e-qaror.gov.uz
22.11.2022
1
2021 йил «30» декабрь
VI-33-68-5-70-K/21
Конимех туман ҳокимилиги
Konimex tumani mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risida, shuningdek tuman
salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining
qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan
foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjet daromadlarini
oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida
Konimex tumani mahalliy budjetining 2021 yil 4-chorak yakuniga ko‘ra tuman
mahalliy budjeti daromadlari rejasi 3391.8 mln. so‘mni tashkil qilib, amalda 4330.4 mln.
so‘mga bajarilib 988.6 mln. so‘mga ya’ni 127.7 foizga orttirilib bajarildi.
Tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismi 77473.4 mln. so‘mni tashkil qilib,
amalda 76752.6 mln. so‘mga ya’ni 99.1 foizga kassa xarajatlari amalga oshirildi.
Tuman mahalliy budjetimizda joriy yil 3-choragi yakuni bo‘yicha daromadlar
rejasidan orttirib bajarilgan qismi 1069.2 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu
mablag‘lar Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish
maqsadida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 320.7 mln. so‘m, Konimex tumani
Navro‘z MFY hududidagi chorrahada “Uch xalq shoiri”ga stella uchun maydon barpo
etish xarajatlari uchun 229.0 mln. so‘m hokimlik binosi va davlat bayrog‘i atrofida
hamda tuman ma’naviyat markazi oldida olib borilgan obodonlashtirish xarajatlari uchun
105.3 mln. so‘m, tuman Ma’naviyat markazini jihozlash xarajatlari uchun 65.0 mln.
so‘m, tuman Tibbiyot birlashmasi balansdagi “jabrlangan
ayollarga tibbiy yordam
ko‘rsatish bo‘linmasi”
binosini hamda boshqa binolarning isitish tizimini joriy ta’mirlash
xarajatlari uchun 130.7 mln. so‘m tuman hokimligi moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash hamda boshqa turdagi xarajatlar uchun 188.9 mln. so‘m hamda tuman
mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan boshqa tashkilotlar uchun 29.4 mln. so‘m
mablag‘lar ajratilganligini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “Mahalliy davlat
e-qaror.gov.uz
22.11.2022
2
hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq,
xalq
deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
1. Tuman mahalliy budjetining 2021 yil 4-chorak ijrosi yuzasidan tuman Moliya
bo‘limining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahalliy budjetning qo‘shimcha shakllangan mablag‘lari favqulodda
vaziyatlarda va kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan hollarda
Kengashga keyin hisobot berish sharti bilan hokimning farmoyishi asosida yo‘naltirilishi
mumkinligi belgilansin.
3. Tuman budjetining qo‘shimcha manbalari
tuman budjeti hisobidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni joriy saqlab turish harajatlari uchun
yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilansin.
4. Qo‘shimcha manbalarning bir qismini tumanning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish munosabati bilan tegishli tuman mahalliy budjetiga o‘tkazib beriladigan
mablag‘larning natijadorligini va maqsadliligini ta’minlash
uchun tuman Moliya
bo‘limiga xarajat yo‘nalishini aniqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (U.Elmuratov), tuman Moliya bo‘limi
tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida
xalq deputatlari tuman Kengashiga chorak yakuni bilan hisobot berib borilishi
belgilansin.
6. Tuman budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ oluvchilarning rahbarlari
ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali
foydalanilishi shuningdek, ushbu
mablag‘larni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga
shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
7. Budjet tashkilot va muassasalari hamda byudjetdan mablag‘
oluvchilar
ajratilgan mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanilishini ta’minlasinlar.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
(U.Elmuratov) va xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish
va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish
masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (A.Xudayberdiev) zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi
M.Egamqulov