1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Avtonom (vegetativ) nerv tizimining fiziologiyasi



Download 491 Kb.
bet19/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Avtonom (vegetativ) nerv tizimining fiziologiyasi. Yaqin yillargacha fransuz fiziologi Mari Fransua Bisha (1771-1802) taklifiga ko’ra nerv tizimi ikkiga, ya'ni somatik va vegetativ qismlarga bo’lib o’rganilib kelindi (somatik qism - muskullar va teri funksiyasini boshqarsa, vegetativ - ichki organlar funksiyasini boshqaradi). Bu yerda asosiy farq nerv tizimidagi bu qismlarning ixtiyoriy va ixtiyoriy bo’lmagan ravishda faollashuvi bilan farqlangan (fransuz fiziologi K.Bernar, angliyalik fiziolog V.Gaskell). Aniqlanishicha, agar ixtiyoriy somatik innervatsiya bir neyronli yo’l bilan (neyron MNS ichida yotadi) amalga oshirilsa, vegetativ innervatsiya ikki neyronli yo’l bilan (neyronlardan biri MNS da, ikkinchisi esa periferiyada) olib borilar ekan (angliyalik fiziolog Djon Lengli). Lengli mana shu qismni, ya'ni vegetativ tizimni avtonom tizim deb atashni taklif qildi (maqsad bu tizimning MNS ga kamroq tobe'ligini qayd qilish). U birinchi bo’lib avtonom tizimda simpatik (torakolyumbal) va parasimpatik (kraneal va sekral) qismlarni farqladi. Aynan ichaklar devorining nerv tolalarini metasimpatik qism deb atadi. Hozir avtonom nerv tizimi deganda organizm ichki hayotini boshqaruvchi tizim tushuniladi.
Avtonom nerv tizimning reflektor yoyi ham asosan 3 ta elementdan (sezuvchi - afferent, assotsiatik - oraliq, efferent) iborat. Birinchi element orqa miya sathida orqa miya yoki periferik gangliyadan iborat bo’lishi mumkin. U ham somatik, ham avtonom nerv tizimi uchun umumiy bo’lishi mumkin. Afferent elementning periferik qismi ichki organlar, qon tomirlar, terida tarmoqlanadi. Efferent elementni tashkil qiluvchi neyronlar orqa miyadan tashqarida umurtqa pog’onasi yonida (paravertibral), ichki organ yonida (perivertibral) yoki ichki organ devorida (intromural) bo’lishi mumkin. Shuning uchun mahalliy reflekslar mana shu nerv hujayralari sathida sodir bo’lishi mumkin. Avtonom nerv tizimi avtonom va fiziologik jihatdan simpatik, parasimpatik va metasimpatik qismlarga bo’linadi. Simpatik nerv tizimi tuzilishiga ko’ra markaziy (orqa miya tarkibida) va periferik (ko’pchilik gormonlar, tugunlar) qismlarga bo’linadi. Simpatik tizim markazi birinchi ko’krak sigmentidan bel sigmentlarigacha davom etsa, parasimpatik tizim markaziy qismi esa o’rta miya, uzunchoq miya va orqa miyaning dumg’aza qismlarida joylashadi. Metasimpatik tizim faqat ovqat hazm qilish traktidagi organlar, yurak, siydik pufagi va boshqalar devoridagi maxsus gangliyalardan iborat tizim, uning faoliyati tufayli simpatik va parasimpatik tizimlar butunlay kesib tashlanganda ham eslatilgan organlar bemalol ishlab turadi (qisqaradi, suyuqliq ajratadi, so’rilish kuzatiladi va hokazo). Bu holat metasimpatik tizimning MNS siz mustaqil ishlashini ko’rsatadi. Metasimpatik tizim kovak organlar devorida joylashgan intromural gangliyalardan iborat.
Hozir avtonom nerv tizimida turli xil mediatorlar chiqaradigan o’nlab nerv hujayralari borligi aniqlangan, ular atsetilxolin, noradrenalin, serotonin, boshqa xil biogen aminlar, ATF, aminokislotalar ishlab chiqaradi va shunga ko’ra ularni xolinergik, adrenergik, serotoninergik, purinergik neyronlar deb ataladi.
Avtonom nerv tizimi reflektor yoyining qitiqlanishidan yuzaga keladigan reflekslar to’rt xil, ya'ni vissero-visseral, akson, visserosomatik va visserosensor reflekslar. Vissero-visseral reflekslar qitiqlanish va qo’zg’alishning ichki organlar sathida sodir bo’lishi bilan xarakterlanadi, masalan, Gols tajribasi, agar ichak tutqichlari (qatqorin) qattiq qitiqlanilsa, yurak urishi susayib to’xtab qolishining olish mumkin. Karotid va aortal refleks zonalari qitiqlanganda yurak urishi, nafas olish tezligi, qon bosimi o’zgaradi va hokazo. Akson refleks yoyidagi reflekslar faqat aksonlar ishtirokida ro’y beradigan reflekslardir (nerv hujayrasi qatnashmaydi). Masalan teridagi og’riq sezuvchi nerv tolalari qitiqlansa, u yerdagi qon tomirlari kengayib teri qizaradi (bu holat orqa miyasiz yuzaga keladi). Visserosomatik refleks ichki organizmdagi qo’zg’alishning somatik organizmga berilishi, masalan, ichki organdagi o’zgarish terining ma'lum qismidagi sezgirlikni o’zgartiradi, muskul tonusini o’zgartiradi. Visserosensor refleks - avtonom nerv tizimi sezuvchi retseptorlari qitiqlanishi tufayli teri, muskullarda yuzaga keladigan o’zgarishlardan tashqari somatik sezgirlikning ham o’zgarishidir. Yana somatovisseral refleks ham mavjud, masalan, termik qitiqlanish (terini isitish) bilan ichki organlar faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin (vanna, massaj qabul qilish va boshqalar).

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish