1. Bolaning o’zi va uning oila a`zolariga tegishli savollar:
Sening isming nima?, yoshing nechada?, sen 3 yildan so’ng necha yoshga to’lasan?, tug`ilgan kuning qachon?, otangning ismi nima?, onangning ismi nima?, oilangda necha kishi bor?, oilangizda kimlar yashaydi?, ota – onang qaerda va kim bo’lib ishlaydi?
2. Bolaning vaqt va fazoviy tasavvurlarini aniqlashga yordam beradigan savollar:
Sen qaerda yashaysan?, sen qaysi shaharda (tumanda, qishloqda) yashaysan?, sen yashaydigan uyda neyata xona bor?, sizning uyingiz necha qavatli?, sizning uyingiz nechanchi qavatda?, sizlardan yuqorida nechta qavat bor?, yil fasllarini aytib ber?, hozir qaysi fasl?, kuz faslidagi oylarni aytib ber?, bir yilda nechta oy bor?, sutka nima?, bir sutkada necha soat bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |