0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti



Download 0,88 Mb.
bet38/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   264
Bog'liq
sifat

Ish yuritish tamoyillari firmadagi madaniy muhit va tashkiliy xulqni belgilaydi. Ularni IBM korporatsiyasi misolida ko‘rib chiqamiz. Korporatsiya rahbarlari uchun quyidagi qoida muhimdir: «Agar tashkilot raqobatchilar bilan kurashda ijobiy natijaga erishishga intilsa, korxonaning faoliyati asoslangan tamoyillar negiziga qurilishi kerak. Har bir rahbar qarorlar qabul qilish va har qanday tadbirlarni amalga oshirishda ushbu tamoyillarga tayanishi kerak».

IBM korporatsiyasida amal qilinayotgan tamoyillar:



Insonga, uning huquqlari va qadr-qimmatiga hurmat. Bu asosiy tamoyildir. Ushbu tamoyilga amal qilgan holda IBM korporatsiyasi: ishchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, rivojlantirish va korporatsiyaning maqsadiga erishish yo‘lida ulardan samarali foydalanadi; xodimlar mehnatiga haq to'laydi va ular mehnatining natijasiga qarab xizmatda ko'tarilishiga ko‘maklashadi; bahsli masalalami xolis ko'rib chiqadi va ulami adolatli hal qilish maqsadida rahbarlar va bo‘ysunuvchilar o'rtasida shartnomalar tuzish g'oyasini ilgari suradi.

Iste’molchiga xizmat ко‘rsatish. IBM ning maqsadi iste’molchiga eng yuqori talablarga javob beradigan xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Shuning uchun, kompaniya o‘zini quyidagilarga mas’ul deb biladi: iste’molchilarning ehtiyojining hozirgi holatini bilish va kelajagini bashorat qilish; iste’mol- chilarga kompaniya mahsulotining foydalanish sifatini kafolatlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlardan samarali foydalanishga yordam berish.

Yuqori sifat faoliyatning asosiy shartidir. Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga IBM korporatsiyasi jahon bozorida o'zining nufuziga

ega bo'lgan. Bu borada korporatsiyaning salohiyatidan to‘la foydalanilgan holda oldinda turgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga ahamiyat berilgan. Kompaniya o'zini quyidagilarga mas’ul deb hisoblaydi: innovatsion loyihalarda yetakchi o‘rinni qo‘lga kiritish; eng kam xarajat qilgan holda eng mukammal loyihalar asosida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, bunda boshqa korxonalar, xorijiy davlatlarning tajribasidan unumli foydalanish.

Rahbar samarali ish yuritadigan tashkilotchi bo'lishi kerak. Har bir rahbar barcha xodimlami mehnat jarayoniga jalb qila olsagina faoliyatning muvaffaqiyat bilan yakunlanishini tasavvur qilish mumkin. Buning uchun IBM da rahbarlarga quyidagi majburiyatlar yuklangan: xodimlarni ularning oldida turgan vazifalami yuqori sifat bilan bajarishga rag‘batlantish; qoi ostidagi xodimlari bilan bevosita muloqotda bo‘lish; qabul qilinayotgan qarorlar va olib borilayotgan siyosatga shubha bilan qarash (chunki shubha haqiqatga yetaklaydi); firma, ishchi uchastka va bo‘limning ehtiyoji, maqsadlaridan xabardor bo'lish; o‘z ishini kelajak bilan bog'langan holda rejalashtirish; yangi g‘oyalar, yangiliklarga moyillik.

Korporatsiyaning aksiyadorlar oldidagi majburiyatlari. IBM korpo- ratsiyasining kapitali aksiyadorlar oldidagi majburiyatlami bajarish manbayi hisoblanadi. Ushbu majburiyatlar quyidagicha: aksiyadorlarning kompaniyaga ishonib topshirgan mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; kiritilgan kapital uchun katta foyda olish va uni uzluksiz oshirishni ta’minlash.

Ta’minotchilar bilan halol munosabatlar. Kompaniya o'zinim ahsulotlari va ko'rsatilayotgan xizmatlarining sifati, ishonchliligi va narxi bo‘yicha raqobatbardoshliligiga erishish uchun mos keladigan ta’minotchilarni tanlashga, shartnomalami imzolashda ta’minotchilar va IBM korporatsiya- sining qonuniy qiziqishlarini tan olish va shartnomada ko‘rsatilgan majbu­riyatlami vijdonan bajarishga, ta’minotchilar bilan teng huquqli shartnomalar imzolashga, o‘zi bilan raqobatlashayotgan korxonalarni jamiyatning ehtiyojlarini kelajakda hozirgidan ham samaraliroq qondiradi deb o‘ylash va ulardan har taraflama ustun kelishga majbur deb hisoblaydi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish