1-2- ma’ruza. Mashina detallari va ish jihozlari



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana28.03.2022
Hajmi1,76 Mb.
#514563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1-2-Ma'ruza

1.7.
 
Vazifasi bo‘yicha po‘lat arqonlar yuk-odam ko‘tarish (GL-грузолбдскиe) va 
yuk ko‘tarish (G-грузовью) kanatlariga bo‘linadi. Kanatlar bir o‘rimli (1.16- rasm, a), ikki 
o‘rimli (1.27-rasm, б) va uch o‘rimli bo‘ladi. Bir o‘rimli kanatlar spiral bo‘ylab o‘rilgan 
alohida simlardan tayyorlanadi. Qo‘shaloq o‘rimli kanatlar organik yoki metall o‘zakka 
o‘rish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uch o‘rimli kanatlarda o‘rimlar sifatida kichik diametrli ikki 


o‘rimli kanatlardan foydalaniladi. 
Qurilish mashinalarida po‘lat arqonlarning shartli belgilari ularni pasportlariga 
yozib qo‘yiladi. Masalan: minorali kranni yuk kanati quyidagicha 24.0-G-1 -L-0-N-
180(GOST-2689-89) belgilangan. 
Bu degani: kanat diametri 24, G-yuk uchun mo‘ljallangan; O-bir tomonlama 
o‘rimli; N-chuvalmaydi; 18 Mpa - uzilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi (2.1- rasm). 
Metallmas kanatlar kanop, paxta, asbest, sintetik (polipropilen, kapron) 
materiallardan tayyorlanadi. Ular asosan stroplar tayyorlash hamda yuklarni ko‘tarishda 
ularni qamrash va yuk ko‘tarish mashinalarini yig‘ishda ishlatiladi. Kanop kanatlar asosan 
o‘zaro qarama-qarshi o‘rilgan uchta toladan iborat bo‘lib, smola shimdirilgan bo‘ladi. 
Kanat po‘lat arqonni turi va diametri (mm) uzuvchi kuch, uzilishga bo‘lgan 
zo‘riqish orqali GOST jadvallaridan tanlab olinadi. 
Л 
Smola shimdirilmagan kanatlar uchun [a]
uz
100 kg/sm yoki smola 
Л 
shimdirilgan kanatlar uchun [a]
uz
= 90 kg/sm [9MPa]. 
Po‘lat arqonlar, mashina uzellari va ko‘tariladigan yuklarni ko‘tarish paytda turli 
usullarda bog‘lanadi. Kanatlarning yuk qamrovchi moslamalari bilan bog‘lanishnning asosiy 
turi kanatlarning uchlarida hosil qilinadigan sirtmoqlardir. Sirtmoqlarning o‘lchami 
kanatning yoki stropning vaznfasiga borliq. Po‘lat arqonlarning keskin bukilishidan va 
yoyilishidan saqlash uchun sirtmoq ichiga metall saqlagich koushlar 
1
(1.17- rasm, 
a)
o‘rnatiladi, ularning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Sirtmoqlar mahkamlanish turi bo‘yicha 
ajraladigan (1.17- rasm, 
a, б)
va ajralmaydigan bo‘ladi. Ajralmaydigan sirtmoqlar turli 
konstruksiyadagi qisqichlar 
2
(1.17-rasm, д) bilan mahkamlanadi. Ajralmaydigan sirtmoqlar 
siquvchi gilza 
3
yordamida (1.17-rasm, в), kanatning o‘rilgan uchiga oson eriydigan metallni 
gilza 
4
ichiga quyib (1.17- rasm, г) tayyorlanadi. 
Donali yuklarni yoki maxsus yuk qamrash moslamalarini kanatlarga ilish uchun bir 
shoxli (1.18-rasm, 
a, в)
va ikki shoxli (1.18-rasm, б) ilmoqlar va yuk sirtmoqlari (1.18-rasm, 
г)
xizmat qiladi. Bular yumshoq po‘latdan bolg‘alab yoki shtamplab tayyorlanadi. 


1.17- rasm. Po‘lat kanatlarning uchlarini mahkamlash sxemasi. 
1.18-rasm. Ilgak va sirtmoqlar. 
Yuklarni ilmoqlar va sirtmoqlarga ilish uchun kanat stroplari qo‘llaniladi. Stroplar 
quyidagilarga bo‘linadi: universal xalqasimon strop ( 1.19- rasm, a); ikki tomonda xalqasi 
bo‘lgan universal strop yoki bir tomonda halqa ikkinchi tomonda ilmog‘i bo‘lgan strop 
(1.19-rasm, 
б, в
); hamda 2...8 gacha yakka stroplardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli stroplar 
(1.19- rasm, г), to‘g‘ri yengillashtprlgan stroplarga bo‘linadi. 
1.19-rasm.Strop va traversalar. 
Stroplarni uzunliklari turlicha bo‘lishi mumkin. Halqali tortqich 10 m gacha, to‘g‘ri 
yengillashtirilgan strop 2,5 dan 5 m gacha va ko‘p shoxobchaligi 2,6 dan 8 m gacha bo‘lishi 
mumkin. 


Katta o‘lchamga va uzunlikka ega bo‘lgan elementlarni ko‘tarish va ularni siljltish 
uchun turli traversalar ishlatiladi, ular qurilish konstruksiyalarini ko‘p shoxobchali 
stroplarda ko‘tarilganda hosil bo‘ladigan siquvchi kuchlar ta’siridan saqlash uchun xizmat 
qiladi. Ular ilmoqlari yoki stroplari naysimon yoki qutisimon tuzilishdagi metall to‘singa 
mahkamlangan oddiy traversalarga (1.19-rasm, 
ж)
va 
kanat to‘sin bilan sharnirli qilib birlashtirilgan blok bo‘yicha siljiy oladigan balansirli va 
universal (1.19- rasm, 
д, e)
traversalarga bo‘linadi. 
Ilmoklar, karabinlar, yarim avtomatik qulflar va turlicha tuzilishdagi qamragichlar 
stroplarning yuk qamrash organlaridir. Dumaloq kesimli po‘latdan tayyorlangan doiraviy, 
uchburchak va oval halqalar, shuningdek skoba va yuk xalqalari stroplarning maxsus o‘tish 
elementlaridir. Yuklarni ko‘tarishda ularni bog‘lash va kanatlarga biriktirish uchun turli-
tuman kanat tugunlari ishlab chiqilgan. Maxsus qamragichlarga qisqichli, ekssentrik va 
vakuumli qamragichlar, elektromagnitlar, bir va ikki kanatli greyferlar va boshqalar kiradi. 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish