0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Ishni yaxshilashning asosiy qoidalarini o‘rnatish



Download 0,88 Mb.
bet47/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   264
Bog'liq
sifat

Ishni yaxshilashning asosiy qoidalarini o‘rnatish. Ko‘pchilik sifat va takomillashuvning mazmunini bilishini e’tirof etadi, lekin ularning kam qismi bu atamalar haqida umumiy tushunchaga ega. Quyidagi savollarga javob berish boshqaruv kengashiga takomillashtirishning asosiy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash imkonini beradi:

  1. Sifatning ta’rifi qanday?

  2. Faoliyatni yaxshilashning ta’rifi qanaqa?

  3. Yakuniy natija nimadan iborat?

  4. Takomillashuvga erishish strategiyasi qanaqa?

  5. Unga erishish uchun qanday usullami qo'llash kerak?

  6. 0‘lchashning qaysi mezonlaridan foydalaniladi?

Birinchi qoida. Sifatsubyektiv tushuncha. F. Krossbi uni «talablarga mos kelish» deb ta’riflaydi. E. Deming «Sifatni boshqarish mukammallikka erishishni anglatmaydi. U bozor uchun maqbul sifat darajasiga erishishdir», deb hisoblaydi. J. Juran sifatga «foydalanishga qulaylik» sifatida ta’rif beradi. J. Xarrington sifatni «iste’molchiga ma’qul bo‘lgan narxda uning talablarini yetarli darajada yoki ortig‘i bilan qondirish» kabi tavsiflaydi.

Eng awalo, faoliyatni yaxshilash strategiyasini isloh qilishda boshqaruv kengashi tashkilotning sifat sohasidagi siyosatiga murojaat qilishi lozim. Sifat siyosati iste’molchilarni raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi va buning uchun har bir ishchiga mas’uliyat yuklashi lozim. Shuningdek, mazkur siyosat nafaqat tashkilot chegaralaridan tashqariga chiqadigan tayyor mahsulotlar va xizmatlarga, balki tashkilotdagi boshqa ishchilar qabul qiladigan xizmatlar va mahsulotlarga nisbatan ham tatbiq etilishi lozim.

Sifatning ta’riflaridan biri: iste’molchilarning talablarni shunday narxda yetarlicha yoki ortig'i bilan qondirish kerakki, natijada ularda sizning mahsulotlaringiz yoki xizmatlaringizga ehtiyoj yuzaga kelsin.

Ikkinchi qoida. Takomillashuvni iste’molchilar uchun maqbul narxda ularning talablarini oshirib yuborish va kelishuvlar yoki tuzatishlarsiz ularning barqaror xususiyatlariga erishish kabi tavsiflash lozim.

Uchinchi qoida. Takomillashuvning yakuniy maqsadini aniqlash. Butun dunyodagi transmillatli kompaniyalar o‘z oldilariga juda oddiy maqsadni qo‘yishgan: xatolarni bartaraf qilish va kamchiliksiz faoliyat yuritishni ta’minlash. Har bir korxona, tashkilot uchun bu vazifani hal qilishga intilish natija beradi.

«Xatolar» atamasini «nuqsonlar» atamasining o'rniga qabul qilish lozim, chunki xatolar hammaga — zavod ishchisi, sozlovchi, muhandis, hisobchi, huquqshunos, marketolog, rahbarga tegishli.



To'rtinchi qoida. Takomillashuvga erishish strategiyasini tavsiflash lozim. Takomillashtirish jarayoni alohida muammolarni hal qilish hisobiga doimiy

ravishda mukammallashib boradi. Shu tarzda, strategiyaning sifati ortib boradi.

Beshinchi qoida. Takomillashuv strategiyasiga erishish yo‘llarini belgilash darkor. Ko'plab korxonalarda muammolami bartaraf qilishga karnroq vaqt va mablag‘ sarflash uchun ularning oldini olishga ehtiyoj seziladi. Hamma xodimlami jarayonga jalb qilish usuli muammolaming oldini olish vositasi hisoblanadi.

Oltinchi qoida. Mas’ul shaxslami aniqlash lozim. Faoliyatni yaxshilash jarayonida sifatni ta’minlash hammaning majburiyati sanaladi. Hech bir ijrochi, bo'linma, tashkilot xatolardan sug‘urtalanmagan. Biroq muammolar yuzaga kelganda aybdorlami qidirish о ‘rniga ulami hal qilish yo ‘llarini izlash lozim.

Yettinchi qoida. Ishni yaxshilash darajasini baholash mezonlarini o‘matish Lozim. Yaxshilash iste’molchini birinchi darajali buyumlar va xizmatlar bilan ta’minlash uchun talab qilinadigan xarajatlami kamaytirish bo'yicha baholanadi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish