O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI’’FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:’’Buyuk ipak yo’lining’’Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o’rni.
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi B.Turabov
Qabul qildi: S.A.Saitov
Jizzax 2021
REJA
1.’’Buyuk ipak yo’li’’ning ahamyati.
2.O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar.
3.Buyuk allomalarimizning iqtisodiyotdagi o’rni.
Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog’lovchi qadimgi savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li, deb ataladi. Bu yo’l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo’li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo’l m.av. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo’llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O’rta Yer dengizi mamlakatlari o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o’ynagan.
Manbalarga qaraganda Sariq dengiz qirg’oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo’l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g’arbga, ikkinchisi janubi-sharqqa yo’nalgan. Karvon yo’lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo’lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- yil ushbu yo’nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo’li» degan nisbat beradi va bu ibora muomalaga kiritiladi.
Shimoliy yo’l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashqar orqali Dovon (Farg’ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So’g’dning markazi Samarqand va Marg’iyona (Marv) ga yo’nalgan. Ipak yo’li Farg’ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo’lingan. Janubiy qismi O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o’tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo’lning uzviy bo’lagi hisoblangan. Bu yo’l Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog’lovchi yo’ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo’li orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazlamalar, gilamlar va oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan.
XV-XVI asrlardan bu yo’lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo’lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug’ildi.
Xitoy, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Yevropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yo’l loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Endi esa, moziyga qaytib, e‘tiborni O’rta Osiyoning Buyuk ipak yo’li o’rni va eksport potensialiga qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O’zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma‘lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo’lgan. Tarixiy va hozirgi ma‘lumotlarga ko’ra bu hudud yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o’rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo’yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi hamda serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o’ynagan.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo’lgan kitob savdo-sotig’i yetakchi o’rinni egallagan. Hozirgi davrda xorijiy davlatlar kutubxonalaridan ko’plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari topilmoqda va o’z vatani, O’zbekistonga qaytarilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, o’z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo’lining asosiy faoliyatlaridan biri bo’lgan, demak, bu yerdan chetga ko’plab fan va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o’rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog’dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo’lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o’rganishgan.
Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, hajga boruvchilar, harbiy qo‗riqchilar bo’lgan. Butun yo’l boshidan oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o’tilgan.
O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yanada rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. O’rta Osiyo X–XIV asrlarda Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, A.Navoiy, Z.Bobur va boshqa ko’plab olim va shoirlar, davlat arboblari yetishib chiqdi. Ularning asarlarida ham iqtisodiy fikrlar o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz.
O ‘zbek xalqi iqtisodiy tafakkurining rivojlanishining muhim
manbalardan biri xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namunalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo‘shiqlar kiradi. Tarixiy merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo‘lganligini dalillar tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, Alpomish dostonining ming yilligi Respublikamizda 2000-yilda keng nishonlandi. Asaming badiiy ahamiyatidan tashqari, undagi iqtisodiy qarashlar ham muhim o‘rin tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini
quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Islom ta’limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlami negizini zakot va juzya toMovlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etadi. Ya’ni Qo‘ng‘irot elida hukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo‘ri bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to‘lovi bo‘yicha nizolardir.
2. Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan
ko‘rinadiki, o‘sha davrga kelib chorvachilik tarmog‘i Qo‘ng‘irot elining ixtisoslashuvining ko'rsatkichidir.
3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha, qo‘ng‘irotliliklaming tovar-pul munosabatlarida natura to‘lovlari ustuvorligi namoyon bo'ladi. Qaimiqlar davlatida esa daromad va xarajatlami tartibga solish muhrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muhrdor daromad va xarajatlar bo'yicha hisob-kitoblar qilishda oqsoqollar tomonidan yig‘ib, topshiriladigan soliq va yig‘imlarga tayanadi. Bu
mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. Ulaming maoshi to‘plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun esa 500 pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomalada ishlatiladigan pul birliklari qo'shni mamlakatlarda zarb qilingan oltin va kumushlar ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
X-XII asrlarga kelib 0 ‘rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkuming Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami shakllantirdi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-id-midk va boshqa
ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ulaming asarlarida iqtisodiy g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |