Vestibulyar analizator.
Bu analizatorning faoliyati organizmga beriladigan mexanik faktorlar ta'sirini sezish bilan xarakterlanadi.
Vestibulyar analizatorlarga chig’anoqlarning eshik oldi qismi va yarim aylana kanallar kiradi.
Eshik oldi qism suyak taroqcha bilan ikki qismga bo’linadi (oldingi qism xaltacha - sakkulyus, keyingi qism - utrikulyus). Bu qismning devorida 5 ta teshik bo’lib, o’sha yerdan 3 ta yarim aylana kanallar boshlanadi (yon, orqa va tepa qismidagi kanallar). Har bir kanalning eshik oldi qismiga kelib birlashgan joyida statik balandlik bo’lib, unda sezuvchi hujayralar joylashgan. Bu qabul qiluvchi apparatning asosiy qismini Otolitov pribori tashkil qiladi. Unda Otolitov membranasi mavjud va shunga ko’ra organizmning turlicha holati seziladi (bu membrana endolimfa ichida har xil holatga kelishi mumkin - organizmning qanday turishiga ko’ra).
Yarim aylana kanallarda ham sezuvchi hujayralar bo’lib, ular yordamida organizmning qanday holatda turganligi aniqlanadi. Ayniqsa ularning uch xil holatda turishi vaziyatni aniqlashga yaxshi yordam beradi.
Vestibulyar analizatorning birinchi neyroni vestibulyar gangliyada joylashgan, keyin u eshituv nervi bilan birlashib ketadi.
Vestibulyar reflekslar (vestibulyar analizatorning) normal qitiqlanishi natijasida muskullar tonusini birday saqlashda tana - boshni ma'lum vaziyatda saqlash uchun xizmat qiladi.
Eshik oldi qismning adekvat qitiqlagichi yerning tortish kuchi va markazga intilma kuchdir.
Otolitiv membrananing qitiqlanishidan (masalan, o’sha yerda ko’p suyuqlik bosimining oshishi) yig’uvchi va yozuvchi muskullar tonusini o’zgartiradi (liftda bo’ladigan reflekslar).
Boshning qaysi tomonga egilishiga qarab shu tomondagi muskullarning tonusi oshadi. Aylanma harakat vaqtida tana vaziyatini yarim aylana kanallardagi suyuqlik faoliyati boshqaradi (odamni bir tomonga qarab aylantirganda, qarama-qarshi tomonga qarab harakat qilishi va to’g’ri yura olmasligini tushuntirish).
Vestibulyar apparatning kuchli ta'sirlanishidan turli xil reflekslar kelib chiqadi. (dengiz, havo kasalliklari, muskullar tonusining kamayishi, rang oqarishi, terlash, qusish va hokazolar).
Turli xil organizmlar vestibulyar apparatning kuchli ta'sirlanishiga turlicha munosabatda bo’ladilar (uchuvchilarda va tramvayda yurganda ko’ngil aynishi va boshqalar).
Vaznsizlik holatida vestibulyar apparatning qitiqlanishi ham bo’lmaydi. Uni har xil organizm turlicha o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |