10.2.Mistsellani rotatsion diskli filtrda tozalash
Rotatsion diskli filtr (71-rasm) - tarkibida 1,0% cha qattiq zarrachalari bo’lgan
mistsellani filtrlash uchun qo’llaniladigan uzluksiz qurilmasi.
Filtrning 6 gorizontal silindrsimon korpusi 1 staninaga mahkamlangan.
Korpusning ichida ichi bo’sh 7 o’q va tozalangan mistsella uchun 9 kollektor
o’rnatilgan. Qo’zg’almaydigan kollektorning ichida ettita 13 filtrlash disklari
joylashtirilgan. Disklar filtrlash mato bilan qoplangan va bir biriga mahkamlangan
o’nta sektordan iborat.
Staninaga payvandlangan korpus tublaridan 15 o’q o’tadi. Tozalanmagan
mistsella 12 patrubka orqali kiradi. Filtrlangan mistsella 14 va 2 patrubkalardan
chiqariladi. Korpusda 18 quyqani (shlam) chiqarish uchun, 8 vakuum va 3 havo
tizimiga ulanish patrubkalari, monovakuummetr va 19 extiyot klapani mavjud.
Tozalangan mistsella chiqayotgan joyda filtr 4 nazorat fonar bilan jihozlangan.
Disklar orasida cho’kma yig’ilmasligi uchun korpusning ustidan sakkizta 11
yuvish moslamasi o’rnatilgan. Ular orqali filtr korpusiga 10 taqsimlovchi
kollektordan mistsella yuboriladi.
Filtr ikkita 20 nazorat oynasi va 21 qopqoqli lyuklar bilan jihozlangan. Filtr
o’qi 17 uzatma yordamida aylanadi.
Harorati 50...60
0
C bo’lgan mistsella 12 va 14 patrubkalardan 0,2 MPa bosim
bilan filtrga keladi, filtrlash disklardan va kollektor teshiklaridan o’tib o’qning ichiga
kelib tushadi. U erdan mistsella nazorat fonarga keladi va 2 patrubka orqali filtrdan
chiqib ketadi.
Disklar sirtida yig’ilib qolgan zarrachalar filtrga keladigan mistsella bilan
yuviladi. Filtrlash vaqtida disklar harakatlanmaydi.
154
Disklar sirti quyqa bilan to’lganda filtr ichidagi mistsella miqdori 70...75 %
qoldirilib so’ng elektrodvigatel qushiladi, o’q bilan disklar aylanadi va filtr
segmentlari yuviladi. Filtrda yig’ilgan quyqalar (shlam) 18 patrubka orqali chiqariladi
va ekstraktorga yuboriladi.
Filtrlash jarayonida hosil bo’lgan erituvchi bug’lari havo bilan birga 3 patrubka
orqali deflegmatsiyaga yuboriladi.
Mistsellani qayta ishlash liniyasida bir necha filtrlash qurilmalari, shuningdek
rezerv (zahira) filtr joylashtiriladi.
71-rasm.Rotatsion diskli filtr.
1-stanina, 2 va 14-filtrlangan mistsella uchun patrubka, 3- erituvchi bug’lari va havo chiqarish
uchun patrubka, 4-nazorat fonari, 5-podshipnik, 6- silindrsimon korpus,7- o’q, 8-vakuum liniyasiga
ulanish patrubkasi, 9-kollektor,10-taqsimlovchi kollektor, 11- yuvish moslamasi,12-tozalanmagan
mistsella uchun patrubka, 13-filtrlash disklari, 15-korpus tublari, 16-salnik, 17-uzatma, 18-
cho’kmalar uchun patrubka, 19-bosimni me’yorlovchi extiyot klapani, 20-nazorat oynasi, 21-
qopqoqli lyuklar.
Rotatsion diskli filtrning texnik tavsifi
Unumdorligi (mistsella bo’yicha), m
3
/soat................................9
Filtrlash yuzasi, m
2
................................................................16,8
Filtrlash bosimi, MPa..............................................................0,2 cha
Filtrlash disklarning soni, dona................................................7
155
Disk diametri, mm..................................................................1400
Diskning aylanish tezligi
regeneratsiya davrida, ayl/sek..................................................43
Filtrlangan mistsella tarkibida
qattiq zarrachalar miqdori, %...................................................0,02
Elektrodvigatel quvvati, kVt....................................................5,5
Gabarit o’lchamlari, mm...............................................3320x1860 x 2485
Do'stlaringiz bilan baham: |