Tstyorlov guruhi
Maktabga borish vaqtiga kelib bolalar harakat yo`nalishlarini o`zaro va narsalar bilan shuningdek narsalar o`rtasidagi fazoviy munosabatlarida mo`ljal qila bilishlari, ularni o`rab turgan mikrorayonda erkin mo`ljal qila bilishga o`rgatishlari lozim: uydan bog`chagacha bo`lgan yo`lni, yaqin atrofdagi oziq-ovqat do`konini, maktablarni, dorixonalarni bilishlari, ko`chada yurish, ko`chani kesib o`tish qoidasini o`rganib olgan bo`lishlari kerak.
Birinchi sinfga kelganda o`quvchilar qog`oz varog`ining o`ng va chap tomonini, yuqori va pastki qismini bilishlari, aytilgan yo`nalishda chiziq o`tkaza olishlari kerak. Bu masalalar agar bolalar maktabgacha tarbiya muassasasida ana shularga tayyorlangan bo`lsalargina muvafaqqiyatli hal qilinadi. SHuning uchun bu guruhda qog`oz varaqni mo`ljal olish malakalari rivojlantiriladi.
Barcha ishlar juft va qarama-qarshi tushunchalarni farq qilish asosida tashkil etiladi, chapga-o`ngga, oldinga-orqaga va x.k.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga qog`oz varag`ida mo`ljal olish malakalarini shakllantirish uchun quyidagi topshiriklar berildi. Varaqning yuqori chekkasiga 4 ta uchburchaq pastki chekkasiga ham shuncha kvadrat quy. SHundan so`ng bolalar nima qaerda joylashganligini aytib beradilar. SHundan so`ng topshiriklarning murakkab variantlaridan (buyumlarning miqdorini orttirish, ular o`rnini almashtirish va x.k.) foydalaniladi.
Boshqa buyum yoki odamlar o`ziga nisbatan joylanishini aniqlashga o`rgatish: tagida, ustida, oldida, orqasida, yuqorida, pastda, yuqoriroqda, pastrokdda, yonida, qarama-qarshisida, chapki, o`ng yuqorigi, pastki va x.k.
Bolalarga faqat o`zidan emas, balki boshqa odamlarga boshqa buyumlarga nisbatan mo`ljal olishda o`rgatib boriladi. Buning uchun aqli zaif bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: o`rtog`ining o`ng tomoni yoki chap tomoniga turish, undan oldinda yoki orqada turish, ko`rsatilgan buyumga nisbatan o`zining fazodagi o`rnini tavsiflab berish, ko`rsatilgan orientirga nisbatan bir yoki bir necha buyumni joylashtirish va x.k.
Maktabgacha aqli zaif bolalar asosiy fazoviy yo`nalishlarni oldinda, orqada, chapga, o`ngga, va x.k. larni yaxshi mo`ljal ololmasalar ularning bilimini asta sekin to`ldirib borish zarur.
Fazoviy yo`nalishlarni aniqlash va ko`rsatishga bolalar jismoniy tarbiya va musiqa mashg`ulotlarida muntazam ravishda o`rgatib boriladi. Ular u yoki bu narsani o`ng yoki chap qo`lga olish, oldinga, orqaga egilish, o`ngga chapga aylanish, yurish, yugurish vaqtida harakat yo`nalishini o`zgartirish topshirig`ini oladilar. Ularning diqqati aytilgan yo`nalishda harakat bajarishga bir daqiqa qaratiladi.
Bolalar aytilgan yo`nalishda harakatlar bajariladigan mashqlarni yaxshi ko`radilar. Masalan: «O`ngga buril», «O`ng qo`lingni chap qulog`ingga tekkaz» va x.k.
Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda, aytilgan yo`nalishda siljish, yurish va yugurish vaqtida harakat yo`nalishini o`zgartira olish ko`nikmasini rivojlantirishga katta ehtibor berib boriladi. SHu maqsadda didaktik va harkatli o`yinlar sistemasidan foydalaniladi.
Muayyan mashq turi quyidagi tartibda murakkablashtirilib boriladi: bolalar siljish vaqtida yo`nalishlar soni oshiriladi, mo`ljal oladigan, mo`ljal olish maydoni kattalashtiriladi; topshiriqlarni bajarish shartlari murakkablashtiriladi bolalar ko`zlarini yumib siljiydilar; tez surhatda (yugurishda) harakatni mo`ljal qiladilar. Masalan: «Quyonlar va bo`ri», «Qushlar va mushuk» harakatli o`yinlarda bolalar signaliga binoan bo`ridan yoki mushukdan qochib uyga yashirinadilar. Defektolog topshirig`iga moe boladan oldinda yoki orqada, chap yoki o`ng tomonda uyi (stul, quticha, kub) bo`lib, unga yashiringan quyon yoki qushlar g`olib chiqadi.
Tevarak atrofda yaqin joylashgan bog`chani ko`nikmasini o`stirish uchun maxsus mashqlar o`tkaziladi. «Do`konga (non dukoniga) qanday borish kerak?», «Dorixona yo`li», «Maktab yo`li». Bu mashqlar bolalarning fazoviy hayolini yo`lni tasavvur etish ko`nikmasini rivojlantirishga yordam beradi. Bola, masalan, dorixona qaysi ko`chada joylashgan, unga qaysi yo`nalishda borish, qaerda burilish kerakligini va xokazolarni yoritib beradi. Defektolog bolalar bilan birgalikda aytilgan javoblarni baholaydi. Bolalar kimnidir yoki butun guruhni aytilgan joyga olib borib qo`yish topshirig`ini berish mumkin.
Bolalarni buyumlarni ajratish, ular o`rtasidagi fazoviy munosabatlarni bir buyumdan boshqa buyum tomon siljish yo`nalishni aniqlashga o`rgatish davom ettiriladi.
Maktabgacha tayyorlov guruhida aqli zaif bolalar bir predmetning boshqa predmetga nisbatan xolatini («Matryoshkaning o`ng tomonida piramida, chap tomonida ayiqcha, orqasida quyoncha o`yinchog`i turibdi») shuningdek o`zining tevarak atrofdagi predmetlarga nisbatan xolatini («Men stul orqasida, ikki deraza oralig`ida, Nargizaning orqasida turibman») aniqlashga o`rgatilgan. Endi ular o`zlarini. U yoki bu narsa o`rniga fikran qo`yib ko`rishni o`rganishlari kerak. SHu maqsadda u yoki bu predmetning o`ziga nisbatan 90° va 180° burishdagi yo`nalish holatini (matryoshka oldida endi bola burilgan edi; u uning o`ng tomonida bo`lib qoldi va x.k.) aniklashga oid mashqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |