60
OSI
modeli faqat operasion tizim, tizim utilitlari va tizim apparat vositalari
ishlatadigan o‟zaro aloqa tizimi vositalarini bayon etadi. Model kompyuterning
o‟zida tizim vositalari asosida har xil o‟zaro ishlash protokollariga ega bo‟lishi
mumkin bo‟lgan oxirgi foydalanuvchilarning amaliy masalalarni o‟zaro ishlash
vositalariga ega emas. Aynan, dasturchilar uchun amaliy dasturiy interfeys
(Application Program Interface, API) taqdim etiladi.
A bog‟lama (1-nchi kompyuter) va V bog‟lama (2-nchi kompyuter) orasida
o‟zaro ishlash qoidalarini ko‟rib chiqamiz.
1-nchi kompyuterning A holati amaliy pog‟onaga (7) so‟rov bilan, masalan,
faylli xizmatga (TCP/IP stekdagi FTP protokol) murojaat qiladi. Bu so‟rov
asosida
amaliy pog‟onaning dasturiy ta‟minoti standart formatdagi xabarni shakllantiradi va
uni keyingi past taqdim etish (6) pog‟onasiga yo‟naltiradi. Taqdim etish protokoli 7
pog‟ona xabari sarlavhasidan olingan axborot asosida talab qilingan harakatlarni
bajaradi va olingan xabarga o‟zining xizmat axboroti-taqdim etish pog‟onasi
sarlavhasini qo‟shadi, unda V mashinaning (2-nchi kompyuteri) 6 taqdim etish
pog‟onasi protokoli uchun ko‟rsatma mavjud. Natijada olingan xabar past 5
seans
pog‟onasiga uzatiladi, u o‟z navbatida 6 pog‟ona ko‟rsatmasini bajaradi va xabarga
o‟zining sarlavhasini qo‟shadi (protokollarni ba‟zi ishlatilishlarida barcha
pog‟onalarga sarlavhadan tashqari, tugash bitlari ham qo‟shiladi).
Xabar eng past
fizik pog‟onaga yetganda, u aloqa liniyadan manzil bo‟yicha kompyuterga xabar
uzatadi. Bu momentga kelib xabar barcha pog‟onalar sarlavhalariga ega bo‟ladi.
Fizik pog‟ona apparaturasi xabarni 1-nchi kompyuterning chiqish interfeysiga
joylashtiradi va u aloqa kanali bo‟yicha 2-nchi kompyuterga jo‟natiladi. 2-nchi
kompyuter o‟zining fizik pog‟onasiga olib, uni 2-nchi yuqori pog‟onaga
va keyin
barcha pog‟onalarga o‟tkazadi. Har bir pog‟ona o‟z pog‟onasining sarlavhasini tahlil
qiladi va qayta ishlaydi, mos vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi,
bu sarlavhani
chiqarib tashlaydi va yuqorida joylashgan pog‟onaga xabarni uzatadi. Jarayon teskari
tartibda boradi, jo‟natish manzili kompyuter xabarlarini jo‟natuvchi kompyuter
o‟xshash pog‟onalaridagi kabi harakat iyerarxiyasining har bir qadamida zarur.
Shunday qilib, har bir o‟zaro ishlaydigan kompyuterlarning bitta pog‟onalari
to‟g‟ridan – to‟g‟ri ishlamaydi, ular pastdagi pog‟onalar
protokollari orqali aloqa
qiladi. Aloqa kanali bo‟yicha to‟g‟ridan – to‟g‟ri faqat fizik pog‟onalar o‟zaro
ishlaydilar.
Uzatiladigan ma‟lumotlarning protokol birliklariga (Protocol Data Unit, PDU)
xabar, paket, deytagramma, segmentlar kiradi.