1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet46/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Munosabatlarning keskinlashuvi. Chingizxon ⦁Sulton Muhammadga o‘z minnatdorchiligini izhor etish va ⦁ikki buyuk qo‘shni davlatlar o‘rtasida shartnoma tuzish uchun 1218-yilning o‘zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Karvon ko‘p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo‘ynalari va boshqa har xil qimmatbaho mollar ortilgan 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlardan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi. Ammo karvon yo‘lda chegara shahar O‘trorda ushlanib qoladi. Shaharning noibi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina o‘limdan qutulib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga zo‘rg‘a yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi.
Chingizxon Xorazm ma’murlaridan hisoblangan O‘tror noibining xiyonatkorona xatti harakatidan nihoyatda g‘azablandi. Ammo g‘azabini bosib, Ibn Kafroj Bug‘roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har ikki buyuk davlatlar o‘rtasida urush boshlanishiga bahona bo‘ldi.
Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi. XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyosiy, xususan, ma’muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Chunki, ⦁ mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o‘z vazifalarini tashlab ketar, ⦁ podshoga itoatsizlik qilar, ⦁ o‘zboshimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo‘ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon
xotun
, ya’ni turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha ftnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib qo‘ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o‘ta xavfli vaziyatni bartaraf etish  maqsadida Sulton Muhammad o‘z hukmronligining so‘ngida “Davlat kengashi” ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo‘g‘ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo‘ldi.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish