Fazoda mo`ljal ola bshshshni o`rgatish uchun hayotiy vaziyatlardan foydalanish. Fazoda orientatsiya qila bilishni o`rgatish uchun maxsus mashqlar bilan bir qatorda turli xayotiy vaziyatlardan ham keng foydalaniladi. Fazoviy yo`nalishlarda orientatsiya qilish har qanday amaliy harakatning zaruriy komponentidir. Tegishli mashqltar uchun jismoniy tarbiya va musiqa mashg`ulotlari, ertalabki gimnastika hamda harakatli o`yinlar katta imkoniyat beradi.
Fazoda aniq orientatsiya qila bilish harakatli mashqlarni to`g`ri bajarishni tahminlaydi. Pedagog harakat yo`nalishini doimo ko`rsatib turadi. «Pastga tushing, yuqoriga ko`tariling!» va h.k.
Fazoviy yo`nalishlarni ifodalovchi so`zlarni predmet orientirlash nomi bilan almashtirish kerak emas («Deraza tomonga buriling» va shu kabilar).
Katta guruh
Katta yoshdagi bolalarda chap va o`ng qo`lni farq qilish, o`ziga nisbatan predmetlar qay yo`nalishda: yuqorida, pastda, oldinda, joylashganini aniqlash ko`nikmasi mustahkamlab boriladi. SHu maqsadda o`rta guruh bolalari uchun tavsiya etilgan quyidagi o`yin va mashqlar qo`llaniladi. «Kim qaerda turibdi, top!, Nima kaerda, top! Qo`ng`iroq qaerda chalindi, top? Va boshqalar». Bu o`yinlarni matematik mashg`ulotlarda, shunindek o`yin vaqtlarida o`tkazish mumkin.
Bolalar o`rta guruhdagi kabi qarama arshi yo`nalishlarni aniqlash bo`yicha mashq qildiriladi, biroq topshiriklar murakkablashtiriladi. Bu predmetlar sonining ortishi (2 dan 6 gacha) bilan ifodalanib bunda bola aniqlashi lozim bo`lgan, shunindek bola bilan narsa o`rtasidagi masofa nazarda tutiladi. Bolalar asta-sekin o`zlaridan uncha uzoq bo`lmagan masofada turgan har qanday narsaning yo`nalishini aniqlashga o`rgatib boriladi.
Bolalarga predmetlarning ularga nisbatan qay yo`nalishda ekanligini o`rgatibgina qolmay, balki aytilgan vaziyatni mustaqil suratda vujudga keltirishga ham o`rgatiladi. Masalan, «SHunday turki, Anvar orqangda, Sobir esa oldingda bo`lsin!», «SHunday turki, chap tomoningda stol, o`ng tomoningda doska bo`lsin!».
Aytilgan yo`nalishda xarakat qilish ko`nikmasini rivojlantirish. Katta guruhda aytilgan yo`nalishda harakat qilish va yurish, yugurish vaqtida harakatlar yo`nalishini o`zgartirish ko`nikmasini mustahkamlash ham takomillashtirishga katta ahimiyat beriladi.
Defektolog harakatlar yo`nalishini aniq belgilash uchun musiqa va jismoniy tarbiya mashg`ulotlaridan foylaniladi. Balandga, pastga, oldinga, orqaga, chapga (chapdan), o`ngga (o`ngdan), yonida, orqasida, oldida va x.k. Bolalarning mo`ljal olish ko`nikmasiga tayanib, defektolog ular bilan harakatni aytilgan yo`nalishda bajarishga o`rgatadi.
Qoidali o`yinlardan, didaktiq hamda harakatli o`yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. O`yinlar matematika, jismoniy tarbiya, musiqa mashg`ulotlarida hamda mashg`ulotlardan tashqari vaqtda, asosan sayr vaqtida o`tkaziladi. Bolalarga «Qaerga borasan va nimalar qilasan?» degan o`yinni taklif etish mumkin.
Katta guruhda bu o`yin ancha murakkabroq shaklda o`tkaziladi. Bolalar 4 yo`nalishdan birini tanlaydilar, topshiriqni bir yo`la bir necha bola bajaradi. Bu yerda o`yin harakati - yashirilgan o`yinchoqni (buyumni) qidirib topishdan iborat, lekin endi bolaga faol harakat (siljish) qilish jarayonida yo`nalishni o`zgartirish taklif etiladi, stol oldiga borish, ungga burilib, deraza oldiga borish, chapga burilib uy burchagiga borish va u yerdan yashiringan o`yinchoqni topish.
Defektolog bu o`yinni o`tkazish vaqtida harakat davomida ko`rsatma beradi: «Stol oldiga bor...O`nga buril... Deraza oldigacha bor...CHapga buril...» va x.k. U har bir ko`rsatmani oldingisi bajarilgandan so`ng beradi, bunda predmetning nomi bola harakatining yo`nalishi o`zgarganidan keyin aygilishi lozim. Aks holda bolalar aytilgan yo`nalishga emas, balki faqat narsa nomiga orientatsiya qiladilar.
Bunday o`yinlarni uncha katta bo`lmagan maydonda o`tkazish keraq bolalar tajribasining ortib borishi uchun esa maydonni butun guruh xonasi yoki maydonchaning o`lchamlariga teng qilib kengaytirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mo`ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshirib borilib, takliflar tartibi ham o`zgartirib boriladi. Avvalo bolalar faqat juft: oldinga-orqaga, o`ngga-chapga kabi yo`nalishlarni aniqlasalar, keyinchalik ular yo`nalishlarni hohlagan: oldinga-o`ngga, chapga-orqaga va x.k. tartibda bajaradilar.
Bolalarning piyoda yuruvchilarning o`ng va chap yo`nalishlarini orientatsiya qila olish ko`nikmasi bilan bog`liq bo`lgan ko`chada yurish qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o`yinlar tavsiya etiladi: «Ko`chadan to`g`ri o`tsang, yangi uyga kirasan, noto`g`ri o`tsang o`z joyingda qolasan», «To`g`ri o`tsang boshqa bayroqcha olasan», «Paketni o`zatib yubor». Bu o`yinlardagi topshiriq har bir bolaning yo`l qoidasini bilib olishga, bunda u yo`lning o`ng tomonidan yurishi yoki ko`chani kesib o`tayotganda, avvalo chap tomonga karashi, ko`cha o`rtasiga yetgach esa o`ng tomonga qarashi kerak.
Ko`zni yumib, harakatlar yo`nalishini o`zgartirish mashqlarini bajarish foydalidir. Masalan, «Toychoqni ovqatlantir», «Barabanni chal» o`yinlarini o`ynash. Devor bo`ylab geometrik shakllar modeli qo`yib chiqiladi. Boshqaruvchi avval tarbiyachi aytgan shaklning oldiga ko`zi ochiq holda keladi (bu sinab ko`rish yo`li hisoblanadi), so`ngra esa ko`zlarini berkitib modellar qo`yilgan devor tomonga kaytib kelib kerakli modelni kul bilan ushlab topadi.
Fazoni orientatsiya qilishda bolalarda ovoz signaliga binoan tez va aniq orientatsiya rivojlanib boradi (Sen qaerdasan?», «Qo`g`irchoqlar bilan ko`z boylash o`yini», «Ovoz qaerdan kelayapti?» o`yinlari).
Bolalarni aytilganlar bo`yicha harakat qilib aniqlashga o`rgatish muhimdir. SHu maqsadda quyidagi o`yinlar tavsiya etiladi: «Barabanni chal», Toychoqni ovqatlantir» (o`zgartirilgan variantda). Bolalar tarbiyachining ko`rsatmasiga binoan ko`zni yumib, predmet tomon boradilar: «Oldinga 2 qadam tashla, chapga buril, 3 qadam tashla» va x.k. Avval topishiriklar sonini 2-3 ta bilan cheklash, keyin esa ularning sonini 4-5 tagacha yetkazish mumkin.
Bolalarda asosiy fazoviy yo`nalishlarni aniq farq qilishni talab etuvchi murakkabroq topshiriqlarni bajarishga bo`lgan qiziqish, o`yinchoqlarni almashtirish yo`li bilan hosil kilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |