxta zavodi

Juma paxta zavodi

CHelak paxta zavodi

Ulug’bek paxta zavodi

Ziyodin paxta zavodi

Yangiqo’rg’on paxta zavodi

Miton paxta zavodi

Juma viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

9. Surxondaryo davlat-aktsionerlik birlashmasi

Denov paxta zavodi

Termiz paxta zavodi

Xayrobod paxta zavodi

Uzun paxta zavodi

SHo’rchi paxta zavodi

Jarqo’rg’on paxta zavodi

Komsomolobod paxta zavodi

Leninyo’li paxta zavodi

SHurchi viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Gagarin moddiy-texnika ta’minoti firmasi

10. Sirdaryo davlat-aktsionerlik birlashmasi

Guliston paxta zavodi

Boyovut paxta zavodi

Baxt paxta zavodi

Malik paxta zavodi

SH. Rashidov paxta zavodi

Volkov paxta zavodi

Turon paxta zavod

Sardoba paxta zavodi

Sayhun paxta zavodi

Oqoltin paxta zavodi

Baxt viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Oqoltin paxtani saqlash bazasi

11. Toshkent davlat-aktsionerlik birlashmasi

Alimkent paxta zavod

Yangiyo’l paxta zavodi

CHinoz paxta zavodi

Oqo’rg’on paxta zavodi

Piskent paxta zavodi

Bo’ka paxta zavodi

O’zbekiston besh yilligi paxta zavodi

O’zbekiston paxta zavodi

Xalqobod viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Kuchlik paxtani saqlash bazasi

Kuchlik moddiy-texnika ta’minoti firmasi

12. Farg’ona davlat-aktsionerlik birlashmasi

Quva paxta zavodi

Toshloq paxta zavodi

Farg’ona paxta zavodi

Qo’qondagi 1-paxta zavodi

Qo’qondagi 2-paxta zavodi

O’zbekiston paxta zavodi

Oltiariq paxta zavodi

Kirov paxta zavodi

Farg’ona viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Qo’qon paxtani saqlash bazasi

13. Xorazm davlat-aktsionerlik birlashmasi

Urganch paxta zavodi

Gurlan paxta zavodi

Xonqa paxta zavodi

Xiva paxta zavodi

Hazorasp paxta zavodi

SHovot paxta zavodi

Yangiariq paxta zavodi

Yangibozor paxta zavodi

Bog’ot paxta zavodi

Qo’shko’pir paxta zavodi

Xonqa viloyat tuzatish-mexanika ustaxonalari

Urganch paxtani saqlash bazasi

14. Lub sanoati korxonalarining Toshkentdagi davlat-aktsionerlik birlashmasi

Yangihayot lub zavodi

Qo’rg’oncha lub zavodi

Uyali lub zavodi:

Gul lub zavodi

Novomixaylov lub zavodi

Jumabozor lub zavodi

CHiyratma buyumlar fabrikasi

Piskent kanop fabrikasi

Soldatskoe tajriba mexanika zavodi

Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 10 noyabrdagi 517-sonqaroriga 


3-ILOVA

Hududiy davlat-aktsionerlik birlashmasining
NAMUNAVIY TUZILISHI

http://www.lex.uz/pages/getpdf.aspx?file=510612

Birlashmaning taxminiy soni:

1. Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo birlashmalari — 50 — 55 kishi



2. Qoraqalpog’iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Toshkent lub sanoati, Farg’ona, Xorazm birlashmalari — 40 — 45 kishi

3. Navoiy birlashmasi — 30 — 35 kishi
Download 67,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish