1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Abdullatif, garchi bobosi Shohrux



Download 0,58 Mb.
bet94/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Abdullatif, garchi bobosi Shohruxning Hirotdagi taxtiga o‘tirishga muyassar bo‘lsa-da, ammo unda otasiga nisbatan adovat paydo bo‘ladi. ⦁ G‘alaba to‘g‘risida tevarakatrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olingani, ⦁ Ixtiyoriddin qal’asidagi xazina Ulug‘bek tomonidan olib qo‘yilgani o‘ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o‘ch Abdullatif uchun bahona bo‘ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug‘bekka qarshi harakat boshlaydi. Abdullatif Hirotda faqat o‘n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo‘shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib poytaxtni jangsiz bo‘shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug‘bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda “tamg‘a” solig‘ini bekor qilib, savdogarlarni o‘z tarafga og‘dirib oladi. Otasidan norozi bo‘lgan amirlarni atrofga to‘playdi. Hatto Abulqosim Bobur bilan bog‘lanib, uni birlashib Ulug‘bekka qarshi kurashga undaydi. Shunday qilib, Abdullatif o‘z otasiga qarshi ochiqdan ochiq dushmanlik yo‘liga o‘tadi.
Ulug‘bek fojiasi. Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug‘bekda o‘zining isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Ammo mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, Ulug‘bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi.
Hirotdan Samarqandga qaytar ekan, Ulug‘bek old tomondan Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining hujumiga duchor bo‘ladi. Abulxayrxon boshchiligidagi ko‘chmanchilar o‘shanda Toshkent, Shohruxiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qishloqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar atrofdagi chorbog‘lari va ko‘shklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida Ulug‘bek qo‘shini qattiq shikast topib, zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug‘bekning kichik o‘g‘li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug‘bek uni bartaraf qilishga majbur bo‘ladi.
Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay fursatdan foydalanib, bosh ko‘taradi va Amudaryodan kechib o‘tib, Termiz, Shahrisabz va Xuzorni osongina zabt etadi. So‘ngra Samarqandga qarab yo‘l oladi. 1449-yil oktabrda Damashq qishlog‘i yaqinida qattiq jang bo‘ladi va bu jangda Ulug‘bek yengiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug‘bekni ichkariga kirishga qo‘ymaydi. U Shohruxiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi. Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o‘ldirilishini uyushtiradi. 1449-yil Mirzo Ulug‘bek 55 yoshida fojiali halok bo‘ladi.
Shunday qilib, Ulug‘bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, davlatni mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko‘tarishga, rivojlantirishga harakat qildi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish