26. Ilk yordamning hozirgi zamon dasturlari.
Tug‘ilganidan to uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ”Ilk yordam xizmati” (abilitatsiya) yuqori samarali bo‘lib, uni tashkil etishga va faoliyat ko‘rsatishiga sarflangan mablag‘lar iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Chunki bu xizmat maktab yoshiga kelganda maxsus ta’lim olishga majbur bo‘ladigan bolalar sonini kamaytiradi. Bunday xizmat alohida yordamga muhtoj bolalarni meyorida rivojlanayotgan bolalar muhitiga ta’limiy va ijtimoiy integratsiyalanishni ta’minlaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha rivojlanishning ilk davridagi korreksiyalash ishlari natijasida perinatal patologiyaga ega bo‘lgan bolalarning 30% 6 oylikda meyorda rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishadilar, 90% bolalarda esa turg‘un ijobiy natijalar kuzatiladi, shu asosida maktabgacha davrda bola meyorida rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga qo‘shilib ketadi.
Ilk yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga maxsus yordam ko‘rsatish, bolalarning rivojlanishidagi buzilishlarni tashxis qilish va korreksiyalash, ikkilamchi nuqsonlarning yuzaga kelishini oldini olish, bolalarni meyorida rivojlanayotgan tengdoshlari orasiga integratsiyalash.
Turli yo‘nalishdagi mutaxassislar bir jamoa sifatida birgalikda faoliyat olib borish orqali tashxis qilishlari, maslahatlar berilishlari va korrreksiyalash ishlarini olib borishlari lozim. Bu esa mutaxassislardan faqatgina o‘z sohalari bo‘yichagina emas, balki ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi boshqa sohalar yuzasidan bilimlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. Bunga bog‘lik ravishda tashkil etilgan ilk yordam xizmatiga psixologiya, tibbiyot, maxsus pedagogika (defektologiya) va logopediya sohalaridagi yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi zarur.
Ilk yordam bu rivojlanishida orqada qolgan yoki rivojlanishida shunday xavf tug‘ilgan ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishiga, xamda, ota-onalarni qo‘llab – quvvatlashga yo‘naltirilgan turli xil chora-tadbirlar tizimi.
Ilk yordam xizmati sohalararo mutaxassislar jamoasidan tarkib topgan, rivojlanishida orqada qolayotgan, yoki shunday xavf yuzaga kelayotgan ilk yoshdagi bolalar va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish xizmati.
Sohalararo tuzilgan jamoa – o‘zaro xamkorlkda ish yuritishga asoslangan va zifalarni bajaruvchi, turli sohalarning professionallaridan tarkib topgan guruh. Ilk yordam dasturlariga ta’luqli qarorlar muxokamadan so‘ng birgalikda qabul qilinadi, ammo shu bilan bir vaqtda, jamoaning xar bir a’zosi shaxsan o‘zining bajarishi lozim bo‘lgan ishi uchun javobgar xisoblanadi. Ushbu jamoa ilk yordam xizmati dasturlarida quyidagi mutaxassislardan tashkil topgan: pediatr, nevropatolog, davolovchi jismoniy tarbiya instruktori, maxsus pedagog (logoped), psixolog, ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis.
Shuningdek, bu jamoa tarkibiga ergoterapevt, ko‘rish va etish darajasini baxolash bo‘yicha mutaxassis va boshqa mutaxassislar xam kiritilishi mumkin. Bunda rivojlanishi orqada qolayotgan yoki shunday xavf mavjud bo‘lgan bolani aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaga bunday bolani tarbiyalash, rivojlantirish haqida maslahatlar berib boriladi, ilk rivojlantirishning yakka dasturi tuziladi. Ilk yoshdagi bolani sensor-motor sohasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib boriladi. Oilalarga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatiladi.
Ilk yordam xizmati ishining zarur sharti ota-onalarning mutaxassislarga teng hamkor sifatida jalb etilishidir. Ota-onalar bolaga yordam berish dasturida faol ishtirok etadilar. Rivojlanigshida muammolari bo‘lgan ilk yoshdagi farzandga ega bo‘lgan ota-onalarni bolani parvarish qilish va tarbiyalash malakalariga o‘rgatish, ularni tibbiy, pedagogik, psixologik masalalar bo‘yicha ham ko‘plab ma’lumotga ega bo‘lishlarining darajasini oshirish ilk yordam xizmatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
Jamoa a’zolari umumiy vazifalarni taqsimlab oladilar, shunda ish tizimi ular o‘rtasida ma’lumot almashinuviga zamin yaratadi va qayta aloqa o‘rnatishga imkon yaratadi.
Baholash – malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriluvchi birlamchi yoki takroriy muolaja bo‘lib, u quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:
• Ilk yordam dasturlarida bolaning ehtiyojlarini;
• Bolaning xar taraflama rivojlanishi darajasini;
• Bolaning kuchli va zaif tomonlarini;
• Ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni;
• Oilaning resurslari xamda kamchiliklarini;
•Rivojlanishida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan farzanlari bo‘lgan oilalarni o‘z farzandining ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash va xizmat turlarini;
Do'stlaringiz bilan baham: |