Gazning bosimi va uning o‘lchovi. Metallurgik jarayonlar davomida ajralayotgan gazlar harakati pechdagi haroratni boshqarib turadi. Shuning uchun metallurgiyada issiqlik texnikasini o‘rganishda gazlarni mexanikasini o‘rganish katta ahamiyatga ega.
Pechda harakatlanayotgan gazlar potentsial va kinetik quvvatga ega, shu quvvatning evaziga gaz harakat davomida hamma qarshiliklarni yengib o‘tadi. Gazlar harakat quvvat uning bosimi bilan o‘lchanadi. Pechlardagi gazlarni harakatini o‘rganishda, suyuqliklarini ma’lum hajmidagi harakatlanish qonuniyatlariga asoslanamiz. Chunki suyuqlik va gaz biror bir hajmidagi qarshilik-ni yengib o‘tish ularning qovushqokligiga bog‘liqdir. Real sharoit-da suyuqlik va gazlarning qovushqoqligi bir xil harakatlanadi. Shuning uchun pechdagi gazning harakatini o‘rganishda gidravlika qonuniyatlariga asoslanamiz.
Gidravlikada to‘rt xil bosim ma’lumdir: geomitrik, pezometrik, dinamik va yo‘qotilgan. Quyidagi 5 - rasmda gidravlik bosimlar bilan 0591\874tanishib chiqamiz.
5- rasm. Bosim turlari.
Rasmlarda 1 - nuqta geometrik bosimni ifodalaydi, suyuqlikni pastga va issiq havo balandga harakatining intilish tasavvurni ko‘rsatadi. Bu nuqta suyuqlikni potensial quvvatini aniqlaydi. Suyuqlik ustunining balandligi H qanchalik ko‘p bo‘lsa, potensial quvvat - hn shuncha katta bo‘ladi.
2 - nuqta pyezometrik bosimni – yoki statik bosimni ko‘rsatadi – hn. Suyuqlik yoki gazni idishdan chiqib ketishga intilishni ko‘rsatadigan bosimdir. Pyezometrik bosim ham suyuqlikni potensial quvvatini ko‘rsatadi.
3 - nuqta idishdan chiqib ketayotgan suyuqlik yoki gazni dinamik yoki tezlik bosimini - hn ko‘rsatadi va harakatda bo‘lgan suyuqlik yoki gazni kinetik quvvatini aniqlanadi.
Idishdan tashqarida joylashgan 4 - nuqta yo‘qotilgan bosimni – hyo‘q aniqlaydi – hamma qarshilikdan o‘tgan gaz real bosimlar hyo‘q ga o‘tgan.
1- nuqta gazning geometrik bosimi hg tashqaridagi havoni og‘irligi va idishni ichidagi gaz og‘irliklarini ayrimlari orqali aniqlashi mumkin.
hg = h (γh – γg) kg/m2 yoki mm. sim. st.
bunda: (γh – γg) havo va gazning solishtirma og‘irligi.
Pyezometrik bosim – statik bosim bo‘lib, matematik qiymati aniq emas. Dinamik bosim hd harakatlanayotgan 1m3 gazni kinetik quvvatidan olinishi mumkin:
E kin =
1m3 gazni massasi shu gazning zichligidan aniqlanadi:
u holda
E kin =
Yo‘qotilgan bosim hyo‘q dinamik bosim bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi:
h yo ‘q = K
bunda: Wt –hajmidagi qizigan gaz hajmi, m2;
K - gaz harakatlanadigan traktning qarshiligini hisobga oladi-gan o‘lchovsiz koeffitsient.
Dinamik va yo‘qotilgan bosimlar γi = ρtq hisobga olgan holatda boshqa turda tasavvur qilinishi mumkin:
;
hyo ‘q = K
Pechlarda harakatlanayotgan gazning bosimi U ga o‘xshagan mikromanometrda o‘lchanadi. Pyezometrik bosim I sxema bo‘yicha o‘lchanadi, (6-rasm, I).
6- rasm. Gaz bosimini o‘lchash usuli
Geometrik bosimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchab bo‘lmaydi, lekin ayrim hollarda pyezometrik bosimga o‘xshatib o‘lchasa bo‘ladi (masalan, quvurni pastki qismida).
Dinamik bosim II sxema bo‘yicha o‘lchanadi, (6 - rasm, II). Bunda pnevmometrik quvur va manometr qo‘llaniladi. Pnevmometrik quvur bir-biriga kiritilgan ikkita quvurdan iborat bo‘lib, ichki quvur oqimga qarab ochiqdir. Tashqi quvur esa teshikli bo‘lib, oqimga perpendikulyar joylashgan. Quvurlarni turli tomonlarini monometrdagi ulaganda pechdagi dinamik bosimini ha o‘lchami aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |