Tashkilotning vazifalari uning bir necha yillik faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi. Demak, ulami tashkilotning kelajagini belgilovchi strategiyalar sifatida tasavvur qilish mumkin.
Masalan, avtomatlashtirish vositalari sohasida ish olib boradigan yirik kompaniya navbatdagi o‘n yillik uchun quyidagi vazifalami o‘z oldiga qo‘yishi mumkin:
O'zining mahsuloti va ularga bog‘liq sanoat tarmoqlari mahsulot- larini barobar takomillashtirish haqida takliflar bildirish.
Texnologiya sohasidagi yuqori natijalar, tannarxni pasaytirish va sifatni oshirish vositasida mahsulot ishlab chiqarishning hamma liniyalarida yetakchi mavqega ega bo'lish.
Past ishlab chiqarish xarajatlarini saqlagan holda ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va ma’mur aloqalarining samaradorligmi oshirish.
Rivojlanish yo‘lida rentabellikni muntazam oshirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |