1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar


-§. AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSATI



Download 0,58 Mb.
bet85/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

34-§. AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSATI


Tashqi siyosat. Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Turkiya, Hindiston, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O‘rda, Mo‘guliston, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatdilar. Amir Temur davlatining tashqi siyosati o‘z oldiga ⦁mamlakat xavfsizligini ta’minlash; ⦁qo‘shni mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash; ⦁Turkiya, Hindiston, Xitoy, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy, elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish kabi vazifalarni qo‘ygan.
XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin O‘rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi. Bu davrda Amir Temurga Mo‘g‘uliston, Oltin O‘rda va Misr bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turardilar.
Mo‘g‘uliston bilan munosabatlar. Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodidan xalos etilib, mamlakatda Amir Temur hokimiyati o‘rnatildi, lekin uning sarhadlari hali tinch emas edi. Mo‘g‘ulistonda ulus beklarining isyonlari va ularning Toshkent
viloyati bilan Farg‘ona vodiysiga talonchilik xurujlari ro‘y berib turardi. Shimol tarafda Oq O‘rdada Jo‘ji ulusining tojtaxti uchun kurash kuchaygan, ularning Xorazm hukmdorlari bilan qo‘shilib, Buxoro, Chorjo‘y va Qarshi ustiga qilgan talonchilik yurishlari davom etardi.
Bularni bartaraf qilmay turib, Amir Temur o‘z davlatining xavfsizligini ta’minlay olmas edi. Manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur bu masalani muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga urindi. Lekin foydasi bo‘lmadi. Uni qurol vositasi bilan hal qilishga majbur bo‘ldi. Amir Temur 1371–1390-yillarda olib borgan yetti harbiy yurishdan keyin Mo‘g‘ulistonda tinchlik o‘rnatish va uni o‘zining ta’sir doirasiga kiritib olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish