1- ma'ruza. Kirish. Tinchlik va qo`zg`alish potensiallari. Neyronlararo aloqalar. Markaziy nerv tizimi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana01.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#291017
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1 маъруза

Eshitish  reflekslari.  Keyingi  miyada  yana  eshitishni  amalga  oshiruvchi 

markazlar  (Kaxlear  markazlar)  joylashgan.  Eshitish  retseptorlari  ichki  quloq 

chig’anog’ining Kortiev organida joylashgan va eshitish organlarida tovush qabul 

qilish sistemasi tebranishi bilan ishga tushadi. 



 

Miya sopi retikulyar formatsiyasining funksiyalari. 

 

U uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi hamda o’rta miyani qoplagan. Unda juda 



ko’p  murakkab  tuzilishli  neyronlar,  ularning  yuqoriga  va  pastga  tushadigan 

aksonlari,  orqa  miya,  miya  oldingi  bo’laklari  hamda  miyachadan  keladigan 

impulslarni  qabul  qiladigan  dendritlar  bor.  U  o’z  ta'sirini  bosh  miya  yuqori 

qismlariga, orqa miyaga yuboradi. Retikulyar formatsiyaning nafas olish va tomir 

harakatidagi  ahamiyati  o’tgan  asrda  o’rganilgan  bo’lsa,  umumiy  harakat 

funksiyasiga  va  miya  yarimsharlari  funksiyasiga  ta'siri  yaqin  yillardan  beri 

o’rganilmoqda. 

Nafas olish markazi. 4 - miya qorinchasining dum qismida (uzunchoq miya) 

joylashgan nafas olish markaz tarkibida miya stvoli RF elementlari ham bor. Uning 

buzilishi  nafas  olishni  to’xtab  qolishiga  olib  keladi.  N.A.Maslovkiy  (1885) 

tekshirishlaridan keyin bu markaz ikki qismdan, ya'ni ekspirator (nafas chiqarish), 

inspirator  (nafas  olish)  qismlaridan  iboratligi  ma'lum  bo’ladi.  Bularning  qay  biri 

qitiqlansa  (ma'lum  elektrod  bilan)  nafas  olish  o’sha  vaziyatda  (nafas  olish  yoki 

chiqarishda)  to’xtab  qoladi.  Nafas  olishga  ta'sir  qiluvchi  motoneyronlar  o’z 

impulslarini qaerga yuborishiga qarab ikkiga bo’linadi. Ya'ni diafragma muskuli va 

qobirg’alararo tashqi muskullar impuls olib qisqarganda nafas olish, qabirg’alararo 

tashqi  muskullar  esa  nafas  chiqarishni  yuzaga  keltiradi.  Eslatilgan  markazlarning 

ritmik  holda  ishlab  turishi  ulardagi  nerv  hujayralari  membranasining  birin-ketin 

depolyarizatsiyalanishidir.  Nafas  chiqarishda  ekspirator  hujayra  membranasi 

depolyarizatsiyalanadi.  Nafas  olishda  esa  inspirator  hujayralar  membranasi 

depolyarizatsiyalanadi. 



 

Nafas olish markazlarining qitiqlanishi qon tarkibida SO

2

 konsentratsiyasiga 



bog’liq, u ko’paysa nafas olish tezlashadi. Agar qonda SO

2

 miqdori kamayib ketsa 



nafas  olish  tezlashmas  ekan,  demak  asosiy  tezlatish  SO

2

  tomonidan  bajariladi. 



Shuning  uchun  ham  nafas  olish  uchun  ishlatiladigan  kislorodga  qisman  SO

qo’shiladi. 



 

Nafas  olish  va  chiqarish  markazlariga  eng  faol ta'sir ko’rsatuvchi impulslar 

nafas  yo’llarida  joylashgan  (o’pka,  traxeya,  bronxlar  va  hokazo)  retseptorlardan 

olinadi. Yana  unga qon tomirlar tonusini oshishi va yurak ishining kuchayishi ham 

ta'sir  qilib  nafas  olishni  tezlatadi.  Agar  bu  faoliyat  sekinlashsa  nafas  olish 

harakatlari  ham  pasayadi.  Nafas  olishga  yana  ko’pgina  nospetsifik  omillar  ta'sir 

qiladi  (sovuq  suvda  nafas  chiqarish  tormozlanadi),  yutinish  payti  nafas  olish 

tormozlanadi, u biologik ahamiyatga ega. Hissiyot (yig’lash, kulish) nafas olishga 

kuchli  ta'sir  qiladi.  Orqa  miyada  ham  nafas  olish  markazlari  bor,  lekin  ular  faqat 

o’zlariga  yuqoridan  tushgan  impulslarni  realizatsiya  qiladi,  o’zlari  nafas  olishni 

avtomatik holda boshqara olmaydi. 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish