6-ma'ruza
Sensor tizimlar fiziologiyasi
R e j a:
Umumiy xarakteristika.
Ko’rish analizatori.
Eshitish analizatori.
Vestibulyar analizator.
Harakat analizatori.
Visseral og’riq, harorat, taktil, hidlov va ta'm bilish analizatorlari.
Tashqi va ichki ta'sirotlar nerv sistemasi tomonidan dastlab retseptorlar orqali qabul qilinib, keyin MNS ning turli qismlariga yetkaziladi.
Sezgi organlari atamasi o’rniga analizatorlar deyish to’liqroq bo’ladi (I.I.Pavlov), chunki analiz ancha murakkab bo’lib, unda turli qismlar ishtirok qiladi.
Har bir analizator quyidagi elementlarga ega.
Retseptor.
Birlamchi sezuvchi neyron (MNS dan tashqarida).
Ikkilamchi neyron - orqa miya, uzunchoq miya yoki o’rta miyada.
Uchlamchi neyron ko’rish bo’rtiklari (talamusda) yoki (kolenchatoe telo) bukma tanachada, bukma tanacha oraliq miyada bo’lib, metatalamus deyiladi.
To’rtlamchi neyron - katta yarimsharlar po’stlog’ida.
Bundan tashqari har bir analizator faoliyatida miyacha va boshqa qismlardagi nerv yadrolari qatnashadi.
Ta'sirot qabul qilinganidan keyingi birlamchi javoblar (proeksion zonadagi) - PO va ikkilamchi javoblar (qolgan zonalarda) - VO larni gapirish kerak.
Dastlabki analiz retseptorlarda (ko’z to’r qavatidagi, eshitish organlardagi), keyingi murakkabroq analiz orqa miyada (spinal hayvonlarda), judayam murakkab analiz bosh miya qismlari va miya po’stlog’ida amalga oshiriladi. Analizatorlar faoliyati tufayli organizm faolligi saqlanadi, aks holda organizm doim uyquda bo’lishi kerak. Analizatorlar organizmdagi informatsion a'zolardir (kibernetikadagi informatsiyalarning xususiyati va buning analizatorlar bilan bog’liqligi). Bularning faoliyati tufayli organizmdagi funksiyalar regulyasiya qilib boriladi.
Angalizatorlar yaxshi seza olmaydigan protsesslar yordamchi priborlar vositasida o’rganiladi (mikroskop, tenzometr va boshqalar). Barcha analizatorlar 1) Mexanik qitiqlagichlarga ko’ra-proprioretseptiv (harakat) og’riq, vestibulyar va boshqalar. 2) Ximik qitiqlagichlarga ko’ra, ta'm bilish, hid sezish, ovqatlanish kanallaridagi sezgi va boshqalar. 3) Nurga ko’ra ko’rish. 4) Tovushga ko’ra eshitish. 5) Temperaturaga ko’ra - temperaturani sezish analizatorlar gruppaga bo’linadi.
Hamma analizatorlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin (qitiqanishni qaerdan bo’lishiga qarab).
(Analizatorlarning qo’zg’alish pog’onasi va adaptatsiyalanishi haqida, analizatorlar faoliyatida iz qolish, birgalikda ishlash, xususiyatlarini gapirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |