Yarim muftalarning uchki yuzalarida uchburchak, trapetsiyasimon yoki to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklidagi kulachoklar bor, ular ish vaziyatida ilashadilar.
Tishli ilashish muftasi tishli kompensatsiyalovchi muftaga o‘xshaydi, biroq uning
tashqi oboymasi qo‘zg‘aladigan qilib yasaladi.
Friksion muftalar turln burchak tezliklari bilan aylanadigan
tashqi vallarni ravon
ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Ish yuzasining shakliga qarab bu muftalar diskli (bir va
ko‘p diskli, 1.27-rasm, б), konusli (yakka yoki qo‘sh konusli, 1.27-rasm, в) va silindrik
(kolodkali, lentali, pnevmokamerali va hokazo, 1.27-rasm, г) muftalarga bo‘linadi. Vallar
qo‘zgalmas 1 va qo‘zg‘aluvchan 2 yarim muftalarning ish yuzalarn orasida hosil bo‘ladigan
ishqalanish kuchi hisobiga ulanadi. O‘ta yuklanishda yarim
muftalar orasida biroz
shataksirash yuz berishi mumkin, shu tufayli ulardan saqlagich qurilma sifatida foydalanish
mumkin. Muftalarning ilashish yuzalari toblangan po‘latdan, cho‘yandan, tekstolit va
metall-keramikadan tayyorlanadi. Muftalarni moylab qo‘yish mumkin, shunda ish
yuzalarining yeyilishi kamayadi va ularning yuk ostida ajrashi yaxshilanadi.
Muftalar moylamasdan ishlatilsa, yarim muftalardan birining
ish yuzasi metall- keramika
yoki ishqalanish koeffitsienti yuqori ( = 0 , 3 ... 0,4) bo‘lgan asbest asosida tayyorlangan
friksion ustquymalar bilan qoplanadi. Bu muftalarning kamchiligi ular normal ishlashi
uchun siqib turuvchi katta kuch talab qilinishidir.
1.28-rasm. Tasmasimon muftalar.
1.29-rasm. Pnevmokamerali muftalar.
Qurilish mashinalari mexanizmlarini qo‘shish va ajratish uchun maxsus
tasmasimon va pnevmokamerali friksion muftalar
qo‘llaniladi. tasmasimon muftalardan
chig‘irlarning barabanlarini qo‘shishda foydalaniladi. Bunday muftalarning asosiy qismlari
po‘lat tasma va unga mahkamlangan friksion ustquymadan iborat. Ustquyma friksion
shkivning ichkarisida yoki tashqarisida joylashgan bo‘ladi.
Tashqi turdagi tasmasimon
muftalarda (1.28-rasm) shkiv 7 chig‘irning barabani 8 bilan bikir qilib birlashtirilgan bo‘lib,
tashqi tomondan friksion ustquymali lenta 3 bilan qamrab olinadi. Baraban dvigateldan
harakat oladigan val 9 da erkin aylanadi.
Lentaning bir uchi valga qimirlamaydigan qilib o‘rnatilgan krestovina 2 ga sharnirli
qilib biriktirilgan, ikkinchi uchi esa ikki yelkali richag 4 bilan biriktirilgan, bu richagni
krestovinaga nisbatan bir harakatli gidravlik yoki pnevmatik silindr 6 buradi.
Silindrga
truboprovod 1 dan siqilgan havo yoki moy berilganida silindrning shtoki buradigan richag
lentani shkivga nisbatan tortadi va ishqalanish kuchi ta’sirida krestovina bilan birga chig‘ir
barabani aylana boshlaydi. Qaytaruvchi prujina 5 silindrdagi bosimni tushirganda richag o‘z
o‘rniga qaytadi va mufta uziladi.
Pnevmokamerali friksion muftalar cho‘mich (yuk)ning ko‘tarilishi, bir cho‘michli
qurilish ekskavatorlari va strelali o‘zi yurar kranlarning strelasi va revers mexanizmlarini
boshqarish, chuqur qaziydigan ekskavatorlarning ish organi yuritmasini ishga tushirish
uchun qo‘llaniladi. Pnevmokamerali muftaning (1.29- rasm)
asosiy qismi rezina va
mustahkamlovchi to‘qima qistirmalardan yasalgan pnevmokamera 7 dir. Pnevmokamera
oboyma 6 ning novi ichiga o‘rnatilgan oboymaning gupchagi val 10 ga qimirlamaydigan
qilib mahkamlangan. Xuddi shu valda chig‘irning barabani 1 erkin aylanadi,
bu baraban
muftaning shkivi 2 bilan yaxlit qilib ishlangan. Pnevmokamera kompressor bilan havo yo‘li
8 va valda joylashgan aylanuvchi qurilma orqali tutashtirilgan. 0,5...0,7 MPa bosim bilan
siqilgan havo berilganida pnevmokamera kengayadi va kolodka 5 ni friksion ustquymalari 3
bilan birgalikda shkivning ichki yuzasiga siqadi, shkiv burovchi momentni chig‘ir
barabaniga uzatadi. Mufta uzilganida kolodkalar avvalgi joyiga plastinka prujinalar 4
ta’sirida qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: