1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofda



Download 0,58 Mb.
bet89/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Amir Temur jahon va milliy tarixchilarning e’tirofda. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda “Sohibi jahon” hamda “Sohibi adl” – “Adolat sohibi” nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro YUNeSKO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi va shu yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi.


Amir Temurning asosiy tarixiy xizmati shundan iboratki, aynan uning hukmronligi davrida Yevropa va Osiyo qit’alari ilk bor o‘zlarining bir geosiyosiy maydonda yashayotganliklarini his etdilar. Bu, xususan, bugun juda muhim. Chunki insoniyat shuni tushundiki, biz hammamiz bir-birimizga chambarchas bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda yashar ekanmiz, demak, endi yangi va xavfsiz dunyo tartiboti o‘rnatish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.


I. A. Karimov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti


1402-yilda jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda Yevropadagi xalqlar va mamlakatlarga tahdid solgan Turkiya sulton Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng, fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib,
ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan. Bugun bu ulug‘ zotni buyuk bunyodkor, ulug‘ davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida butun dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar hazrat
sohibqiron haqida iliq fkrlarni aytmoqdalar, uning hayoti va faoliyatiga yuksak baho bermoqdalar.
Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi. 1553-yili Italiyaning Florensiya shahrida italiyalik olim Perondinoning Skifyalik­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi asari bosilib chiqdi. Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti edi. Ushbu asrda ispan tarixchisi Pero Meksikaning “Buyuk Temur tarixi asari chop etiladi. 1582-yili Seveliyada mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning “Esdaliklari” kitobi nashrdan chiqdi. Ingliz dramaturgi Xristofor Morloning “Buyuk Temur” nomli sahna asari ham shu asrda yaratildi. Shundan beri buyuk Sohibqironga atalgan asarlarning keti uzilmaydi. Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondashilib, bir yoqlama baho berib kelindi. Shunga qaramasdan, 1968-yilda faylasuf olim I.M.Mo‘minovning Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli risolasini nashr etilishi jamoatchilikning bu mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordi. Asar keskin tanqidga uchradi. Ammo I.M.Mo‘minovning Amir Temur shaxsini o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi bu uning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi bo‘ldi.

…bunday shaxsning yuzaga kelishi davrning, zamonning taqozosi, Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarning vahshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining Movarounnahrga to‘xtovsiz bosqinchilik yurushlari azoblangan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil davomida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi, Temur davlat arbobi sifatida ma’lum darajada bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o‘zida aks ettirdi, ya’ni Movarounnahrda mustaqil markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish