Mavzuga oid lug`at so’zlar:
Inklyuziv - jalb etish (vklyucheniye) degan ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan o’zaro bog‘lanib, birgalikda ta’lim olishidir.
Inklyuziv ta’lim - bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo’rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir.
Reabilitatsiya - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va shaxslarni mustaqil, hamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash.
Korreksiya – tuzatish, bartaraf etish; bolaning kamol topishidagi kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan pedagogik va davolash tadbirlarining yig`indisi.
Kompensatsiya – o’rnini bosuvchi, qoplash; buzilgan funktsiyalarning o’rnini to’ldirish uchun saqlangan funktsiyalardan unumli foydalanish
“1994 yillarda YUNESKO “Maxsus ta’lim zaruriyati” nomli dasturini tayyorlab, unda maxsus ta’limga muhtoj bolalar va yoshlar uchun ta’limni tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko’rib chiqilgan. Ushbu ta’lim turida asosiy o’rin reabilitatsiya masalalariga ajratilgan. Dasturda: «Maxsus ta’limni alohida yordamga muhtoj kishilarga tashkil etishdan maqsad - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o’smirlarni mustaqil, hamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash, deb ta’kidlangan. Bolada nuqson bo’lishiga qaramay uning qo’lidan keladigan ish turini unga o‘rgatib, o’qitib, tarbiyalab, jamiyatda o‘z o’rnini topib ketishga yordam berish - ijtimoiy reabilitatsiyadir.
Rivojlangan mamlakatlarda “Maxsus ta’lim zaruriyati” dasturiga javoban SVR – Reabilitatsiya tashkiloti (Sommin Vased Reabilitation) tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza etish hamda kasaba uyushmalari vakillarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Bunday nufuzli tashkilotning asosiy maqsadi - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni himoyalash, xuquqlarini tiklash, vakolat berish, talim - tarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir”1.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida klassifikatsiyalandi:
Surdopedagogika (lotincha “surdus”–kar, gung so’zidan olingan) – eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim–tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan;
Tiflopedagogika (yunoncha “tiflos”- ko’r, so’qir so’zidan olingan) - ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’lim - tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan;
Oligofrenopedagogika (yunoncha “oligos”-kam, fren-aql), so’zlaridan olingan, - aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim - tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan;
Logopediya (yunoncha “logos”- so’z, “padio”- tarbiya so’zlaridan olingan) - nutq nuqsonlarini o’rganish, oldini olish, bartaraf etish yo’llari, usullarini o’rganadigan fan;
Harakat – tayanch a’zolarida kamchiliklari bo’lgan bolalar uchun;
Ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun;
Mujassam nuqsonli bolalar (kar – ko’r, kar – aqli zaif, aqli zaif – tayanch – harakat apparati buzilgan) uchun ta`lim – tarbiya ishlarini tashkil etish.
Rivojlanishidagi nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabablar turli ilmiy, uslubiy, psixologo – pedagogik va tibbiy adabiyotlarda turlicha bayon etiladi. Bu sabablarni qisqacha quyidagi tarzida ifodalash mumkin:
1) homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiya, intoksikasiya va jarohatlar;
2) tug`ilish vaqtidagi jarohat va asfeksiya;
3) chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta`sir etuvchi yuqumli intoksikatsiya, ovqatlanishning buzilishi va boshqalar;
4) turli irsiy yo`llar bilan avloddan avlodga o`tadigan gen, xromosoma kasallaiklari.
Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning kelib chiqishiga biologik, ijtimoiy, tarbiya omillari ta`sir ko`rsatadi. Insonga biologik omillar nasliy ta`sir etadi. Bolaga ota - onasidan terisining ranggi, sochi, ko`zi va boshqa tana qismlari bilan birga moddalar almashinuvi, nerv sestimasi ham o`tadi. Hatto nasliy kasalliklardan gemofiliya shizofreniya ba`zi endokron sestimasining buzilishi va boshqa nuqsonlar ham o`tishi mumkin. Defektolog shuni bilishi muhimki, bola rivojlanishining buzilishiga qanday nasliy sabalar ta`sir etgan. Meditsina genetikasi shu narsani aniqladiki, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlar kelib chiqishining nasliy shakli 30 % - 50 % ni tashkil etadi. Lekin tabiiy odatlar miya buzilishi, nutq harakat organlari, sezgi organlarini boshqarishda bog`liq bo`ladi. Bu faoliyatlarni rivojlanishi insonning ta`lim tarbiyasiga bog`liq bo`ladi.
Inson rivojlanishida biologik omillar turlicha ta`sir etadi embrionlik davrida, homilaning rivojlanishida va tug`ilgandan keyin fiziologlarning ayticha, eshitishning buzilishiga ichki rivojlanishning bir qancha sabalari ta`sir etadi onaning yuqumli kasalliklar (qizilcha, gripp, qizamiq) onani antibiotik ta`sirida va alkagol ta`sirida zaharlanishi, ona va homilani qon resurs faktori to`g`ri kelmasligi, tug`ilish jaroyonida gemolitik kasallik bilan tug`ilishiga sabab bo`ladi. Tug`lish jaroyonidagi travmalar eshitishga ta`sir etishi mumkin. Tug`ilgandan keyin bola rivojlanishida yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi ham rivojlanishida nuqsonlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Shaxsiy qobiliyatlar jamoa ichida yuzaga chiqib uni jamoatchiligi, mehnatsevarligi, atrof – muhitga va insonlarga, o`z - o`ziga munosabatida aniqlanadi. Pedagogikada “muhit”, “muhit ta`siri” tushunchalari keng ma`noda qo`llaniladi. Muhitlar biologik, geografik, maishiy, ekologik, madaniy, ijtimoiy bo`ladi. Shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhit asosiy rol o`ynaydi. Eshitish nuqsoniga ega bo`lgan bolalar turli muhutni boshdan kechiradi. U atrof - olamdagi alohida obyekt va boshqa bilimlarni to`plashga harakat qilib, dunyo qarashini kengaytiradi.
Ijtimoiy omillar insonga har tamonlama ta’sir etadi (uzoq muddatli, qisqa muddatli, ob’yektiv, sub’yektiv, bir maqsadli, tartibsiz, ijobiy yoki salbiy). Bir xil jamoa sharoitida ba`zi bolalar katta o`lchamda, ba`zilari kichik o`lchamda ifodalanishi mumkin. Bu esa shaxsning faolligi, intiluvchanligi, tirishqoqligidan kelib chiqadi”.
Defektolog – pedagoglar shu narsani unutmasliklari kerakki, rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarga tarbiya ob’yekti emas, balki sub’yekt, ya`ni faol ta’sir etuvchi sifatida qarashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |