Jizzax filiali


Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy



Download 23,29 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi23,29 Kb.
#226649
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5273997506210959058

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy –XI asrning qomusiy olimi. U juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar –astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va minera-logiya bo’lgan.

Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari ―Hindiston, ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, ―Qonuni Mas‘udiy, ―Geodeziya, ―Mineralogiya va ―Astronomiya. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari- 22 ta; astronomik asboblar haqida- 10 ta; astrologiyaga oidlari- 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar)- 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar-21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.

995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri ―Geodeziya― 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilashga doir bo’lib, kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan.

Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida, degan fikrni aytganlar. Bagʻdodda tashkil topgan “Donishmandlik uyi’’ nomli oʻsha davrning fanlar akademiyasida O’rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu ―Donishmandlik uyining aʼzosi boʻlib, u yerda 7 yil ishlagan. Olimning muhim asarlaridan biri “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar’’― uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallangan bu asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi.

Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha ―Geodeziya deb yuritiladigan ―Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash nomli astronomiya va geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning ―”Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar’’ asari ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u oʻzining ―”Hindiston’’ nomi bilan tanilgan ―Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qitʼasining mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug’orish inshootlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo’lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg’unlashib ketadi. Uning fikriga ko’ra kishilar o’z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko’p bo’lganligi uchun insonlar birlashgan holda turarjoy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo b’lishini ham ehtiyoj tufayli, deb o’ylagan. Eng muhim g’oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o’ziga xos bo’ladi va inson ahli ularga rioya qilmog’i darkor, aks holda nizom va bir xillik yo’qolsa, tartib ham yo’q bo’ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo, halol mehnati bilan ulug’lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.

Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o’rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko’rsatib berdi. Binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og’ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zahmatkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o’qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko’ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko’payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo’lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.

Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo’lgan, chunki bunday mehnatning samarasi pastdir. Meros bo’lib avloddan avlodga o’tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.

Beruniy og’ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya‘ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar ularga berilishi kerak bo’lgan imtiyozlar va ish haqi to’g’risida «Minerologiya» asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yerostidagi kon ishlariga alohida e‘tibor beriladi, yerosti konlarini mustahkamlash (falokatning oldini olish uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog‗ini barpo etish zarurligi ko’rsatiladi.

Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og’ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo’lga qo’yilmog’i kerak,deydi olim. Xuddi shu o’rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g’oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog’lanadi.

Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o’lchab beruvchi usta bo’lib, uning oldida billurning mayda va katta bo’lakchalari to’plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o’ylab o’lchab, belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu usta birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi.

Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko’rsatadi. Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag‗banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o’zidir. Uningcha, ayniqsa, yerga ishlov berib, rizq-ro’z yaratuvchilarga mehribon bo’lish kerakligi ko’rsatiladi. Ana shu g’amxo’rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi va yer hosildor bo’ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to’laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo’ladi, deydi olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko’tariladi).

Agar kishilar to’q bo’lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o’rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o’rtasida tenglikni o’rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o’rtasida xulq-atvor, hurmat-e‘tibor uchun muhim va zarurdir. Shuningdek, uning asarlarida bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri – tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.

Beruniy o’gitlaridan:

Har bir yangi narsada lazzat bor.

Ne‘matning qadri u yo’qolgandagina bilinadi.

Bugunning chorasini ko’rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

Asalarilar ham o’z jinsidan bo’laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o’ldirib tashlaydilar.

Ikkala da‘vogar rozi bo’lishibdi-yu, qozi rozi bo’lmabdi.

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.

Haddan ortiq g’azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro’ni ketkazadi.



Download 23,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish