Buyuk ipak yo'li



Download 25,55 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2022
Hajmi25,55 Kb.
#552468
  1   2   3   4
Bog'liq
Buyuk ipak yo


Mavzu:
"Buyuk ipak yo'li"ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi
o'rni.


Reja:
1.Buyuk Ipak yoʻli boshlanishi.
2. Buyuk Ipak yoʻli  Qadimda Sharq va G’arb mamlakatlari urtasidagi urni
3. Buyuk ipak yoʻli atamasi
4. Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat
Buyuk Ipak yoʻli boshlanishi.
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli "Ipak yo'li" nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta yer dengiz mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o'ynagan.
Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan qashg'ar, Dovon (Farg'ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So'g'dning markazi Samarqand va Marg'iyona (Marv)ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samar­qand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga yetgan. Demak, Qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va G'arbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gaz- lamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona)dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo res- publikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli bu yo'lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi. undan Yevropa (Parij, Rotter- dam)ga yetkazuvchi savdo yo'li amal qilib turibdi.
Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit kabi tortganligi aniq.
Bu o'lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po'lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to'qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo'lgan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shi- moli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan. Karvon yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis tarix- chisi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor "Buyuk ipak yo'li" degan nisbat beradi va bu ibora muammolaga kiritiladi.



Download 25,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish