1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


O`z-o`zini tekshirish uchun savollar



Download 0,69 Mb.
bet49/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

O`z-o`zini tekshirish uchun savollar.
1. Kichik guruhda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish bo`yicha ishlar qanday olib boriladi.

2. O`rta guruhda fazoviy tasavvurlarni shaklanntirish bo`yicha ishlarni aytib bering.

3. Katta guruhda fazoviy tasavvurlarni shaklanntirish bo`yicha ishlarni aytib bering

4. Tayorlov guruhda fazoviy tasavvurlarni shaklanntirish bo`yicha ishlarni aytib bering


17 – Mavzu: Vaqt va shakl haqidagi tasavvurini shakllantirish

REJA:
1. Kichik guruhda vaqt tasavvurlarini shakllantirish metodikasi.

2. O`rta guruhda vaqt tasavvurlarini shakllantirish jarayoni.

3. Katta va tayyorlov guruhlarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish

4. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

Kichik guruhda bolalarning kunduzi, kechasi kabi vaqt oraliqlari haqdagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini kichkintoylar o`z faoliyatlari mazmunining uzgarishiga ham shu vaqt oraligida o`z atroflarida bulgan katta yoshdagi kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.

Aniq kundalik tartib, bolalarning uyqudan turishi, ertalabki gimnastika, nopushta, mashg`ulot vaqtlari qathiy belgilab quyilganligi va hokazolar sutkaning bo`laklari haqida tasavvur xosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi.

Pedagog vaqt bo`lagining nomini aytadi va bolalarning shu vaqdga mos bo`lgan faoliyat turlarini sanab chiqdtsi. «Hozir ertalab, biz gimnastika qildiq yuvindiq endi esa nonushta qilamiz». Yoki «Biz allaqachon nopushta qdlib bo`ldiq shugullannib ham bo`ldik. Hozir kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni yeymiz».

Masalan, boladan quyidagilar so`raladi: «Hozir ertalab. Sen erta bilan nima qilasan?» va shu kabilar.

Kun davomida bolalar bilan birgalikda sutka bo`laklaridan kunduzi va kechasi bolalar va kattalarning faoliyati va tabiat hodisalari tasvirlanadigan rasmlar ko`rib chiqiladi.

Rasmlar shunday bo`lishi kerakki, ularda vaqtping mazkur bo`lagi uchun xarakterli bo`lgan belgilar aniq ko`rinib tursin. Pedagog rasmda tasvirlangan bolalar (kattalar) nima ish qilayotganliklarini va bu harakat qaysi vaqtda bajarilayotgagshigini aytadi. U bolalarga savollar beradi: «Sen erta bilan nima qilding? Kunduzichi?». Yoki: «Sen qachon o`ynaysan? Qay vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?» Keyin bolalar, masalan, kunduzi yoki kechqurun kattalar yoki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oladilar. SHuningdeq vaqt haqidagi tasavvurlarni tabiat hodisalariga bog`lab olib borish yaxshi natijalar beradi. Masalan, pedagog kunduzi quyosh yorqin nur sochishi, kechasi esya qorongu bo`lishini, uylarda elektr lampochkalari yonishi, kechasi hamma uxlashini tahkidlaydi va bolalar bu so`zlarniig aniq mazmunini tuo’unib oladilar, ularga emotsional rang beriladi. Bolalar o`z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar sutka bo`laklarini anglashda qiynaladilar, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar, pomlarini esdan chiqdrib yuboradilar.

Maktabgacha yoshdagi aqdi zaif bolalar vaqt o`lchov birliklari haqdda aniq tasavvurga ega emaslar.

Maktabgacha yoshdagi aqdi zaif bolalarning ayrimlari sutka bo`laklarini almashtirib yuboradilar, yahni kundan so`ng darrov tun keladi, tundan keyin bo`lsa, kun boshlanadi, deb hisoblaydilar. SHuning uchun sutka bo`laklarining tartibini hamda ularning o`rpi almashishini ko`rgazmalarda va didaktik materiallarda ko`rsatish va mustaxkamlash muhimdir. Buning uchun sutka soatidan foydalansh mumkin.

Kunduzi, kechasi bitta umumlashtirilgan so`z bilan sutka deb atalishiga o`rganib boradilar.

Kichik guruhdagi singari, o`rta guruhda ham vaqtni bilish bolalarning asosan, kundalik hayotida o`stirib boriladi. Muhimi bu o`rgatishning puxta hissiyot asosida amalga oshirilishidir.

Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga yaqin katta yoshli kishilarning kunduzi, kechasi nima qilishlari bilan bog`lab, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniyqlaydi. SHu bilan birga sutka bo`laklaridan yana biri ertalab haqida tushuncha beradi. Bunda "sutka soatidan" foydalaniladi, unga "ertalab" tushunchasi ham kiritiladi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar yil fasllarining nomini, har bir yil fasliga xos bo`lgan tabiatdagi va ob-havodagi o`zgarishlarni bilsalar-da, biroq o`z bilimlarida qo`llay olmaydilar. Masalan: "Hozir qaysi fasl" degan savolga "Kecha bahor edi, hammayoq erib ketgan edi. Bugun yana qish keldi. Qor yog`di. Qattiq sovuq" deb javob beradilar.

SHuningdek yil fasllarini ketma-ketlikda aytib berishda xam qiyinchiliklarga duch keladilar. Masalan: "qish, kuz, bahor, yoz" deb ularning ketma-ketligini aralashtirib yuboradilar.

Bahzi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar yil fasllarining asosiy belgilarini xam aytib bera olmaydilar, faqat nomi bilan kifoyalanadilar.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga o`rta guruhda tabiatni kuzatish asosida kuz, qish, yoz fasllarining asosiy belgilarini farqlash, ularning nomlarini nutqdarida qo`llashga o`rgatiladi.

Kuz faslida o`simliklar dunyosidagi jiddiy o`zgarishlarga bolalarning diqqati jalb qilinadi. Daraxtlar barglarining sarg`ayishi va qizarishini ko`radilar. Bolalar diqkati kuz kelishi bilan kunlarning sovib borishiga, qushlar uchib ketishiga qaratiladi. Kuzda yomg`ir yog`ishi, yomg`irdan keyin sovuq bo`lishi haqida tushunchalar beriladi.

Qish fasli kelishi bilan qishning asosiy belgilari takrorlanadi, mustaxkamlanadi va kengaytiriladi. Qish faslida ham bolalar diqqatini o`simliklar dunyosiga, ya`ni daraxtlar bargining to`kilganligiga qaratadi. Kunlarning sovishi, kuchli sovuq bo`lganda derazada nakdxtlar paydo bo`lishini kuzatadilar.

Bahor faslida ob-havoning o`zgarishi, kunlarning isib borishi, qorlarning erishini kuzatadilar. Defektolog daraxtlarning kurtak chiqarishi, ayrim daraxtlarning barg chiqarishi, gullashi haqida tushunchalar berib boradi. Issiq mamlakatlardan qaytgan qushlarni kuzatadilar.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga qish fasli kelishi bilan tabiatdagi o`zgarishlar haqida o`rgatiladi. Qish faslining belgilari bilan tanishtirishni aqli zaif bolalarni uchastka bo`yicha sayrdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bolalarga qorning xususiyati, oppoq sovuq haqida tushuncha beriladi.

Qishda sovuq bo`ladi, shuning uchun bolalar va kattalar issiq kiyinishadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tafakkur, xotira, tasavvur kabi bilish qobiliyatlaridagi kamchiliklar berilgan materialni o`zlashtirishga to`sqinlik qiladi. SHu sababli ko`rgazmali qurollardan foydalanish, didaktik o`yinlarni o`tkazish yaxshi natijalar beradi.

Bolalarning sutka haqidagi tasavvurlarini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o`tkazilishi mumkin: avval defektolog bolalardan ular bolalar bog`chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, ertalab bolalar bog`chasida nima qilganliklarini, bolalar bog`chasida kunduzi nima qilishlarini gapirib berishlarini so`raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida nima qilayotganliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. U suhbat oxirida ertalab, kunduzi, kechasi bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi.

Tez-sekin so`zlarining mahnosi aniq misollar bilan ochib beriladi. Tarbiyachi bolalar diqdatini o`yin davomida ular bajarayotgan xarakatlarning tezlik darajasiga jalb etadi ("Poezd sekin yuryaiti, keyin borgan sari tezroq. va tezroq yura boshladi"). Keyinish vaqtida u tez kiyinayotganlarqi maqtaydi, imillab kiyingan bolalarni aybsitadi, sayr vaqtida yayov yurgan kishi bilan velosipedchining, avtomobilg’ bilan poezdnipg, qurt bilan qo`ng`izning harakat tezligini taqkoslaydi.

III o`quv yili

O`quv yilning boshida katta guruh bolalarida ertalab, kunduzi, kechasi kabi vaqt qismlari haqida tasavvurlar mustaxkamlanib hamda chuqurlashtirib boriladi. Sutka qismlarini faqdt bolalar faoliyatining konkret mazmuni va ular atrofidagi kattalar biladigan emas, balki vaqtning obheqtivroq ko`rsatkichlari - tabiat hrdisalari (ertalab quyosh chiqadi, kun yorishadi va hakazo) bilan boglaydi.

Pedagog bolalar bilan ular va ular atrofidagi kattalar kun davomida nima qiladilar ularni qanday izchillikda, q;achon bajaradilar, ertalab kunduzi, kechasi hdqidagi taassurotlari to`grisida su^batlashadi va vaqt tushunchasi haqida mahlumotlar beradi. "sutka soati"ga yana bitta tun tushunchasi kiritiladi.

U bolalarga tegishli shehr va hikoyalarni o`qib beradi. Ko`rsatma materiallar sifatida bolalarning kun davomida xilma-xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasmlardan va fotosuratlardan foydalaniladi: o`rin-ko`rpalarni yigish, ertalabki gimnastika, yuviiish, ertalabki nonushta va ^okazolar. Sutka qismlari haq;ida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o`yinlar, masalan, "Biznipg kun" o`yini yordam beradi.

Bolalar "Aksi" (teskarisi) o`yinini juda yaxshi qo`radilar. Tarbiyachi vaqt mazmuni bilan boshiq bo`lgap so`zni aytadi, bolalar esa kunning boshqd vaqtini belgilovchi so`zni, odatda qarama-qarshi mazmundagi so`zni aytadilar. Masalan, ertalab-kechqurun, kunduzi-tun oz-ko`p va boshqalar.

Mashgulotlardan birida bolalar odamlar so`zlashuvda ishlatadigan kun so`zi biri ikkinchisi bilan almashinib turishini bilib oladilar. SHunday kunlardan yettitasi bir haftani tashkil etadi. Haftaning har bir kuni o`z nomiga ega. Hafta kuplarining izchiligi har doim birdek: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.

Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni bilan boglaydilar (chorshanba kunlari bizda matematika va fizkulg’tura mashgulotlari bo`ladi).

Endilikda bolalar har kuni ertalab dafta kunlarining nomini, shuningdeq kecha haftaning qaysi kupi, ertaga qaysi kuni ekanligini aytadilar.

Matematika mashgulotlarida vaqt-vaqti bilan bolalarga hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin qanday kun kelishini aytish. Pedagog: "Qdysi kunlari raem chizish mashguloti? Muzika mashguloti-chi? CHorshanba kuni q;aerga borgan edik" kabi savollarni almashtirib turadi.

Bolalar tartib bilan sanashni, hdfta kunlarini tartib bilan aytishni o`Rgatib" olganlaridan keyin kunni tartib nomeri bilan boglaydilar.

Hafta kunlarining izchilligi haqidagi bilimlarni mustaxkamlash uchun "Hafta kunlari" so`zli didaktik o`yindan foydalapish mumkin.

Hafta kunlarining almashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o`zgaruvchanligi hdvdda tushuncha hosil bo`lishiga, uning xarakat mazmunini: kun ketidan kun, hdfta ketidan hdfta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.

Maktabgacha yoshdagi aqdi zaif bolalarga to`rt faslning asosiy belgilari bo`yicha topishga va ularni o`z nutqlarida qo`llashga o`rgatildi. Buning }dtun bolalarga "Bu qdysi fasl" "Fasllarni nomla" kabi didaktik o`yinlar taklif qilinadi. Masalan, bolalarga to`rt fasl tasvirlangan rasmlar beriladi. Ular har bir rasmda qdysi fasl tasvirlanganligini, ularning asosiy belgilarini aytib berishadi. Har bir faslni tahriflagan bolalar yil fasllari tasvirlangan rasmlarni ketma-ketlikda qo`yadilar va ularni nomlaydilar. SHuningdeq bolalarga yilning to`rt faslida daraxtlarning ko`rinishi tasvirlangan raem beriladi. Bolalar qdysi faslda daraxtlar shunday ko`rinishda bo`lishini topadilar va fasllar asosida qo`yib, ularni nomlaydilar.

IV o`quv yili

Kichik guruhdan boshlab bolalar vaqtni muljal olishga o`rgatib boriladi. Katta guruhda ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi, hafta kabi vaqt muddatlari daqidagi bilimlar mustadkamlanadi, bolalar esa ularning nomlarini eslab qoladilar.

Vaqt etalonlarini bilish, vaqt munosabatlarini aniqday bilish bolalarga sodir bo`lgan voqealarni, ular o`rtasidagi sabab-oqibat boshanishlarning izchilliginn tushunib olishga yordam beradi.

Vaqtni orentatsiya qila bilish - mustahkam his etish asosida, yahni vaqt muddatini xilma-xil faoliyatni amalga oshirish bilai bogliq hrlda xilma-xil emotsional ko`rinish, shuningdeq tabiat hrdisalarini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatishni aks etish asosida amalga oshirilishi kerak.

Bolalar vaqt o`lchovlari nomini nuqtlarida qanchalik ko`p ishlatsalar shunchalik katta ahamiyat kasb etadi.

Sutka qismlari va ularning davom etish muddati haqidagi bilimlarni mustaxkamlash davom ettiriladi. O`quv yilining boshida bolalar va kattalar kun davomida qachon va qdnday izchillikda, qanday ishlar bilan shugullanishlarini aniqlab olish zarur. Pedagog "Bizning kun" o`yipini o`ynashni taklif etadi.

Bolalar har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan tanishtirib borish, ularga bu kishilarning sutkaning qaysi davrida ishlashlarini aytish foydalidir. Buning uchun bolalarping bevosita kuzatishidan, kitob o`qishdan, shuningdek: "Kim kunduz kuni ishlaydi?" "Kechqurungi sayr", "Tungi sayr" didaktik o`yinlaridap foydalanish mumkin. Bu o`yishsh o`ynayotib bolalar tegishli mazmundagi rasmlarni ta!shaydilar yoki kim sutkaning mahlum soatida: ertalab, kunduzi, kechqurun, tunda ishlashipi aytib beradilar.

"Sutka soati" dan tashqari yana sutka bo`laklarini aniqdash uchun har xil rangdagi doirachalardan belgilar sifatida foydalanish mumkin. Avval bolalarning sutka qismlarining ketma-ketligi haqidagi bilimlari aniqdashtirib olinadi.

SHundan so`ng doirachalar ko`rsatiladi va ular bilan ertalab, kechqurun, kun va kechasini belgilash mumkinligi aytiladi.

Oq doiracha kunduzni bildiradi. Qora doiracha tunni bildiradi. Kechasi qorongu bo`ladi. Sariq; doiracha ertalabni bildiradi. Ertalab quyosh chiqadi. Ko`k doiracha kechqurunni bildiradi.

Doirachalarni ushbu tartibda joylashtiradi.

Sariq;, oq, ko`q qora va bolalardan doirachalar rangini aytish va ular nimani bildirishini tushuntirib berishni so`raydi.

SHunday doirachalar hamma bolalarga beriladi. Ko`rsatmaga binoan, ular kunduzni, tunni, ertalabni, kechqurunni bildiruvchi doirachalarni ko`rsatishadi.

Sutka bo`lakchalarining ketma-ketligini bilishga o`rgatio’tsa har xil rangdagi doirachalardan foydalaniladi. Bolalarga har qaysi doirachaning rangi nimani bildirishini eslatib olinib, rangi bo`yicha sariq, oq., qo`q qora tartibida joylashtiriladi.

Ularni nomlab beradilar. Doirachalar sutka qismlarining ramzidan foydalanib, bolalar qaysi qismlardan xahlashsa, o`sha qismdap boshlab sutkaning hamma qismining tartib bilan aytib chiqadilar.

Sutka bo`laklarini anglatuvchi ramziy belgilar.

Ertalab kunduzi kechqurun tun.

Hafta kunlarining nomlarini aytishda qiynaladilar. kunlariping iomini bir-biriga almashtirib yuboradilar. Ularni mahlum izchillikda aytib bera olmadilar. Bahzi bolalar kunlarning nomlarini mexanik tarzda yodlab oldilar.

Kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar hafta kunlarini bir tekisda aytib bera olmadilar. Ular faqdt yakshanba, shanba, dushanbani yaxshi eslab aytib berdilar.

CHunki yakshanba xursandchiliklar bo`ladigan kun, yaqdshlari bilan, yahni ota-ona, buvi va boshdalar bilan birga bo`ladigan kun. Bu kun yana shunisi bilan ajralib turadiki, bahzida bolalar hayogining odatdagi tartibi o`zgaradi: buvisining uyida tushlik qilish, mehmonlar kelishi va hokazo.

SHanba ham yakshanbaga o`xshagan kun. Bu kunlarni bola tomonidan ajratishning shundan iborat bo`lsa kerak. Bolalar bogchada bugun sutka davomida bshshmlari munosabati bilan shanba va yakshanba bilan birgalikda chorshanbani ham ajratishadi.

Odatda, ota-onalar bolalarini chorshanbada uylariga olib ketadilar. Ular shuning uchun bu kunlarni yaxshi biladilar va ularni kutadilar.

Bolalar dushanbani ham yaxshi biladilar, chunki shu kuni ular, yakshanbadan keyin bog`chada bo`lishlarinish birinchi kunidir. Seshanba, payshanba, juma kunlari alohda ahamiyatli voqealar bilan belgilanmagan. SHuning uchun haftaning bu kunlarini maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar aytib bera olmadilar.

SHunday qilib, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning haftaning har xil kunlarini bilishdek bilimlarni o`zlashtirishlarida ularning faoliyatlari va hayajonli kechinmalarining roli muhimdir.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar hafta kunlari va ularping tartibini asta-sekin, agar ulardan har kuni bugun haftaning qdysi kuni, kecha haftaning qaysi kuni bo`ldi, deb so`rab borilgan taqdirgina eslab qdladilar. SHu maqsadda yirtiladigan kalendar bilan ishlash ham foydapi bo`ladi, u navbatchilik kalendari1'a o`rnatiladi.

Yirtiladigan kalendarning varaqlari tashlab yuborilmaydi, balki dushanba kundan boshlab kalendar ostidagi cho`ntaklarga taxlanib boriladi.

SHanba va dushanbada xulosa qilinadi. Defektolog bolalardan quyidagilarni so`raydi: "Sizlar necha kun bogchaga keldingiz? Ertaga qaysi kun? Sizlar necha kun bogchaga keldingiz? Ertaga qaysi kun? Sizlar necha kun dam olasizlar? Bir haftada necha kun bor?

Bolalarga yordam berish orqdli hafta kunlarining jadvalini tuzadilar.

1. Dushanba

2. Seshanba

3. CHorshanba

4. Payshanba

5. Juma


6. SHanba

7. Yakshanba

Bolalarning odatda odamlar kun deb ataydigan sutka biri ikkinchisi bilan almashinib turishini va har birining o`z nomi borligi, 7 sutka bir haftani tashkil etishi haqidagi tasavvurlari ham mustaxkamlab boriladi.

Haftadagi kunlar ketma-ketligi bir xil: dushanba, seshanba va h..k. kuni ertalab bolalar shu, o`tgan va kelgusi kunning nomini aytadilar.

Bolalarni tez-tez vaqt munosabatlarini aniqlashga; ertaga, bugun, kecha so`zlaridan foydalanishga qiziqtirib borish muhimdir.

"Bugun", "ertaga", "kecha" kabi vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalarning ularni o`zlashtirishlari qiyin. SHuning uchun imkon boricha bugun, ertaga, kecha so`zlaridan ko`proq foydalanish va bolalarni bu so`zlarni ishlatishga undab turish zarur. Pedagog muntazam ravishda ularga "biz qachon raem soldik? Biz bugun (kecha) nimani ko`rdik? Ertaga qaerga boramiz?" savollari bilan murojaat qilib turishi lozim.

Maktabgacha yoshdagi aqdi zaif bolalar vaqt atamalarini deyarli bilmaydilar. Bilsalar ham uning modiyatini tushunmaydilar.

Men; "kecha", "bugun", "ertaga" atamalarini quyidagicha qo`llaydilar: "Men ertaga oyim bilan hayvonot bogiga bordim", "Ertaga buvimnikiga bordim". Ushbu atamalarni noto`*ri qo`llaydilar.

SHuning uchun har bir mashgulotni suhbatdan boshlash yaxshi natija beradi. Masalan, "Bugun kim navbatchi? Kecha kim navbatchi edi? Ertaga kim navbatchilik qdladi? Kecha kim navbatchi edi? Har bir kun o`rniga boshqa ko`n kelishi tushuntiriladi. Bugun ular nima bilan shugullanishlari ustida suhbat o`tkaziladi. Kecha nima ish qdoganliklari eslatiladi.

Kunning oxirida bolalarga ertaga qanaqa voqea va hodisalar kutayotgashshgini mahlum q;ilinadi. Natijada bolalarda ayrim tajribalar to`planib boradi, ular "kecha", "bugun", "ertaga" tushunchalarini o`zlashtirib, ularni farqdab, muayyan hodisa va voqealar bilan boglashga o`rgapadilar. Bolalarning diqdati vaqtning o`tuvchanligiga qaratiladi; nimaiki bugun yuz bersa, ertaga o`tqazishga ketadi va "kecha" atamasi bilan boglanadi. Vaqtning o`to`vchanligini ob-havo kalendari yordamida ko`rsatish qo`laydir. Bunda kecha ob-havo qanday, bugun ob-havo qdnday, ertaga ob-havo qanday ekanligini bolalar o`zlari kalendarga belgilab boradilar.

Ob-havo kalendari

Ko`piga navbatchilik kalendarida kecha navbatchilik qilgan, bugungi navbatchilik va ertaga navbatchilik qiluvchi bolalarning ismlari yozib Qo`yilgan kartochkalar qo`yildi.

Navbatchilik kalendari

olalarni vaqt atamalari ustida mashq qildirish uchun so`zli didaktik o`yinlar hamda o`yin mashqdaridan, masalan, "davom ettir!" o`yinidan foydalaniladi. Bu mashqdi koptok bilan o`ynaladigan o`iin o’aklida o`tkazish mumkin. Bol al ar doyra bo`lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, usha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan, tarbiyachi koptokni tashlab; "Biz pochtaga ~ bordik", - deydi. Bola esa koptokni ushlab olib, "Kecha" - deb jumlani tugatadi. "Matematika bo`yicha mashgulot S bo`ladi", "bugun". "Biz _1 rasm chizamiz", "ertaga va hakozo".

"Kecha", "bugun", "ertaga" tushunchalari ustida ishlash jarayonida navbatchilik kalepdaridap ham foydalanish mumkin.

Yil fasllari haqidagi bilimlarni shakllantirishda rasmlar hamda hikoyalar, shehrlar, topishmoqlar kabi ogzaki materiallardan foydalanilganda yaxshi natijalar beradi.

Yil fasllari haqidagi bilimlarni shakllantirishda dastlab qish-yoz, bahor-kuz tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bolalardan rasmda yilning qaysi fasli tasvirlanganligi va ularning asosiy belgilari haqidagi fikrlarini bilish mumkin. Bolalarning bilimlarini mustaxkamlash uchun yil faslarga mos materiallardan foydalaniladi.

Masalan, bolalarga yilning to`rt fasli tasvirlangan turli rasmlar tarqatiladi va qiska shehr-topishmoq o`qiladi. Bolalar javob rasmlarini ko`taradilar va topishmoq yilning qaysi fasli haqida ekanligini va nima uchun ular xuddi shu rasmni ko`targanliklarini gapirib beradilar.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar hamma topishmoqni topganlaridan keyin, yozdan so`ng, qishdan so`ng, kuzdap so`ng bahordan so`ng yilning qaysi fasli kelishi so`raladi. Rasmlarni yil fasllarining ketma-ket kelishi tartibida yoyish taklif qilinadi.

Bolalar yil fasllarining ketma-ketligini yaxshi eslab qdpishlari uchun yil va uning fasllari simvollaridan foydalaniladi. Bu to`rtta teng qismga bo`lingan va har qaysi qismi turli rangga bo`yalgan doira.

Bolalardan "yil fasllaridan qaysinisini bilasiz? - Yil fasllari hammasi bo`lib nechta?- deb so`raladi.

SHundan keyin doirani ko`rsatib, "Mana bu yil bo`lsa, u to`rt qismga bo`lingan" deb tushuntiriladi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar doira qismlarini ko`zdan kechirishadi. Bolalarga doiradagi har bir qismning rangini mos yil fasli va uning xarakterli belgilari bilan taqqoslash taklif qilinadi.

Doiraning oq qismi qishni bildiradi. Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi.

Qizil qismi yozni bildiradi. Yozda qizil quyosh yorqin nur sochadi. Doiraning yashil qismi bahorni bildiradi.

Bahorda yam-yashil o`tlar chiqdi, daraxtlar yashil yaproqlarini yozadi. Kuz sariq rang bilan belgilanadi. Kuzda daraxtlarning yaproqlari sarg`ayadi.

Yil fasllarini strelka ko`rsatib turadi. Bolalar esa ularni istalganidan boshlab ketma-ket aytadilar.

Strelka bilan doiraning u yoki bu qismini ko`rsatdi. Bolalar esa tarqatma materiallardan yilning u yoki bu fasliga mos keladiganini

topishadi yoki yilning bu fasliga mos shehr o`qishadi, topishmoq va maqol aytishadi.

Vaqtni his etishni o`stirish bolalarping uyushqrq, intizomli bo`lishiga yordam beradi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish