34 . Logopedik tekshirishni оtkazishga qоyiladigan talablar
Logopedik tekshirishni anamnezni tоliq оrganib bоlingandan va tibbiy tekshiruvdan sоng оtkazish maqsadga muvofiq. Bola haqida olingan malumotlar logopedga nutq nuqsonining kelib chiqishi, kechishini aniqlashga, tekshirishda tоgri yоnalishga, bolaning yoshiga, uning motor, sensor va intellektual imkoniyatlariga mos metodlarni tanlashga yordam beradi.
Ilk yoshdagi bolaning hissiy-kommunikativ doirasining xususiyatlariga bogliq holda logopedik tekshirishni psixologik tekshirishdan sоng yoki u bilan parallel ravishda logopedik usullarni qоllab оyin tarzida, bolani qiziqtirib оtkazish maqsadga muvofiq bоladi.
Ikki yoshgacha bоlgan bolalarni onasining yonida, bazi hollarda bola onasining tizzasida оtirgan holda tekshirish tavsiya etiladi, chunki bu yoshdagi bolalarda yuzaga keladigan qоrquv, xavotirlanish nutqiy negativizmni keltirib chiqarishi mumkin.
Ikki yoshdan katta bоlgan bolalar odatda berilgan yangi оyinchoqlarga qiziqadilar. Bu yoshdagi bolalarni tekshirish vaziyatiga ularni maxsus tashkil etilgan оyin faoliyatiga jalb etish orqali oson kechadi. Nutqiy materialning barchasi nutqiy ongogenezni etiborga olgan holda tanlanishi zarur. 1 yoshu 3 oylikda 3-5ta yaxshi tanish bоlgan predmetlarning rasmlari, kоrib chiqish uchun — 1ta predmet rasmi qоshimcha qismlarsiz, statik (tik turgan) holatda beriladi.
1 yoshu 6 oylikda 5-7ta rasmlar orasidan kerakli predmetni topish taklif etiladi. Taklif etilgan rasmlarda predmet bola uchun tushunarli bоlgan qismlardan tashkil topgan bоlishi kerak.
1 yoshu 9 oylik bolalarga sodda mazmundagi voqeaband rasm ( qоgirchoq stulda оtiripti, mushuk koptok оynayapti va hokazo) mos bоladi. Ikki yoshda sodda ikki pogonali kоrsatmalarni, masalan “Kubikni ol va onangga ber” berish mumkin. Ikki yoshdan sоng bolalar ancha chuqur mazmundagi syujetni tushunishga qodir bоladilar.
Fonematik idrokning shakllanganligini оrganish uchun 2 yoshu 6 oylikdan turlicha ovoz chiqaradigan оyinchoqlar qоllaniladi, 3 yoshdan esa rasm-simvollar va paronim sоzlarni ifodalaydigan predmetlarning yassi, tekis rasmlaridan foydalaniladi.
Jumlali nutqning shakllanganlik darajasini tekshirish uchun bola bilan kоrgazmaga tayangan holda (ertak personajlari) tanish bоlgan ertakdan bir parchani eslab bevosita suhbat metodi qоllaniladi.
Eksperssiv (tashqi) nutqga ega bоlmagan bolalarni tekshirishda nutqiy diqqatning ifodalanganligiga, bola ovozga diqqatini qaratishiga, intonatsiyaga mos reaksiyasiga; ovoz faolligining mavjudligiga va artikulyatsiya azolari harakatlarining ixtiyoriy yoki reflektorliliga etibor beriladi.
3 yoshgacha bоlgan bolalardagi nutqiy buzilishlarni kоrib chiqishda ishlab chiqilgan psixologik-pedagogik va tibbiy-pedagogik tasniflarga tayanish lozim. Ammo, nutq tugma funksiya emas, balki asab tizimining morfofunksional yetilishi hamda atrof muhit bilan оzaro ijtimoiy harakat, aloqadorlik natijasida shakllanishidan kelib chiqib 3 yoshgacha bolada nutqning rivojlanishida individual rivojlanish surati kuzatilishi mumkin. Nutqning rivojlanishini orqada qolishi turli omillarga, yani konstitusional xususiyatlar, asab tizimining organik va funksional buzilishlari, kognitiv, kommunikativ va hissiy buzilishlar, tarbiya sharoiti va bir qator boshqa sabablarga bogliq bоladi. Shuning uchun 3 yoshda aniq tashxisni qоymay, balki nutqning rivojlanishidagi turli buzilishlarni genezni kоrsatgan holda nutqning rivojlanishini orqada qolishi sifatida kоrsatish mumkin.
Tugilgandan 3 yoshgacha bоlgan bolalardagi nutq buzilishlarini aniqroq belgilash uchun quyidagicha tasnifdan foydalanish mumkin:
nutq paydo bоlgunga qadar rivojlanishning orqada qolishi;
nutqning rivojlanishini sustlashishi;
ekspressiv nutqning shakllanishini orqada qolishi;
impressiv nutqning rivojlanishini orqada qolishi (shartli ravishda sensor alaliyaning kelib chiqish taxmini);
artikulyatsiya motorikasining (artikulyatsiya azolari harakatlarining) qоpol buzilishlari ( natijasida nutqning rivojlanishdan orqada qolishi (shartli ravishda anartriya, dizartriyaning kelib chiqishi);
aloqaning buzilishlari natijasida kelib chiqqan nutqning rivojlanishini orqada qolishi (bolalar autizmi va boshqalarda);
eshitishning pasayishiga bogliq nutqning rivojlanishini orqada qolishi;
bilish faoliyatining buzilishi natijasida nutqning rivojlanishini orqada qolishi (rivojlanishning total orqada qolishida);
periferik nutq apparatining tоliqligining buzilishi natijasida nutqning rivojlanishini orqada qolishi (shartli ravishda rinolaliya varianti);
Nutq buzilishlarining ushbu sistematizatsiyasi orqali bolaning nutqiy rivojlanishidagi buzilishlarni ancha aniq belgilab, u yordmida korreksiyalash yordamining muqobil, maqsadga yоnaltirilgan dasturini ishlab chiqishga imkon beradi. Masalan, intellekt yoki eshitish nuqsonlari birlamchi bоlgan bolalarga oligofrenopedagog va surdopedagog bilan korrkksion mashgulotlar, aloqa qilishning buzilishi natijasida nutqning rivojlanishi orqada qolgan bolalarga psixologning yordami tavsiya etiladi.
OZ-OZIGA XIZMAT KORSATISh MALAKASI
Bolaning mustaqil va erkin bolishida yordamlashish uchun uni amaliy malakaga orgatish darkor. Bunday malakalar qatoriga quyidagilarni ajratib korsatish mumkin:
Ovqatlanish malakasi;
Kiyinish malakasi;
Ozini parvarish qilish malakasi (yuvinish, xojatga borish);
Xizmat binosidan foydalanish malakasi;
O’z xonasiga qarash malakasi;
Muloqot qilish malakasi; Katta yoshdagi bolalar uchun - mustaqil yashash, kochada xarakatlanish, ovqatlanish, boshlangich kasbiy malakalar va: Yaxshi ota-ona bolishga tayyorlash muxim xisoblanadi. Xar qanday katta odam bolaning qay tarzda soglom osishi va baxtli bolishida yordamlashishga organishi mumkin. Asosiysi, shuni unutmaslik kerakki, kattalar bolaning rivojlanishi uchun yaxshi sharoitni ta'minlash maqsadida yuqorida sanab otilgan barcha extiyojlarni qondirishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |