1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet15/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Eshitish reflekslari. Keyingi miyada yana eshitishni amalga oshiruvchi markazlar (Kaxlear markazlar) joylashgan. Eshitish retseptorlari ichki quloq chig’anog’ining Kortiev organida joylashgan va eshitish organlarida tovush qabul qilish sistemasi tebranishi bilan ishga tushadi.


Miya sopi retikulyar formatsiyasining funksiyalari.
U uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi hamda o’rta miyani qoplagan. Unda juda ko’p murakkab tuzilishli neyronlar, ularning yuqoriga va pastga tushadigan aksonlari, orqa miya, miya oldingi bo’laklari hamda miyachadan keladigan impulslarni qabul qiladigan dendritlar bor. U o’z ta'sirini bosh miya yuqori qismlariga, orqa miyaga yuboradi. Retikulyar formatsiyaning nafas olish va tomir harakatidagi ahamiyati o’tgan asrda o’rganilgan bo’lsa, umumiy harakat funksiyasiga va miya yarimsharlari funksiyasiga ta'siri yaqin yillardan beri o’rganilmoqda.
Nafas olish markazi. 4 - miya qorinchasining dum qismida (uzunchoq miya) joylashgan nafas olish markaz tarkibida miya stvoli RF elementlari ham bor. Uning buzilishi nafas olishni to’xtab qolishiga olib keladi. N.A.Maslovkiy (1885) tekshirishlaridan keyin bu markaz ikki qismdan, ya'ni ekspirator (nafas chiqarish), inspirator (nafas olish) qismlaridan iboratligi ma'lum bo’ladi. Bularning qay biri qitiqlansa (ma'lum elektrod bilan) nafas olish o’sha vaziyatda (nafas olish yoki chiqarishda) to’xtab qoladi. Nafas olishga ta'sir qiluvchi motoneyronlar o’z impulslarini qaerga yuborishiga qarab ikkiga bo’linadi. Ya'ni diafragma muskuli va qobirg’alararo tashqi muskullar impuls olib qisqarganda nafas olish, qabirg’alararo tashqi muskullar esa nafas chiqarishni yuzaga keltiradi. Eslatilgan markazlarning ritmik holda ishlab turishi ulardagi nerv hujayralari membranasining birin-ketin depolyarizatsiyalanishidir. Nafas chiqarishda ekspirator hujayra membranasi depolyarizatsiyalanadi. Nafas olishda esa inspirator hujayralar membranasi depolyarizatsiyalanadi.
Nafas olish markazlarining qitiqlanishi qon tarkibida SO2 konsentratsiyasiga bog’liq, u ko’paysa nafas olish tezlashadi. Agar qonda SO2 miqdori kamayib ketsa nafas olish tezlashmas ekan, demak asosiy tezlatish SO2 tomonidan bajariladi. Shuning uchun ham nafas olish uchun ishlatiladigan kislorodga qisman SO2 qo’shiladi.
Nafas olish va chiqarish markazlariga eng faol ta'sir ko’rsatuvchi impulslar nafas yo’llarida joylashgan (o’pka, traxeya, bronxlar va hokazo) retseptorlardan olinadi. Yana unga qon tomirlar tonusini oshishi va yurak ishining kuchayishi ham ta'sir qilib nafas olishni tezlatadi. Agar bu faoliyat sekinlashsa nafas olish harakatlari ham pasayadi. Nafas olishga yana ko’pgina nospetsifik omillar ta'sir qiladi (sovuq suvda nafas chiqarish tormozlanadi), yutinish payti nafas olish tormozlanadi, u biologik ahamiyatga ega. Hissiyot (yig’lash, kulish) nafas olishga kuchli ta'sir qiladi. Orqa miyada ham nafas olish markazlari bor, lekin ular faqat o’zlariga yuqoridan tushgan impulslarni realizatsiya qiladi, o’zlari nafas olishni avtomatik holda boshqara olmaydi.
Qon tomirlari tonusi markazi. Retikulyar formatsiyaning ikkinchi muhim funksiyasi bu yurak qon tomirlar sistemasidir. Orqa miya uzunchoq miya orasidan kesilsa qon tomirlari kengayib, qon bosimi tushib, yurak faoliyati kuchsizlanadi (kollaps). Kesish chizig’i uzunchoq miyadan yuqorida o’tkazilsa, bunday hol kuzatilmaydi. Mikroelektrodlar bilar bir xil markazlar (IV qorincha tubida) qitiqlansa qon tomiri torayib, qon bosimi oshadi (toraytiruvchi markaz). Qon tomirlari tonusini idora qiluvchi markazlar ham qon ximiyaviy tarkibiga juda sezgir (qon bosimining oshishi, kamayishi) aorta, katta arteriya qon tomirlari, vena qon tomirlar, xemo- va mexanoretseptorlarga juda boy, ulardan efferent tolalar adashgan va til-tomoq nervi bilan uzunchoq miyaga ko’tariladi.
RF ning nospetsifik ta'sirlari. Amerikalik neyrofiziolog X.Magsun va italiyalik neyrofiziolog Dj. Morutsi miya ostidagi retikulyar formatsiya nerv yadrolari qitiqlanganida ham orqa miya, ham bosh miya faoliyatida kuchli faollanish yoki tormozlanish bo’lishini aniqladi. Bu neyrofiziologiyada katta yutuqlarga olib keldi.
RF orqa miyadagi barcha harakat reflekslariga, yarimsharlardagi po’stloq faoliyatiga kuchli ta'sir qiladi. Miya sopidan miya yarimsharlarining ko’tariluvchi RF nervlari kesilsa hayvon doim uyquda bo’ladi. RF miya elektroensefalogrammasini desinxronizatsiya holatiga olib keladi. RF qitiqlanganida yana miya po’stlog’ida ikkilamchi javob (VO) paydo bo’ladi.
RF ning miya yarimsharlari po’stlog’iga ta'sir etishi gumoral omillarga juda sezgir, markaz va uyquga keltiruvchi moddalar nerv tizimida RF dan boradigan impulslarni tormozlanish orqali ta'sir etishi mumkin.
Miyacha va uning funksiyasi. Agar miya sopida kulrang modda ichkarida (o’rtada) bo’lib, uning ustini oq modda o’rab olgan bo’lsa, miyachada buning teskarisi kuzatiladi va yana kulrang modda buklanib-buklanib joylashadi (egatlarga ega).
Miyachani o’rganish ancha oldin boshlangan, sababi u miya sopi ustida aniq ko’rinib turadi, shuning uchun uning bir qismini yoki hammasini osonlik bilan olib tashlash mumkin (eng eski va oson usul). Mikro- va makroelektrod texnikasi keyinroq paydo bo’ldi (elektrofiziologik metod). Miyachani to’liq olib tashlash turli hayvonlarda turlicha natija beradi, masalan, baliqlar muvozanatini yo’qotadi, lekin suzgich qanotlar harakati saqlanib qoladi. Amfibiya vakillarida ham shunday natija olish mumkin. Demak baliqlar va amfibiyalarda miyacha vestibulyar apparatga xos ish bajaradi. Reptiliya va qushlarda bunday operatsiya umumiy muvozanatni yo’qotishdan tashqari muskullar tonusini ham buzadi. Demak bularda miyachani olib tashlash ham vestibulyar apparat, ham haraakat apparati ishlarining buzilishiga olib keladi. Sut emizuvchilarda yuqoridagi holatlardan tashqari ixtiyoriy harakat qilish buziladi (dismetriya). Odamda bu holatni birinchi marta (o’tgan asrda) italiya fiziologi L.Lyuchiani o’rgangan. Dastlab qaltirash - astaziya paydo bo’ladi, odam o’zini vertikal tutib tura olmaydi. Keyin yurish tekis bo’lmaydi, ilon izi bo’ladi - ataksiya. Bunday odam ko’zini yumib ko’rsatgich barmog’i bilan burnining uchini topa olmaydi. Miyacha olingandan keyin yana atoniya (muskul tonusining kuchsizlanishi) va asteniya (tez charchash) kuzatiladi.
Miyacha yana ichki organlar faoliyatiga ham ta'sir qiladi. U ichki organlar qon tomirlari tonusini va qon bilan ta'minlashini o’zgartirishi mumkin.
Miyachadagi mavjud Purkine nerv hujayralari qitiqlanganida uning faqat tormozlovchi ta'sir ko’rsatishi aniqlangan. Shunga ko’ra aytish mumkin miyacha orqa miya harakat impulslarini (orqa miyadan tarqaladigan) tormozlab tartibga solib turadi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish