1 – mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika kursining predmeti, vazifasi, maqsadi, metodlari


Kattalar tasviriy faoliyatlarini kuzatish



Download 0,69 Mb.
bet55/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#95310
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
makt oligo маъруза 4-kurslarga (2)(1)

Kattalar tasviriy faoliyatlarini kuzatish.

Bolalarda mustaqil tasviriy faoliyat vujudga kelishi uchun ular kattalarning qanday chizayotgani, qurayotganini qrishlari kerak. Bunday imkoniyatni yaratish ta`lim nining boshlang`ich bosqichining asosiy vazifalaridan biridir. Kattalarning bolalar uchun chizishlari, rasm namunalari, kattalar faoliyatini kuzatish-bularning barchasi bir turdagi ishlar xisoblanadi.

Bolalar diqqatini predmetlar tasviriga, shuningdek turli ko`rinishlar, bolalar xayotidan qisqa namoyishlarga jalb qiladilar. Izlanuvchan tarbiyachilar, odatda, o`yinchoqlar tanlashga ehtibor bilan yondashadilar, ular guruhda mavjud o`yinchoqlardan bolalarda alohida xissiy munosabat uyg`otuvchi, chiroylilarini tanlab oladilar.

Tarbiyachi doskaga mel bilan chizadi. Rasmlar sxema tarzida bo`lib, ifodalangan vaziyatning xarakterlovchi eng asosiysini aks ettirishi lozim. Bu rasmning mazmuni sekin-asta murakkablashtirilib boriladi: bolalar alohida ro`zg`or buyumlari yoki o`yin xarakatlaridan sujetli o`yin, ekskursiya kabilarni aks ettiridilar.

Rasm chizib tarbiyachi o`z harakatlarini hissiy hikoya qilishbilan uyg`unlashtiradi: nima chizayotganini tushuntiradi, hosil bo`layotgan tasvir elemektlarini nomlaydi, shuningdek ularning tasvirlanayotgan vaziyatdagi ahamiyatini tushuntiradi.

Masalan, tarbiyachi bolalarni o`tqazib, ularga murojaat qiladi: “Bolalar, bugun biz sizlar bilan o`ynadik, kim koptok o`ynadi? Nargiza senmi? men hozir Nargizani qanday koptok o`ynaganini chizaman. (doskaga mel bilan chizadi). Bu Nargizaning yangi ko`ylagi, Nargiza sening ko`ylagingga nima tikilgan? (qizga murojaat qiladi). Bu nima? Jo`jami? Mana menda ham jo`ja xosil bo`ldi... Mana koptok... Nargiza ma koptokni (koptokni chizadi) ushla. Nargiza (yana qizga murojaat qiladi), ko`rsatchi, koptokni sen qanday o`ynading. Ushla Bolalar, qaranglar! Mana Nargiza koptok bilan o`ynayapti... Yana kimni chizishimni xohlaysizlar? Botir..sen qaysi o`yinchoq bilan o`ynading? Mashina bilan? Uni ol... Qani u bilan qanday o`ynading? Bolalar u mashina bilan qanday o`ynayapti? Ha uni yurgizyapti. Men hozir Botir mashinani qanday yurgizganini chizaman. Hamma menga qaraydi, to`g`ri chizayapmanmi, yo`ligini aytadi. O`xshadimi?” va xokazo. Ushbu misolda kattalarning diqqati bolalalrnining idrokini yaratilayotgan tasvirni maksimal darajada tushuntirshga qaratiladi (tarbiyachi xamma vaqt bolalarga “Ko`rsatchi qanday o`ynading” taklifi bilan murojaat qiladi). Aniq bolalarni chizish rasmdagi qizni guruhdagi qizning nomi bilan atash, tasvirni predmetga nomi bilan atash, tasvirni kiritilishini tahkidlaydi.

SHu bilan birga, rasmda bolaning hayotiy tajribasi (uyin)ni qanday berishni ko`rsatadi.

Ma`lumki, aqli zaif kichkintoylarni tasvirlarga o`ta hissiyotsiz munosabatdaligi bilan xarakterlanadi, bunday ishni o`tkazish, bolalar uchun hayot mazmunining aksi bo`lib qolganligi sababli, rasmga o`zgacha munosabatni shakllanishiga olib keladi.

Hatto yomon so`zlashuvchi kichkintoylar ham, o`zlari uchun odatiy bo`lmagan faollikni namoyish qilib, qaysi biri mashina bilan chizilg`an, qaysinisi belkurak bilan chizilgailigi haqida bahslashadilar.

Kattalar tasviriy faoliyatini kuzatish bolalarni atrof voqealarga diqqatini jalb qiladi, shuningdek, tasvirni tushunushga tahsir qiladi.

Bundan tashqari, bolalar diqqati tasvir uchun keng tanlovdagi mavzular bilan jalb qilinadi.

Bolalar kattalarning o`z faoliyatida atrofdagi o`rab turgan hamma narsalarni aks ettirayotganini ko`radilar. Natijada ularda predmetli emas, syujetli ilk tasvirlar hosil bo`ladi. Tarbiyachi iltimosiga ko`ra bolalar tasvir uchun mavzular «o`ylab topa» boshlaydilar.

Aqli zaif bolalar tasvirif faoliyatni egalashda ishning bu turi yuqori samaraligiga qaramay afsuski, maktabgacha tarbiya muassasalarida, kam uchraydi. Bunday holatni tushuntnrnb, kattalar chizishni yaxshi bilmasliklari, hunuk chizishdan uyalishlarini aytadilar. Haqiqatdan ham barcha kattalar ham rassomlik qobiliyatiga ega emas. Biroq sxematik rasm chizish uchun alohida qobiliyatli bo`lishi shart emas: bolalar uchun doimiy chizish davomida kattalar tasviriy malakalariki rivojlantiradilar-ularda shtrixga ishonch uyg`onadi, qo`li harakatlarini ko`rib nazorat qilish, ko`z bilan chamalash malakalalari charxlanadi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish