Ko’rish analizatori. Ko’z anatomiyasi haqida
qisqacha ma'lumot.
Ko’zning nur sindiruvchi qismlari murakkab optik sistema. Bu sistemaga perpendikulyar tushgan nur sinmay to’g’ri o’tadi, chekkarog’iga tushgani sinib (refraksiya) fokusga borib birlashadi.
Optik linzalar sindirish kuchi dioptriya (D) bilan o’lchanadi va u shunday topiladi:
D = 1/A A - fokus oralig’i.
Normal odam ko’zida fokus oralig’i 1,7 sm 0,017 m, shunga ko’ra D = 58,7 (1/0,017).
Ko’zdagi asosiy nur sindiruvchi qismlar ko’zning shox qavati va ko’z gavharidir (xrustalik). Normal (emmitropik) refraksiya - fokusning to’r qavatga tushishi. Miolik refraksiya (yaqindan ko’ruvchi ko’z) fokus to’r qavatning oldingi qismida bo’ladi. Gipermetropik refraksiya (uzoqdan ko’rish) fokus to’r qavatining orqasida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |