1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. Gurganch



Download 0,58 Mb.
bet43/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar faoliyat ko‘rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik – xo‘jayi buzruk unvoniga ega bo‘lgan. U ⦁devonxona ishlariga mas’ul bo‘lgan. ⦁ Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan.
Mustaqillik uchun kurash. 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy tomonidan zabt etilib, o‘z mustaqilligidan mahrum bo‘lgan Xorazm 1040-yilda Saljuqiylar davlatiga qaram bo‘lib qola di. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o‘z ma’murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so‘ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097–1127) noiblik qiladi. Garchi u xorazmshoh” unvonini tiklab, bunday nom bilan ulug‘lansa-da, ⦁ Saljuqiylar davlatining sadoqatli noibiligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Otsiz (1127–1156) nomi bilan bog‘liqdir.
Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan ⦁Sirdaryo etaklari va ⦁Mang‘ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.
Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi. Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156–1172), Sultonshoh Mahmud (1172) va Takash (1172–1200) davom ettiradilar. XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153-yilda Sulton Sanjarga qarshi ko‘chmanchi o‘g‘uzlar isyon ko‘taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, zaiflashib qoladi.
Dastavval undan ⦁Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi. So‘ngra Fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo‘lib oladi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubhasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlanadi. Xorazm davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187–1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To‘g‘rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo‘ysundiradi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish