1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet91/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o‘z tarafga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsada, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda Farg‘onaning hokimi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
Oqibatda davlat parchalanib, ayrim viloyat hukmdorlari hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Tozboshliq fiItnachilar qo‘lida halok bo‘ladi.
1408-yil 22-aprel kuni Qoraqo‘yunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo‘lidan ketadi. 1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydot O‘ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo‘lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinidagi Zarafshon daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zi esa asirga olinadi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi. Shu davrda Xurosondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan Shohrux endilikda butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi. Chunki u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 1409-yil 25-aprelda u Amudaryodan o‘tib, Samarqand sari yurish qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o‘zaro kurash va isyonlar xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Temuriyzodalar va amirlar o‘rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko‘pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu bois Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo‘yilib, Movarounnahr va Xurosonda o‘z hukmronligini o‘rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladi.
Shohruxning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo‘li ostida saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo‘lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi davlat bo‘lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkiston hududida Ulug‘bek boshchiligidagi davlat bo‘lib, Samarqand uning poytaxti edi.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish