O`z-o`zini tekshirish uchun savollar.
1. Kichik guruhda shakllar hidagi tushunchani shakllantirish jarayoni haqida so`zlab bering,
2.O`rta guruhda shakllar haqida qanday ishlar olib boriladi?
3. Katta guruhda shakllar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish ishlarini aytib bering.
4. Tayyorlov guruhda shakllar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish ishlarini aytib bering.
18 – Mavzu: Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalarda tasviriy faoliyatini shakllantirish mazmuni va vazifalari
REJA:
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalarda tasviriy faoliyatini shakllantirish mazmuni
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasalarda tasviriy faoliyatini shakllantirish vazifalari
Maktabgacha yoshda tasviriy faoliyat bola ruhiyatining ko`p tomonlariga bola shaxsiga bir butunlikcha rivojlantiruvchi tahsir ko`rsatadi. Tasviriy faoliyat bolaning umumiy va ruhiy rivojlanishi bilan o`zara uzviyligi uni diagnostik maqsadlarda keng qo`llash imkonini beradi, defektologiyada esa aqli zaif bolalar psixikasidagi nuqsonlarni korrektsiyalovchi, tahsir ko`rsatuvchi vositasi sifatida qo`llaniladi.
Biroq tasviriy faoliyat korrektsion – rivojlantiruvchi vosita
bo`lishi uchun nuqsonlariga qarab, uning rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek psixik rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Me`yorda rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan, aqli zaif bolalarning tasviriy faoliyatni egallashdagi yutuqlari ko`p jihatdan tahlim usuliga bog`liq bo`ladi. SHuning uchun samarali usullar va tahlim mazmunini tanlash muhim hisoblanadi.
Aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyatga o`rgatishni tug`ri tashkil qilish uchun ularning yosh xususiyatlarini yaxshi tasavvur qilish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining o`ziga
xosligi shundan iboratki, kichik yoshli bola tasvirlash jarayoniga
kirishganda, ko`pincha o`z oldiga katta yoshli rassom uni tushunganidek tasviriy maqsad ko`ymaydi.
Agar katta odam yakuniy maqsad yo`lida, yahni rasm chizish, skulg’ptura yasash uchun ijod qilsa, kichik bola uchun, faoliyat jarayonining o`zi muhim bo`ladi.
Bola qanchalik kichik yoshda bo`lsa, faoliyat jarayoni, vaziyatni mahnoli aks etish uni shunchalik ko`proq jalb qiladi. Aynan shu yerdan bolalar rasmlarining sxemaliligi, ular grafikasining to`liqsizligi kelib chiqadi. Bola faqat o`ylangan mazmunni ochib berish uchun kerakli bo`lgan narsalarni chizadi, u rasmda tasvirlangandan ko`ra ko`proq narsani ko`radi. Rasm chizish davomidagi tushuntirishlar, ishoralar, real xarakatlar tasvirning to`liqsizligini kompensatsiyalaydi.
Tasvir, nutq va o`yin maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatida uzviylikni hosil qiladi.
Mana shuning uchun kichik bolalarni, ayniqsa aqli zaif bolalarni kattalar tasvirlari nuqtai nazaridan tasviriy faoliyatini baholashda tarbiyachilar, faoliyatning muhim komponenti bo`lgan nutq va o`yinni rad etib, kechirilmas xatoga yo`l qo`yadilar. Nutqiy va o`yin daqiqalaridan mahrum bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati mazkur vaziyatda boladan, u bajara olmaydigan mazmunni faqat tasviriy vositalar bilan ifodalashni talab qiladilar. Biroq, ko`pincha, tarbiyachilar diqqatlarini asosan loy yoki plastilin bilan ishlash, applikatsiya, rasm chizish malakalarini rivojlantirishda turli ycylla’dan foydalanishga, faoliyatning texnik tomonga qaratadilar. Bunda faoliyat jarayonida bolalarning o`yinga yo`nalganligi qo`llab-quvvatlanmaydi va hisobga olinmaydi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning o`yinga yo`nalganligi qo`llab quvvatlanmaydi va xisobga olinmaydi. Tasviriy faoliyat jarayonida nutqni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmaydi.
Bolalar tasviriy ijodini o`rganuvchi taniqli tadqiqotchi N.P.Sakulina bolalar rasmlarida o`yin tendentsiyalariga kattalar ehtiyotkor munosabatda bo`lishlarini, ularni tahlim jarayonida saqlanishini alohida tahkidlaydi. O`yin va rasmning o`zaro bog`liqligi maktabgacha yoshning barcha davrlarida o`z ahamiyatini yo`qotmaydi. Yuqorida tahkidlanganidek, kichik yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonida o`yin birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lib,maqsadga yo`naltirilgan o`qitish sharoitidagina tasviriy vazifalar birinchi o`ringa chiqadi, ammo maktabgacha yoshning oxiriga qadar o`yin bolalar tasviriy ijodining mazmunini va uni olg`a siljituvchi kuch bo`lib qoladi. O`z tengdoshlari bilan birga o`ynash malakalari shakllanmagan va tevarak atrofdagi hayotiy vaziyatlarni o`z o`yinlarida qo`llay olmagan bolalar, syujetli va rolli o`yinlarni yaxshi o`ynay olmaydilar, shu bilan birga syujetli rasmlarni ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o`ynash malakalari yaxshi shakllangan bolalarda hayotiy va o`yin tajribalarini tasvirlovchi syujetli rasmlar chizish erta shakllanadi. Ularda tasviriy- o`yin fikrlay olish erta hosil bo`ladi va ular o`z rasmlarida ulardan foydalanishga harakat qiladilar. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan tasviriy faoliyat bo`yicha ishlarni tashkil qilganda, ularning mustaqil o`ynash darajalarini xattoki katta bulmagan o`yin tajribalarini xisobga olish kerak. Yuqorida tahkidlanganidek, nutqiy uzviylik tasviriy faoliyatni rivojlanishida katta axamiyat kasb etadi. Nutk tasviriy faoliyatning strukturasiga uning muxim elementi sifatida turli shakllarda namoyon bo`ladi.
Kattalar yordamisiz bajarilgan tasvirlar esa shakl va mazmun jixatidan juda oddiy bo`ladi. Eng avvalo, aqli zaif bolalar rasmlaridagi predmet obrazining butunligi juda sekin idrok qilishni tahkidlash joiz. Predmet qismlari fazoda bo`lganligi kuzatiladi. Ularni bir butunga birlashtirishda, qismlarning bir-biriga nisbatan joylashtirishda qo`pol buzilishlar (odamning qo`llari boshidan o`sayotgani, uyning tomi yon tomonda, daraxtning shoxlari bir tomonida) kuzatiladi. Yaxshi tanish predmetlarni chizayotib, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar atrofdagi predmetlar ko`rsatmasini yetarli anglab yetmasligi, yinchoqlar bilan harakatlarda kam tajribaga ega ekanligi, predmet-o`yinli harakatlarni yetarlicha rivojlanmaganligi natijasi bo`lgan ikkilamchi detallarga ehtibor qaratib, eng asosiy detallarni aks ettirmaydilar (mashinaning g`ildiragi, odamning ko`zi, uyning eshigi, derazalari va boshqalar).
Fazoviy munosabatlar bo`zilishidan tashqari, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar rasmlarida predmet shakli va qismlari o`ziga xos tasvirlanadi. Odatda, ular mashg`ulotda chizishni o`rgangan predmet shakllarini to`g`ri tasvirlaydilar. Agar predmet ular tomonidan avval chizilmagan bo`lsa, rasmdagi uning shakli buziladi. Qismlar joylashuvini fazodagi va shakldagi buzilishi natijasida bolalar, ko`pincha, oz fursat o`tsa-da o`z rasmlarini tanimaydilar. Element bo`yicha ko`rsatish, diktant yo`li bilan tahlim amalga oshirilsa, aqli zaif bolalar syujetli rasm chizish va loy yoki plastilin bilan narsa yasash darajasiga o`tmaydilar, ayniqsa, o`z xoxishigako`ra tasvirni bajara olmaydilar. Ularning rasmlarida tirik mavjudod tasviri uchramaydi,mehyorda rivojlanayotgan bolalarning doimiy tasvirlash obheti bo`lgan odam tanasi tasvirini xech qachon chizmaydilar.Aqli zaif bolalarda tasviriy faoliyat mazmuni kambag`al, ular kundalik xayot,o`yin tajribasi,mashg`ulotlar bilan bog`lanmagan bo`ladi.Ular olib borilgan o`qitish bilan chegaralanadilar.
Bolalarda mashg`ulotdan tashqari vaqtda chizish xohishi xam kuzatilmaydi. Doimiy ravishda tasvirlarni ketma-ketligini ko`rsatish, ularda mustaqil tasviriy faoliyatni shakllantirishni tahminlamaydi. SHu bilan birga aqli zaif bolalarning tasviriy faoliyatidagi ko`rib o`tilgan kamchiliklarni mumkin qadar yumshatish va bartaraf etish,rasm chizishga qiziqish uyg`otishni shakllantirish faoliyatntng umumiy yo`nalishini va uni anglashni oshirish orqali qisman erishish mumkin. Aqli zaif bolalar katta guruxda berilib uzoq vaqt chizish qobiliyatiga ega bo`ladilar,faqat aloxida predmetlarnigina emas,balki tanish ertak syujetini yaratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |