142. Sug’urta bozori statistikasining predmeti va vazifalari.
Sug’urta statistikasi o’rganish predmeti va ob’ektiga muvofiq quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Sug’urta kompaniyalarini statistik hisobot shakllari bilan ta’minlash;
- Sug’urta ishi haqida ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlashni tashkil etish;
- To’plangan ma’lumotlarni tartibga solish (guruhlash, svodkalash, jadvallar, grafiklar);
- Ixtiyoriy (shaxsiy mol-mulkni, javogarlikni) va majburiy sug’urta ko’rsatkichlarini va tarif stavkalarini hisoblash va tahlil qilish;
- Sug’urta kompaniyalarining iqtisodiy-moliyaviy ko’rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish;
- Statistik ko’rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish bo’yicha statistik metodologiyani takomillashtirish.
Sug’urta statistikasining muhim vazifalaridan biri, aktuar matematikada modellar bo’yicha hisoblangan standart natijalarni (risklarni baholash; risklarni har biri bo’yicha va barchasi uchun birgalikda ko’rilgan zararni hisoblash; sug’urta hodisasining chastotasini baholash va h.k.) integratsiya qilish hisoblanadi.
143. Mol-mulkni sug’urtalash statistikasining ko’rsatkichlari,
Mol-mulkni sug’urtalashning asosiy mutloq ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: sug’urta maydoni (N max), sug’urtalangan ob’ektlar soni (tuzilgan shartnomalar soni) - N, sug’urta xodisalari soni (Ps), talofot ko’rgan ob’ektlar soni (Pp), sug’urtalangan mol-mulkning sug’urtalash summasi (S), talofot ko’rgan ob’ektlarning sug’urtalash summasi (Sn), sug’urtaviy qoplashning to’lov summasi (W), sug’urta to’lovlarining kelib tushgan summasi (V).
Mol-mulkni sug’urtalashning umumlashgan ko’rsatkichlari quyidagicha hisoblanadi:
144. Sug’urtalashning tarif stavkalari statistikasi.
Tarif stavkasi (sug’urta tarifi) sug’urtalash summasi yoki sug’urtalash ob’ekti birligidan olinadigan sug’urtalash badali normasini anglatadi. Uni sug’urta himoyasining bahosi deb ham atashadi. Mol-mulk sug’urtasida stavka normasi yillik sug’urta summasining har 100 so’midan olinadigan badal hisoblanadi. Shuningdek tarif jami sug’urta summasidan olinadigan foiz stavkasi ham bo’lishi mumkin.
Sug’urta tarifi netto-stavkadan (sug’urta mukofoti) va brutto-stavkadan tashkil topadi. Netto-stavka sug’urta fondini shakllantirish va sug’urta qoplovlarini to’lash uchun mo’ljallangan. U sug’urta badallarining asosiy qismi hisoblanadi (90 foizgacha). Brutto-stavka - bu netto-stavkaga qo’shimcha (yuklama) bo’lib, u o’z ichiga ma’muriy-xo’jalik sarflari va foydani oladi. Sug’urtalash ob’ekti turiga qarab, xududiy qo’shimcha 8 foizdan 40 foizgacha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |