1- ilk yoshdagi bolalarda kuzatiladigan reflekslar va ularning ahamiyati


yoshdan uch yoshgacha bоlgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish



Download 129,76 Kb.
bet25/53
Sana17.07.2022
Hajmi129,76 Kb.
#811339
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
2 5291846913551769201

32 . 1 yoshdan uch yoshgacha bоlgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish.
Ilk yoshdagi bolalarda diagnostik vazifalarni samarali bajarishda tekshiruvni aniq bir maqsada оtkazish muhimdir. Avvalo shuni takidlab оtish joizki, tekshiruv natijalarini faqatgina bola bilan ijobiy munosabatga kirisha olganda hamda u vazifalarni bajarishda yetarlicha qiziqish uygotgandagina samarali baholash mumkin. Tekshiruv оtkazish kоpicha bolaning yoshi va xolatiga kоra aniqlanadi, bu tekshiruvni unumli оtishiga sezilarli tasir kоrsatadi. Shuning uchun bolaning kayfiyatiga hamda u bilan tekshiruv davomida ishonchiga sazovor bоlishga diqqatni qaratmoq lozim.
Ilk yoshdagi bolani psixologo-pedagogik оrganishning asosiy maqsadi quyidagi malumotlarni olishdir:
bilish jarayonlari;
hissiy-irodaviy doirasi;
nutqgacha va nutq rivojlanishi;
harakatlarining rivojlanishi.
Bolani psixik rivojlanishini tashxis qilishdan oldin, albatta uning kоrish va eshitishida qоpol nuqsonlarning yоqligiga qatiy ahamiyat berish lozim. 2-3 yoshdagi bolalarni eshitishini pedagogik jihatdan tekshirish, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu tovushlar bola uchun sekin-asta sоzsiz tasir etmay qоyadi. Kоpgina normal eshituvchi bolalar ularga qaratilmagan odattiy shovqinlarga, nutqiy signallarga diqqatlarni qaratmaydilar. Ovoz chiqayotgan tomonga boshlarini qayiltirib qarashlari uchun ularga odattiy bоlmagan signallar yoki bolani javob berishiga majbur etuvchi sababni kоrsatish lozim. Tovush chiqaruvchi manba sifatida dоmbira, surnay, baland va pichirlab “av-av-av”(kuchuk ) va “ pi-pi-pi”(qushcha) ovoziga taqlid qilish, bolani ismini, “kksh” kabi tovushlar birikmasini aytish. Tovushlarni bolani orqasidan 6 metr masofada ifodalanishi kerak. kоruv idroki orqali nutqida ifodalashini cheklash lozim. Ilk yoshda ovozga reaksiya qilish tovush chiqayotgan tomonga boshini оgirib, 6 metr masofadan pichirlab gapirishga ovoz chiqarib javob reaksiyasini(tovushni оxshatish, nutqni qaytarish) berishi. Bolada 2-3 yoshda tovushga shartli ravishda harakatli reaksiyalari paydo bоladi. Bu bola shivirlaganni eshityaptimi va qanday masofa oraligida ekanligini aniqlashga yordam beradi. Bolaninig eshitishi pasaygan deb gumon qilinsa, uni maxsus audiologik tekshiruvga yоnaltirilishi kerak. Ilk yoshda kоrishi pasayganlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: taktil organ sifatida ogizdan qоshimcha foydalanish; predmet yoki rasmlarni kоzining oldigacha keltirib qarashi, predmet yoki tasvir mayda detallarini etiborga olmaslik. Ilk yoshdagi bolalarni bilish jarayonlarini tashxis qilishning оziga xos tomonlari bu bolaning psixik faoliyatini ifodalovchi alohida vazifalarni bajarilishini taxlil qilishga tekshiruvchilarning diqqat markazini qaratishidir. Bunda faqatgina natijasigagina emas, balki vazifa bajarish bоyicha tashkiliy faoliyatini imkoniyatlari qandayligiga etibor qaratiladi. Ilk yoshda bilish faoliyatining asosiy baholash parametrlari quyidagilar deb xisoblash mumkin:
vazifani qabul etishi;
vazifani bajarish yоli;
tekshiruv jarayonida оrgatilishi;
оzining faoliyat natijalariga munosabati.
Vazifani qabul etish deganda bolani bajarish sifatidan qatiy nazar berilgan vazifani uni bajarishga roziligi nazarda tutiladi. Бу вазифани баджаришнинг биринчи, абсолют зарурий шартидир. Bunda bola оyinchoq yoki kattalar bilan muloqot qilishga qiziqish bilan qaraydi. Ilk yoshdagi bolalarda asosiy vazifani bajarish yоllari quyidagilardir:mustaqil bajarishi; kattalar yordamida;оrgatilgandan sоng mustaqil bajarishi. Berilgan vazifani shartlariga mos ravishda bolaning harakatlari, materialning xarakteri va yоlanmaning talablariga qarab aniqlanadi. Barcha xollarda vazifani noadekvat bararilishi bolaning aqliy rivojlanishida nuqsonlari borligidan dalolat beradi. Bolaning yoshiga qarab tavsiya etilgan talimiy vazifalargina amalga oshiriladi. Tekshiruv davomida quyidagi yordam turlarini foydalanish mumkin:
taqlid ostida harakatlarni bajarilishi;
taqlid ostida vazifani kоrsatuvchi jestlardan foydalangan holda bajarish;
taqlid ostida harakatlarni nutqiy yоllanma orqali bajarish.
Bola elementar taqlid ostida kattadan u yoki bu vazifani u bilan birgalikda harakatlanish orqali bajarilish yоllarini bilib oladi. Vazifani bajarilish yоllarini kоrsatish uchtadan oshmasligi kerak. shuningdek kattaning nutqi vazifadagi maqsadni kоrsatishi hamda bola samarali bajarishiga imkon berishi kerak. bolaning noadekvat harakatlardan adekvat (mos) harakatlarga оtishi, uning potensial imkoniyatlaridan dalolat beradi. Talimning pastligi bazi xollarda qоpol intellektual rivojlanmaganlik, hissiy -irodaviy doirasidagi nuqsonlarga bogliq bоlishi mumkin.
Talimiy eksperimentdan foydalanish orqali bolaning psixik faoliyatining(diqqat, nutq, idrok, tasavvur, xotira) оziga xos tomonlarigina analiz qilishga emas, balki ularning ish qobiliyatini baholashga yordam beradi. Bu ayniqsa rivojlanishida nuqsoni bоlgan ilk yoshdagi bolalarda muhimir, chunki ularning nuqsoni oqibatida ish qobiliyatini maxsus tashkil etilgan tekshirishlar orqali xotira va diqqatini kоpincha tasavvur etish mushkuldek tuyuladi. Bolalarning bilish faoliyatini diagnostik baholashda ularning оzining natijalariga bоlgan munosabati muhim mezon hisoblanadi. Meyorida rivojlananayotgan bolalarda оz faoliyati va uni yakuniy natijalariga qiziqish xarakterlidir. Intellektida nuqsoni bоlgan bolalar nima qilayotgani, undan olinadigan natijalarga befarqlik bilan qaraydilar.
Ilk yoshdagi bolalarda psixologo-pedagogik tekshiruv metodikalarini yoshining rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqqan xolda tanlanishi kerak. Vazifalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan-murakkabga qarab sekin-asta olib borilishi kerak. Vazifalar fazoda predmetlarni oddiy shaqli, xajmi, rangiga qarab joylashtirishni nazarda tutadi. Vazifaning asosiy tashxis bosqichi kоrib moslashtira olishini rivojlanganlik darajasini aniqlashdir. Idrok hususiyatini оrganishning asosiy metodikalari bu “Segen taxtasi” (2-3 shaklli), piramidani tahlash (uch sharik, uch gildirakdan), matryoshkani yigish va ajratish (ikki qismli, uch qismli), juft rasmlar(2-4), kesma rasmlar(2-3 qismli).

Download 129,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish